1-QATOR
2-QATOR
3-QATOR
4-QATOR
5-QATOR
100

Oshpaz Bahlulning Boburga zahar berishga rozi bo‘lishiga qaysi shaxsiy fojiasi sabab bo‘lgan?  

Uning yigirma yoshli suyukli inisi Panipat jangida Bobur qo'shinlari tomonidan o'ldirilgan edi. Bu fojia uning qalbida kuchli intiqom tuyg'usini uyg'otgan.

100

Boburning zaharlanganini sezgan birinchi odam kim edi va u qanday harakat qildi?

Boburning o'zi sezdi. U ovqatdan keyin ustma-ust qayt qilib, yuzi ko'karib ketdi va "ovqatda bir sir bor" deb aytdi.

100

Boburning Hindiston xalqining ko‘nglini olish haqidagi o‘ylari uning hukmdor sifatidagi qaysi jihatini ochib beradi?

Bobur Hindiston xalqining ko'nglini olish uchun faqat qilich emas, balki mehr va bunyodkorlik kerakligini tushunardi.

100

Malikdod Koroniyning Malika Baydaga bergan savoli orqali asar muallifi o‘quvchiga nima demoqchi?

Muallif bu orqali Malika Baydaning Bobur ko'rsatgan inoyat va ehtiromga xiyonat qilganini ta'kidlamoqchi bo'lgan.

100

Bobur nima uchun Malika Baydani tirik qoldirishni Abdukarimbekka topshirdi?

Malika Baydaning xavfsizligini ta'minlash va uning qolgan umrini nazorat ostida, ammo omon saqlash uchun ishonchli kishiga topshirdi.

200

Ahmad choshnigir nima uchun aynan Bahlulni bu ishga tanladi deb o‘ylaysiz?

Ahmad choshnigir uni malika Baydaning kanizagi orqali topgan. Bahlulning shaxsiy adovati borligi va u saroy oshxonasida bevosita ovqat tayyorlash jarayonida bo'lgani uni eng qulay nomzodga aylantirgan.

200

Malika Baydaning fitnadagi asosiy maqsadi nima edi? U faqat o‘g‘lining qasidini olmoqchimidi?

U nafaqat o'g'li Ibrohim Lodining qasosini olmoqchi edi, balki Bobur o'ldirilsa, "fotihlar" (Boburiy qo'shinlar) Hindistonda turolmay chiqib ketishiga ishongan.

200

"O‘zini bosib, Malikdod Koroniyga qaradi" — Boburning g‘azab ustida hukm chiqarmasligi uning xarakteridagi qaysi xususiyatdan dalolat beradi?

Bu uning yuksak madaniyati, adolatli va vazmin hukmdor ekanligidan, g'azab ustida xato qaror chiqarishni istamasligidan dalolat beradi.

200

Malika Baydaning "Men ayol kishiman, qilich ko‘tarib jang qilolmayman" degan so‘zlariga munosabatingiz qanday?

Malika Bayda o'z ojizligini zahar berish bilan oqlamoqchi bo'ladi, lekin uning bu ishi minglab insonlarning o'limiga sabab bo'lishi mumkinligini tushunmaydi.

200

Hukm oxirida Malika Baydaning yig‘lashi pushaymonlikmi yoki hayrat?

Bu uning Boburdan kutmagan o'ta yuksak himmati va o'z qilmishining razilligini his qilganidan tug'ilgan pushaymonlik yoshlari edi.

300

Bahlul zaharni nima uchun ovqatning (qozonning) ichiga solmadi? Uning bu qarori ehtiyotkorlikmi yoki qo‘rqoqlik?

Bahlul zaharni qozonga solmadi, chunki bakovullar ovqatni tatib ko'rib, zaharlanib qolishi va sir fosh bo'lishi mumkin edi. Shuning uchun u zaharni faqat Bobur yeydigan chinni lagandagi lochira non ustiga sepdi.

300

O‘lim bilan olishayotgan Boburning ko‘ziga dunyo nima uchun boshqacharoq ko‘rina boshladi?

O'lim yoqasida qolgan inson hayotning har bir lahzasi qanchalik shirin va g'animat ekanini teranroq his qila boshlaydi.

