Boburning otasi bevaqt necha yoshida fojiali vafot etadi?
39 yoshida
Zahiriddin Muhammad Bobur qachon va qayerda tug’ilgan?
1483-yil 14-fevralda Andijonda
Bobur qaysi yozuvni ixtiro qilgan edi?
“Xatti Boburiy”.
«Boburnoma»ning dastlabki nomi?
«Vaqoyi’»
“Boburnoma” asari necha yillik voqealarni o‘z ichiga olgan?
50 yillik
Boburning qaysi farzandlari Kobulda tugʻilgan?
Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol
Toj Mahalni kim qurdirgan-kimning xotiraisiga?
Shoh Jahon qurdirgan sevimli rafiqasi Mumtoz Mahal begimning xotirasi uchun bunyod etgan.
Kim Boburni “dilbar shaxs” deb ataydi?
Javoharla’l Neru
Bobur Xoja Ubaydullohning qaysi asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan?
“Risolayi volidiya”.
Bobur musulmon axloqiga oid qaysi asarni yaratdi?
“Mubayyin”
Boburning asl ismi — nima? Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi.
Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo
Bobur yoshligida Samarqandda qaysi bog'ni va Qoshiboy qishlog‘ida qaysi bog'ni bunyod etgan?
"Bog‘i nav" (Yangi bog‘) va "Bog‘i Bobur"
Boburiylar sulolasi Hindistonda necha yil hukmronlik qiladi?
332 yil.
“Bobur mirzo so‘z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi”. Ushbu ta’rif muallifi kim?
Pirimqul Qodirov.
“Mubayyin “ asarining janri qanday ?
Masnaviy
Boburning asosiy farzandlari (o‘g‘il va qizlari)?
Bobur Afgʻonistonda qaysi bog' va oromgohlar tashkil etgan?
“Bogʻi Shahroro”, “Bogʻi Jahonoro”, “Oʻrtabogʻ”, “Bosh vafo” va “Bogʻi Bobur”
Bobur 1497 yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va qancha vaqt qamaldan so‘ng Samarqandni egallaydi?
7 oylik
“Har kimdan yaxshi qoida qolgan bo‘lsa, unga amal qilmoq kerak. Agar o‘ta yomon ish qilgan bo‘lsa, yaxshi ish bilan almashtirmoq kerak”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
“Boburnoma”.
Boburdan oldin kimlarning ijodida nasr namunlari uchrar edi?
Yusuf xos Hojib, Alisher Navoiy, Rabg’uziy
Bobur Amir Temurning nechachi avlodi, shajarani ketma-ket ismlar bilan sanab bering?
1526 yil aprelda Panipatda jangida Ibrohim Lo‘diyning qo‘shinini tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi kimning ustidan ham zafar qozonadi?
Rano Sango
Bobur va Shayboniyxon o‘rtasidagi eng yirik to‘qnashuv qachon bo'lgan va jang nomi?
1501-yilgi Saripul jangi
Boburning aruz va qofiya ilmi sharhiga bag‘ishlangan asari qaysi?
“Mufassal”.
Xalqaro Bobur jamg’armasi qachon tashkil etilgan?
1993-yil 23-dekabr