A
B
C
D
E
100

Ali va Vali baliq ovlagani chiqishibdi. Ular o’g’illarini olvolishibdi. Vlining o’g’lini ismi Mirvali ekan. Ali 4 ta, Vali 3 ta, Mirvali 6 ta baliq tutibdi. Savol: Alining o’g’lini ismi nima?

Alining o’g’lini ismi Vali! Mirvali Valining o’g’li Vali esa Alining o’g’li.

100

Bir kishining 7 ta qizi bor. Qizlarning har birini bittadan akasi bor. Savol: u kishining nechta farzandi bor?

U kishining 8 ta farzandi bor. Kattasi o’g’il 7 ta qizga aka bo’ladi.

100

Ot o’z bo’yniga bog’langan qo’ng’iroqning ovozini eshitmaslik uchun necha km/soat tezlikda chopishi kerak?

O km/soat tezlikda

100

Bir traktorchining ukasi bor ekan, ukasining akasi yo’q ekan. Mantiqiy fikrlab savolning javobini izohlab bering

Traktorchi ayol kishi edi

100

Mashhur sehrgar xonaning o’rtasiga qo’l zo’rg’a sig’adigan shisha qo’yib uning ichiga kira olishini aytdi. U buni qanday uddalashi mumkin?

Shisha qo’yilsa ham, qo’yilmasa ham xonaga istalgan kishi kira oladi

100

Bir kuni shofyor o’z mashinasining g’ildiraklaridan birini dami chiqib qolganini ko’rdi, lekin parvo qilmay uydan chiqib ketdi va qiyinchiliksiz yurib kechga tomon qaytib keldi. U buni qanday uddaladi?

zahiradagi balon edi

100

Teatr aktyorlari bir narsadan juda qo’rqishadi, hatto tushlariga kirsa o’ngimda teskarisi bo’ladi deb o’zlarini yupatishadi. Chunki u aktyorlik ijrosiga ham salbiy ta’sir o’tkazadi. Savol: teatr aktyorlari nimadan ko’proq qo’rqishadi?

Bo'm-bo'sh zaldan

100

Matematik boshqotirma. Qirg’oqqa 2 yosh bola va 1 katta odam kelishdi. Ular daryoning u betiga o’tibshlari kerak. Qirg’oqda 1 ta qayiq bo’lib u 2 yosh bolani yoki 1 odamni ko’tara oladi xolos. Ular o’ylab ko’rib buning yechimini topishdi. Siz ham yechim izlab ko’ring.

Dastlab 2 yosh bola o’tadi, ulardan biri ortiga qaytadi, keyin katta odam o’tadi, u yerdagi 1 yosh bola qaytib kelib sherigi bilan yana o’tadi

100

Topishmoq: Dengiz ham emas, yer ham emas. Unda kema ham suzmaydi, odam ham yurmaydi.

Botqoqlik

100

Aynan bir poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashgan. Bu qaysi shahar va davlat?

Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan davlat Vatikan

100

Koreys tiliga poytaxt so’zini tarjima qiling

Seul

100

Nimaning 40 qulochi 1 gramga teng?

To’g’ri javob:


Ip
100

Fransuzlarda “Tuxumdan olmagacha” degan ibora bor. Ular bu koni foyda ekani uchun ham bunga amal qilishadi. Savol: “Tuxumdan olmagacha” iborasida nima nazarda tutilmoqda?

Tushlikni tuxumdan boshlab olmada tugatish kerak

100

. O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSH, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan holda bog’liqligini aniqlang

Ingliz tilida u harfi bilan boshlanadi

100

Tseylonda har bir oilaniki alohida o’z hovlisida joylashgan, bizning yerlarda esa hammaniki umumiy. Savol: nima haqida gap ketmoqda?

Qabriston

100

Bu narsa insonga 2 marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi.

Tish

100

VII-VIII asrlarda Eronda topilgan tarixiy hujjatda shunday majburiyatlar yozilgan edi: “Xudo nomi bilan qasam ichaman, uni sotmayman, qarz hisobiga qullikka ham, boshqalar himoyasiga ham bermayman” Savol: ushbu hujjatda qanday majburiyat zikr etilgan?

Erning xotin oldidagi majburiyati

100

Bir yigit bor ekan. U kambag’al bo’lib uning farzandi yo’q ekan.Bu ham yetmagandek otasining ko’zlari ojiz ekan. Kunlarning birida unga farishta uchrabdi va bittagina tilagingni amalgam oshiraman debdi. Yigit bitta tilak bilan uchchala orzusiga ham yetibdi. Savol: u qanday tilak aytgan?

