Bo‘sh joyga tegishli atamani qo‘ying:
Kasrni qisqartirish deganda uning surat va maxrajini birdan farqli natural songa
…………….. tushiniladi.
Kasrni qisqartirish deganda uning surat va maxrajini birdan farqli natural songa bo`lish tushiniladi.
Berilgan to‘g‘ri kasrni o‘z-o‘ziga qo‘shaversak, aralash
son hosil bo‘ladi.
ha
To‘rtburchakning bir tomoni 8+1/8 dm ga teng. Ikkinchi tomoni undan 2+3/8 dm qisqa. Uchinchi tomoni esa ikkinchi tomonidan 1+3/4 dm uzun. Agar to‘rtburchakning perimetri 3 metr bo‘lsa, uning to‘rtinchi tomoni uzunligini toping.
8+5/8
Har bir tomoni 9+1/2 dm bo‘lgan oltiburchakning uchlariga turli rangdagi lampochkalar o‘rnatilgan. Lampochkalarga oltiburchakning tomonlari bo‘ylab sim tortilgan. Tadbirlarda lampochkalar yonadi va oltiburchak aylanadi. Bir metr simni sotib olish va lampochkalarga tortish 4 000 so‘mga tushadi. Bitta lampochkani sotib olish va o‘rnatish 25 000 so‘m baholangan. Mushohada qiling:
1) necha metr sim zarur?
2) jami harajat uchun 200 000 so‘m yetadimi?
1) 5m 7 dm yoki 6 m
2) ha
Qanday kasr qisqarmas kasr deyiladi?
Qisqarmas kasrning surat va maxraji o‘zaro tub sonlardir.
Idishda 24 kg yog‘ bor edi. Uning 6+7/15 kg ini olib, ishlatishdi. Keyin idishga 4+19/30 kg yog‘ quyildi. Endi idishda necha kilogramm yog‘ bo‘lib qoldi?
22+1/6
Aralash sondan uning butun qismi ayrilsa, nol hosil bo‘ladi.
Hech qachon
Sayyoh yo‘lning 2/5 qismini piyoda o‘tdi. Qolgan yo‘lning yarmini velosipedda o‘tdi. Hisoblasa, manzilga yetish uchun yana 12 km yo‘l yurishi lozim ekan. Sayyoh jami necha kilometr yo‘l yurishi kerak?
20 km
Natural son n ning (19 – n)/(17 + n) kasr to‘g‘ri kasr bo‘ladigan barcha qiymatlari yig‘indisini toping.
170
Taqqoslang:
2043/2045 va 2053/2055
2043/2045 < 2053/2055
Neksiya rusumli avtomobil birinchi soatda yo‘lning 1/6 qismini, ikkinchi soatda 1/3 qismini, uchinchi soatda 1/4 qismini bosib o‘tdi. Agar u butun yo‘lni 4 soatda bosib o‘tishi kerak bo‘lsa, qolgan vaqtda avtomobil yo‘lning qanday qismini bosib o‘tishi lozim?
1/4
Sayyoh birinchi kuni yo‘lning yarmini, ikkinchi kuni 3/14 qismini, uchinchi kuni esa yo‘lning qolgan qismini bosib o‘tdi. Sayyoh uchinchi kuni yo‘lning qancha qismini bosib o‘tgan?
2/7
Poyezd 72+1/2 km/h tezlik bilan 2 soat, 70+2/3 km/h tezlik bilan 3 soat yo‘l yurdi. Poyezd jami necha kilometr yo‘l bosgan?
357
Natural son n ning (27 – n)/(13 + n) kasr to‘g‘ri kasr bo‘ladigan barcha qiymatlari ko‘paytmasining oxirgi 2 ta raqamini toping.
...00
Birinchi nasos bakni 16 minutda, ikinchi nasos 15 minutda, uchinchi nasos 18 minutda neft bilan to’ldiradi. Uchta nasos bir minut ishlasa, bakning qanday qismi to’lmay qoladi?
587/720
Men bir son o‘yladim, unga 4+4/7 ni qo‘shdim, yig‘indidan 2+9/14 ni ayirgan edim, javob 6+13/28 chiqdi. Men o‘ylagan sonni toping.
4+15/28
Quyidagi qo‘shtengsizliklar natural son n ning qanday qiymatlarida bajariladi?
2<1+3/5+n<16
n={1,2,3...,14}
Katerning daryo oqimi bo‘yicha tezligi 27+7/10 km/h, daryo oqimining tezligi esa 3+2/5 km/h. Katerning turg‘un suvdagi va oqimga qarshi tezligini toping.
24+3/10 va 20+9/10
Natural son n ning 14/(25 – n) kasr noto‘g‘ri kasr bo‘ladigan barcha qiymatlari yig‘indisini toping.
245
Ko’paytmaning oxirgi raqamini aniqlang:
9*11*13*...*19*21
5
Kvadratning tomoni 6+1/4 dm bo‘lib, u to‘g‘ri to‘rtburchakning enidan 2+1/5 dm qisqa, bo‘yidan esa 1+3/4 dm uzun. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri kvadrat perimetridan qancha ortiq?
9/10
Idishda qanchadir litr suv bor. Agar idishga 3 l suv quyilsa, idishning yarmi to‘ladi. Agar 3 l suv to‘kib tashlansa, qolgan suv idishning 1/8 qismini egallaydi. Dastlab idishda necha litr suv bo‘lgan?
5 l
Uchburchakning bir tomoni 12+4/5 cm ga teng, ikkinchi tomoni bundan 3+1/5 cm ga qisqa. Uchinchi tomonining uzunligi natural sonlarda ifodalansa:
1) U qanday qiymatlar qabul qilishi mumkin?
2) Bu uchburchakning perimetri eng ko‘pi bilan necha santimetr bo‘lishi mumkin? Eng kami bilanchi?
3) Uchinchi tomon qiymatlari ichida nechta tub son bor?
1) c={4, 5, 6, ... ,22}
2) 44+2/5 va 26+2/5
3) 6 ta
1) 4 < 20+3/5–n < 19 tengsizlikni qanoatlantiruvchi barcha natural sonlarni toping.
2) Bu natural sonlar yig‘indisini hisoblang.
3) Bu tengsizlikni nechta tub son qanoatlantiradi?Ularning yig‘indisini toping.
1) n={2,3,4,...,15,16}
2) 135
3) 5 ta , 39
123!+124! soni nechta nol bilan tugaydi?
31