300

Tabib Yusufiyning Bobur hayotini saqlab qolishdagi xizmatini qanday baholaysiz?

U ikki kecha-yu kunduz tinmay kurashdi, Boburga yurakni quvvatlantiruvchi dorilar berdi va nihoyat uni o'limdan olib qoldi.

300

Beklar Malika Baydani o‘limga hukm qilishni talab qilganda, Boburning fikri nima uchun o‘zgacha bo‘ldi?

U qasos zanjirini davom ettirishni istamadi. Malika o'zini beva-bechoralar uchun kuyayotgandek ko'rsatgani uchun, unga amalda shuni isbotlash imkonini berdi.

300

Boburning "Bu xonimning o‘zi-yu o‘g‘li qilolmagan ulkan ishlarni biz qilmoqdamiz" degan gapida qanday asos bor?

Bobur parokanda Hindistonni birlashtirib, yagona markaziy davlat qurishni va mamlakatni obod qilishni maqsad qilganini nazarda tutgan.

400

Fitnachilar nima sababdan Boburni aynan "pashkol" (yomg‘ir mavsumi) kunlarida zaharlashga shoshilishdi?

Fitnachilar Bobur yomg'irlar mavsumi tugab, boshqa yoqqa yurishga ketib qolmasidan oldin rejaning amalga oshishini xohlashgan.

400

Boburning "Hayotning bir lahzasi barcha boyliklardan aziz" degan xulosasiga nima sabab bo‘ldi?

Bobur joni qil ustida turganda, dunyoning barcha boyliklari va toj-u taxti bir lahzalik hayot oldida hech narsa emasligini angladi.

400

Tohirning Boburga bo‘lgan sadoqati matndagi qaysi harakatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi?

Tohir ham tabib bilan birga mijja qoqmay chiqdi, Boburning boshini tutib, yuzlarini yelpirib, unga tasalli berib turdi.

400

Boburning "Yomonlikka yaxshilik qilish mard kishining qo‘lidan keladi" degan so‘zlari qanchalik hayotiy?

Bu olijanoblikning eng yuqori cho'qqisi bo'lib, dushmanni jismonan emas, ma'nan mag'lub etishning yo'lidir.

400

Agar Bobur vafot etganida, Hindistonning keyingi taqdiri qanday kechar edi deb o‘ylaysiz?

Mamlakatda tartibsizlik boshlanar, ichki urushlar kuchayar va fitnachilar kutganidek Boburiy qo'shinlar Hindistonni tark etishga majbur bo'lar edi.

500

Bakovullarning mast bo‘lib qolishi voqealar rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Bu holat Bahlulga qulay imkoniyat yaratdi. Nazorat susaygani sababli u hech kim yo'qligida bemalol ovqatga zahar qo'sha oldi.

500

Nima uchun Bobur og‘ir ahvolda yotganida Ibrohim Lodining taqdirini esladi?

U o'zidan to'rt yosh kichik bo'lgan Ibrohimning yosh o'limiga achindi va Malika Bayda nega uni farzandidek ko'ra olmagani haqida o'yladi.

500

Malika Baydaning Bobur oldidagi iqrorini "jasorat" deb atash mumkinmi yoki bu "shafqatsizlik"mi?

Bu ko'proq mag'rur qasoskorning ochiqchasiga qilgan nafrati edi. U buni "intiqlom" va "mardlarcha jon berish" deb hisobladi.

500

Malika Baydaning mol-mulkidan "buq’ayi xayr" (saxovat uyi) qurish haqidagi buyruqning ramziy ma’nosi nimada?

Bu malikaning barcha boyliklari xalqqa, yetim-yesirlarga qaytarilishi va uning yomonligi yaxshilikka xizmat qilishi kerakligini anglatadi.

500

Ushbu parchadagi asosiy g‘oya — qasoskorlikni kechirimli bo‘lish orqali yengishmi? Fikringizni asoslang.

Ha, asar parchasi qasosdan ko'ra kechirimli bo'lish va yomonlikka yaxshilik bilan javob berish insonni haqiqiy g'alibga aylantirishini uqtiradi.

M
e
n
u