Yevropa Ittifoqining (YI) siyosiy qarorgohi qaysi davlat va shaharda joylashgan?
Fransiya, Strasburg shahri.
Yevropa Markaziy Bankining (YEMB) boshqaruvi va bosh qarorgohi qaysi shaharda joylashgan?
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida
Emitent va investorga nisbatan xorijiy valyutada emissiya qilingan hamda chet el investorlariga sotishga moʻljallangan qimmatli qogʻozlar nima deb ataladi?
Yevroobligatsiyalar (Yevrobondlar).
Yevropa Ittifoqiga tamal toʻshini qoʻygan, 1957-yilda 6 ta Yevropa davlati oʻrtasida imzolangan hujjat nima deb ataladi?
Rim bitimi
Yevropa Markaziy Bankining (YEMB) eng asosiy maqsadi va vazifasi nimadan iborat?
Yevrohududda narxlar barqarorligini (inflyatsiyasiz oʻsishni) taʼminlash va yagona pul-kredit siyosatini yuritish.
Yevrobozor segmentlari yoki tuzilmasi qanday 3 ta asosiy bozorga boʻlinadi?
Yevrovalyutalar bozori, Yevrokreditlar bozori va Yevrokapital bozori.
Yevropa Ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnoma 1992-yilda Niderlandiyaning qaysi shahrida imzolangan va u qachondan kuchga kirgan?
Javob: Maastrixt shahrida imzolangan, 1993-yil 1-noyabrdan kuchga kirgan.
YEMBning 4 ta asosiy funksiyasidan kamida 3 tasini ayting.
1) Emission funksiya; 2) Banklarning banki funksiyasi; 3) Rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funksiyasi; 4) Toʻlov tizimi uzluksiz ishlashini taʼminlash.
Birinchi yevrobond qaysi yili, qaysi davlat kompaniyasi tomonidan va qanday maqsad uchun emissiya qilingan?
1963-yilda, Italiya kompaniyasi tomonidan, avtostrada (avtomobil yoʻli) qurilishini moliyalashtirish uchun (15 mln AQSH dollari miqdorida).
2023-yil 1-yanvarda qaysi mamlakat rasman Yevrohududga aʼzo boʻlib, oʻzining milliy valyutasi "kuna" oʻrniga yevrodan foydalanishni boshladi?
Xorvatiya
Yevropa Markaziy Banki tomonidan qoʻllaniladigan 5 ta monetar instrumentni sanab bering.
Qayta moliyalashtirish siyosati, Majburiy zaxira siyosati, Ochiq bozor siyosati, Valyuta siyosati va Depozit siyosati.
Yevrovalyutalar bozorida qoʻllaniladigan foiz stavkasi qaysi doimiy element va xalqaro stavkani oʻz ichiga oladi?
Bazaviy stavkaga qoʻshiladigan "spred" hamda LIBOR stavkasini.
Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻla turib, yevro valyutasiga oʻtmagan kamida 4 ta davlatni nomlang.
Bolgariya, Vengriya, Daniya, Polsha, Ruminiya, Chexiya, Shvetsiya
Yevropa Markaziy Bankining ustav kapitalidagi eng katta ulushga (20,52% / 1,18 mlrd yevro) ega boʻlgan milliy markaziy bank qaysi?
Germaniya milliy banki — Deutsche Bundesbank.
Yevroobligatsiyalarni emissiya qilishning kamida 4 ta shaklini ayting.
1) Suzib yuruvchi foiz stavkali; 2) Qatʼiy foiz stavkali; 3) Ustamasiz (nol kuponli); 4) Ikki valyutali; 5) Boshqa obligatsiyalarga almashtirish huquqiga ega; 6) Denominatsiyaga ega boʻlgan shakllari.