Hamma tillarda gapira oladigan narsa nima?
Aks sado
Uning tarkibi 63,6 % suv, 12,8 % oqsil, 11,8 % yog', 10 % uglevod, 0,8 % mineral moddalardan iborat. Bu nima?
Tuxum
Perimetri 22 sm ,eni 5 sm bo'lgan to'rtburchak yuzini toping?
30 sm kv
Nima uchun koinotta (kosmosda) hech kim sizning ovozingizni eshitmaydi?
Chunki u yerda havo yo'q, ovoz esa yo'lovchi tashish uchun havoga muxtoj
Rossiyada bitta, Amerikada ikkita, O'zbekistonda esa umuman yo'q. Bu nima?
"A" harfi
Bu narsa shinam va ko'rkam xonadonlarda bir tomonga qiyshaygan, uringansimon bo'ladi. fayzsiz xonadonlardagisi yangi va hushqomat bo'ladi.
Bu nima?
Supurgi
Jami nechta ikki xonali sonlar bor?
90 ta
Dunyodagi eng qimmat va eng qattiq narsa aslida
oddiy ko'mirdan tashkil topgan.
Bu nima?
Olmos
O'zi suvdan chiqadi , lekin suvdan qo'rqadi. Bu nima?
Tuz
U fan bilganga oson, bilmaganga qiyin. Yana bir fan borki , u aksincha , bilganga qiyin, bilmaganga oson ekan.
Bu qaysi ikki fan?
Fizika va adabiyot
Qosimning qadami 50 sm, Hakimniki esa 60 sm ga teng. Ularning qadamlari birinchi marta necha metrdan keyin ustma-ust tushadi?
3 metr
Uning shaharlari bor, lekin uylari yo'q. Tog'lari bor,
lekin daraxtlari yo'q. Suvlari bor, lekin baliqlari yo'q.
Bu nima?
Xarita
Yer yuzidagi eng baland tog' topilishidan oldin, eng baland tog' qaysi edi?
Everest (baribir o'sha edi, faqat u topilmagan edi)
Latifa: men xohlagan odamni, xohlagan bino yu daraxtni qo'limning uchi bilan oyog'ini osmondan qilib tashlayman.
- Siz kunfuchimisiz?
-Yo'q men.....
savol: u kim?
Fotograf
25 % i 32 ga teng bo'lgan sonning o'zi qancha bo'ladi?
128
U narsa sizga tegishli, lekin uni boshqalar sizdan ko'ra ko'proq ishlatishadi.
Bu nima?
Isminggiz
Bunday qobiliyatni hayvonlarga o'rgatmasayam bo'ladi, chunki ularda tug'ma instink bo'ladi. Odamlarga esa albatta o'rgatiladi.
Bu qaysi hunar?
Suzish
25 ning 25% ini toping
6,25
U teshiklar bilan to'la, lekin suvni o'zida saqlab turadi.
Bu nima?
Gubka (shimgich)