Dadam o’g’limning tilla tangalar o’ynab o’tirganini ko’rsinlar.

100

 XIX asrlarda yevropada velosiped minish juda ommalashib ketadi. Velosiped bahona ayollarning azaliy orzularining ushalishi tezlashib ketadi. Savol: velosiped bahona ayollar qanday orzularini amalgam oshirib olishdi?

Shim kiyib yurish

100

Sevimli shoir Erkin Vohidov ularni shunday ta’riflagan:

Ularda reja bor, ish bor, g’ayrat bor,

 Ular hordiq kun qilmaslar talab.

 Dushanba boshlari og’rimas nahot?

 Kechikib kelmaslar ishga ertalab!

O’zbekiston qahramoni Erkin Vohidov ular degandanimani ta’riflagan?

Robotlar

100

Bir boyvachcha honim xizmatkoriga men o’lsam boyligimni senga xatlab beraman deb aytadi. Honim xizmatkoriga yana bir gap aytadiki xizmatkor uni uzoq vaqt yashashini xohlaydi. Savol: mantiqiy fikrlab ko’ring, xizmatkor nega honimni uzoq yashashini istagan?

Boyvachcha honim xizmatkorga qancha yashasam boyligimning shuncha foizi seniki deb aytgan bo’ladi.

100

Shifoxonadan to’rt muchchasi sog’ bo’lgan odamni qo’lda ko’tarib olib chiqishdi. U mutlaqo sog’lom bo’lsa, nega ko’tarib olib chiqishmoqda?

Chaqaloq edi

100

Qiziqarli savol: Yaqinda g’arb matbuotida dunyodagi eng yoqimsiz budelniklar ro’yxati e’lon qilindi. Bu ro’yhatda 5- o’rinni olgan budelnikni o’chirish uchun siz krossvord yechishingizga to’g’ri keladi. 4- o’rindagisi esa ertalab sizni har xil haqoratli so’zlar bilan uyg’otadi. 3- o’rin mozayka budelnigiga nasib qildi. Tovuq shaklidagi budelnik 2- o’rinni olgan bo’lib, u ertalab bir nechta tuxum tug’adi. Tuxumlarni yig’ib joyiga qo’ymaguningizcha tovuqning ovozi o’chmaydi. 1- o’rinni olgan budelnik ishga tushganidan so’ng uni o’chirish uchun ancha harakat qilishingizga to’g’ri keladi. Aslida uni o’chirish unchalik qiyin ish emas, bitta tugmani bosish kifoya, lekin bu tugmani bosishdan oldin siz boshqa bir ishni qilishingiz talab qilinadi. Siz budelnikni o’chirish uchun nima qilishingiz kerak?

Budelnikni qidirib topish kerak. Chunki, u ishga tushishi bilan qochib ketib berkinib oladi.

100

Jorj Vashington, Sherlok Xolms, Vilyam Shekspir, Lyudvig Van Betxoven, Napoleon Bonapart, Aleksandr Pushkin – ushbu ro’yxatda kim “ortiqcha”?

Sherlok Xolms u to'qima obraz

100

Matematik masala. Bir mamlakat sultoni xazinasiga o’z hukmdorligi ostidagi 12 viloyat noiblari keltirgan tilla tanga bilan to’ldirilgan qoplarni yig’ibdi. Kutilmaganda bir chopar halloslab kelib qolibdi va sultonga shunday debdi:

 –Ey buyuk sulton, noiblaringizdan biri sizni sotdi. U yuborgan qop qalbaki tangalar bilan to’ldirilgan. Ular tashqi ko’rinishidan haqiqiysidan farq qilmaydi, faqat ularning og’irligi haqiqiy tilla tanga kabi 10 gramm emas, 9 gramm. Sulton qaysi noib yuborgan qopni bir tortishda aniqlashga ahd qilibdi. Siz unga 1 marta tortishda qaysi qop qalbaki tangalar bilan to’ldirilganligini aniqlashda yordam bera olasizmi?



Sulton har bir qopdan qopning raqamiga ko’ra har xil miqdorda tangalar oladi, ya’ni 1-qopdan – 1 ta, 2- qopdan – 2 ta, 3- qopdan 3 ta … 12- qopdan – 12 ta. Shundan so’ng olingan tangalarning og’irliginitortib ko’radi. Umumiy og’irlikdan necha gramm kam bo’lsa shu raqamdagi qopda qalbaki tangalar bo’ladi 5 gramm kam bo’lsa 5- qop, 10 gramm kam bo’lsa 10- qop.

M
e
n
u