Rossiyada o'tkazilgan so'rovnomada qatnashuvchilarning 42 ℅ bu davlatni alohida 2 davlat deb hisoblar ekan. Bu qaysi davlat
Gollandiya va Niderlandiya
Bu qo'shiq matni 3 xil tilda (ingliz nemis fransuz) yozilgan. Unda "eng kuchlilar" "buyuk voqea" " hamma erkaklar" kabi so'zlarni uchratish mumkin. Bu qaysi qo'shiq
Chempionlar ligasi madhiyasi
Nima uchun vino, shampan kabi ichimliklarni uzoq muddatga tik emas yotiq holatda saqlashadi
Yogʻoch tiqin qurib qoladi va havo kirib ichimlik buziladi
2002- yilda Angola hayvonot bog'idan Botsvanaga turli xil hayvonlar va qushlar kemada olib borildi. Ushbu operatsiya qanday nomlanadi
Nuh kemasi
Ikki yigitdan tashkil topgan ushbu guruhning nomi uztozlarini guruhini nomidan bitta harfga farq qiladi. Bu qaysi guruh
Bojalar
J. Koreada turmush qurishda bir cheklov bor ekan. Agar yigit va qizda u bir xil bo'lsa ularning turmush qurishi taqiqlanadi. Bu nima
Familiyasi
Dastlab ikkita osmonga qaragan ikkita projektor yonadi. So'ng yana ikkitasi yonib raqamlar va yozuvni yoritadi. Gap nima haqida ketyapdi
XX asr Fox studiyasi
Qaysi qurol o'z nomini inglizcha "aylantirmoq" so'zidan olgan
Revolver
U Angliyada "S" Amerikada "U" ha Toshkentdachi qanday
M yani Metro
U 19 asrda paydo boʻlgan. 20 asrda Yevropaga tarqaladi. Uning anrgentina andalus va kreol degan turlari bor. Uning arabchasini kim mashhur qilgan
Botir Zokirov
Qaysi hasharot haqidagi ma'lumotni shotland radiosi har kuni e'lon qiladi. Bu qaysi hasharot
Chivin
Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish tavoq, qurol va oziq ovqat vazifasini oʻtagan
Bizon
Kongoda aholi uning 500 tasidan Indoneziyada 250 tasidan Sudanda esa 117 tasidan foydalanadi. U nima
Til
Miloddan avvalgi 47- yilda Rim Senatiga bir insondan xat keladi. Xat bu uch so'z yozilgan bo'lishi mumkin. Bu qaysi so'zlar
Keldim Ko'rdim Yengdim
U haqidagi dastlabki Galenning asarlarida uchraydi. Ilgari undan foydalanish uchun uni surtishgan. Jyulen Lui Joffru ixtirosidan keyin uni qattiq holda ishlatila boshlandi. U nima
Sovun
Bu hayvonning nomi tarjimasi "uchmaydi" degan ma'noni anglatadi. Bu hayvon haqiqatdan suv ichmaydi. Evkalit daraxti barglari tarkibidagi suv unga yetadi. Bu qaysi hayvon
Koala
Antik zamonlarda Hind va Gang daryolari faunalari o'rganilgach Nil daryosi manbasi Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nega shunday fikrga kelishgan
Timsohlar tufayli
U qadimda Rimda ixtiro qilingan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida u dastlab paypoq yoki boshmoq shaklida qamishdan to'qilgan, keyinchalik ilmoqli temir arqon va qamishdan tayyorlangan. U nima
Taqa
Mashhur sport kiyimlari va buyumlarni ishlab chqaruvchi Adidas kompaniyasi emblemalarida uch barg tasvirlangan. Bu uch barg nimani anglatadi.
Uch qit'ani
Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday degan: odamlar ovdan keyin sayr vaqtida va undan oldin yolgʻon gapirishga moyil bo'ladilar. Savol nimadan oldin
Saylov
Boksni hamma yaxshi biladi. Lekin boks atamasi boshqa bir sport turida jihozlar turuvchi joyni anglatadi. Bu qaysi sport turi
Formula-1
O'rta asrlarda Gʻarbiy Yevropada ritsarlik musobaqalari oʻtkazilgan. Unda ritsarlar o'z jangovar qobiliyatlarini namoyish etganlar. 16- asrda bu musobaqalar barham topdi. Bu musobaqalar qanday nom bilan atalgan
Turnir
Birinchi marta ularni ko'rgan dengizchilar uzoqdan frak va sutdek oppoq mashinka kiyib olgan odamlar to'dasi deb o'ylashgan. Chunki usha vaqtda erkaklar tantanali marosimlarda shunday kiyinishgan. Dengizchilar nima ko'rgan.
Pingvin
Buni qarangki sizni chalmoqchi boʻlgan kishi sizga qurbonlik ham bermoqchi. Lekin siz qurbonlikni qabul qilmaslingiz ham mumkin. U kishi kim
Shaxmatchi
Armiya davlatning asosiy kuchidir. Misol uchun Shimoliy Koreya davlatida aholining 5℅ armiyada xizmat qiladi. Ushbu mamlakatda esa 2004-yliga kelib internatsional armiya hosil bo'ldi. 7622 ta askar 136 ta turli millatga doirdir. Bu qaysi davlat
Fransiya