1206-yili Xorazmshoh Alovuddin Muhammad Gʻur sulolasi ustidan yirik gʻalabaga erishadi. Gʻalaba sharafiga Xorazmshoh BU ISHNI QILADI. Islom qoidalariga koʻra, BU ISHNI 3 yoki 7 kunda qilish kerak.
Savol: "BU ISHNI QILISH" birikmasi bilan almashtirilgan soʻzlarni yozib bering.
Oʻgʻliga ism qoʻyish
Savol matnida bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Amerikada sodir boʻlgan INK urushiga bagʻishlangan videotahlilda jang maydoni yaqinida sendvich, limonad va yegulik savatlarini ham topish mumkin edi.
Savol: Savol matnida harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.
Piknik (Piknik urushi / Picnic Battle)
Nevzat Tarxan “Masnaviy terapiya” asarida Mavlono Rumiyni oʻqir ekanmiz, u insonga azaldan tanigan, fitratida mavjud boʻlgan narsalarini eslatishini va odam oʻz ichida allaqachon yashiringan xazinani qayta koʻrishini taʼkidlar ekan bir terminni eslab oʻtadi.
Savol: Qaysi terminligini bir soʻzda yozib bering.
Dejavu
Muxtor Shoxonov bir sheʼrida turk sultoni haramidagi goʻzallar toʻrt devor ortida ezilib oʻtirishini tasvirlarkan, haramdagi ayollarni ularga oʻxshatadi.
Savol: Ular nimaligini ikki soʻzda yozib bering.
Anor donalari
USHBU ASAR muqovasida toʻrli sim ortidagi toʻrtta qabrni koʻrish mumkin. Asar nomidagi birinchi soʻzning oq shriftda yozilishi ham ramziy maʼnoga ega. Muhrim Azamxoʻjayevning fikricha, USHBU ASAR bizga eng kamida bitta narsani, yaʼni shukr qilishni oʻrgatadi.
Savol: Gap qaysi asar haqida ketmoqda?
"Kafansiz koʻmilganlar"
“Maxfiy hujjatlar” filmida AQSH hukumatining Vyetnam urushida qilayotgan xatolari gazeta bosuvchi nashriyot tomonidan ommaga oshkor qilinadi. Film haqidagi taqrizda Uning tovushi qurol ovoziga qiyoslanadi.
Savol: "U" nima ekanligini ikki soʻzda yozib bering.
Yozuv mashinkasi
AQSHga kelgan italyan muhojirlari topinamburni kungaboqarga oʻxshaganligi sababli “girasol” deb atashgan. Inglizzabon aholi tilida soʻz oʻzgarishga uchrab, bu joy nomi paydo boʻlgan, aslida esa oʻsimlikning bu joyga umuman aloqasi yoʻq edi. Yunonlar bu joyni nomlashda “muqaddas” maʼnosini beruvchi “hieros” soʻzini ham ishlatishgan.
Savol: Bu joy nomini yozib bering.
Ierusalim (Quddus)
Savolda BIRINCHI va IKKINCHI oʻrnidagi soʻzlar bir-biridan faqat bir harf yoki uning yozilishi bilan farq qiladi.
Oybek qalamiga mansub asarda Husayn bahsga yakun yasarkan: “Tilni BIRINCHINING IKKINCHISI mudofaa qilarkan, kim ham aksini isbotlay olardi” – deydi.
Savol: BIRINCHI va IKKINCHI oʻrnidagi soʻzlarni yozib bering.
Sheʼr, Sher

Qadimgi Misr va Xitoyda yuqori tabaqaning oddiy odamlardan ajralib turishga boʻlgan xohishi Uning kelib chiqishiga turtki boʻlgan. Koʻrgazma materialdagi uzum navi (Manicure Finger) nomida ham Uni uchratish mumkin.Savol: "U"ni xorijdan oʻzlashgan soʻz bilan yozib bering.
Manikyur
“Triller” qoʻshigʻi klipida tunda oʻz sevgilisi bilan sayr qilayotgan yigit kutilmaganda transformatsiyaga uchraydi. “Maykl” filmida ushbu klipning syomka jarayoni Los-Anjelesdagi aynan klip ishlangan lokatsiyada suratga olingan. Jafar Jeksonning aytishicha, filmdagi ushbu epizod maksimal tabiiy chiqishi uchun hatto U ham kutilgan.
Savol: "U"ni ikki soʻzda yozib bering.
Toʻlin oy
Tosh, hujra, mahbus, kubok, jamiyat, shahzoda, tuhfa.
Biz savol matnining har joylarida bir necha soʻzlarni tushirib qoldirdik.
Savol: Siz menga barchasini oʻzaro bogʻlab turadigan oʻsha mashhur ism-sharifni yozib bering.
Garri Potter
Petr Esterxazining fikricha, haqiqiy jentlmen hech qachon Uning oʻng tomoniga qaramas ekan.
Savol: "U" oʻrnidagi soʻzni bitta soʻzda yozib bering.
Menyu
Bu qissa 1936-yil yozilgan boʻlib, unda ijodkorning bolaligidagi voqealar, XX asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. Dastlab qissa “Dovdirash” nomi bilan kitobcha holida nashr etilgan boʻlsa, keyinchalik 1977-yilda qissa asosida film ham suratga olingan.
Savol: Bu qaysi qissa?
"Shum bola"
Turk ogʻzaki jumlalaridan birida “Musulmon dunyosida nechta shahar boʻlsa, uning ham shuncha turi bor” deyiladi. Yurtimizda yaqin yillar ichida uni qadoqlab sotish ham yoʻlga qoʻyildi.
Savol: U nima?
Palov (osh)
Ertalab boylarga xizmat qiladigan, kechda esa kambagʻallarga tekin ovqat tarqatadigan bir restoran nomida kimning ismini koʻrish mumkin?
Savol: U kim?
Robin Gud
BU SOʻZning asosi gruzincha “ildiz” degan maʼnoni anglatadi, daraxtlar bilan qoplangan mintaqada paydo boʻlgan boʻlishi mumkin. Boshqa bir taxminga koʻra esa BU SOʻZ forscha “Burj” — mustahkam devor soʻzidan kelib chiqqan ekan.
Savol: BU SOʻZni yozib bering.
Borjomi
Biz bilgan sohalardan tashqari bu inson qoʻshiqchi va filantrop hamdir. U faoliyati davomida 3000 dan ortiq jarohat olgan. U 2016-yil kinofatolaridagi xizmatlari uchun faxriy Oskar mukofotini ham qoʻlga kiritgan.
Savol: U kim?
Jeki Chan
Gazeta.uz nashrining U haqidagi maqolasida aytilishicha, ilk Ular inson ongli mavjudot sifatida paydo boʻlgandan beri mavjud va U avval qoyaga oʻyilgan tasvirlar orqali namoyon boʻlgan. Maqola esa “U – sanʼatmi yoki vandalizm?” deya nomlangan.
Savol: Uni xorijiy soʻzda yozib bering.
Strit-art (Street art)
Filipp oʻzini dunyoga mashhur qilgan voqeadan soʻng, AQSHdagi Markaziy bogʻda (Central Park) bolalar uchun bepul tomoshalar koʻrsatish jazosini olgan. Maʼlumot oʻrnida, yaqinda ushbu aql bovar qilmas ishning 25 yilligini xotirlash aynan shu voqea bilan bogʻliq.
Savol: Filipp qanday ishni amalga oshirganini aniq yozib bering.
Egizak binolar orasidagi dordan yurib oʻtgan (Filipp Peti)
Mashhur asarlarga qisqa taqrizlar beruvchi “5 daqiqa” nomli loyiha doirasida bu asarga bagʻishlangan “Yashirin gunohlaringizni fosh etuvchi sudya” nomli maqola chop etilgan.
Savol: 1939-yilda nashr etilgan ushbu asarni yozib bering.
"10 ta negr bolasi" (Agata Kristi)