ZAKOVAT
ZAKOVAT
ZAKOVAT
ZAKOVAT
1

1. Intergum [Intergam] kompaniyasi veb-saytida ta’kidlanishicha, ikki tomonlama ta’m - masalan, banan-qulupnay yoki olcha-limon USHBU brend uchun bekorga tanlanmagan.

Savol: 90-yillardan ishlab chiqarilgan USHBU saqich brendi nomini aniq yozib bering.

Javob: Love is.

Izoh: Love is saqichlari. Sevishganlar kabi ta’mlar ham juft-juft.

1

6.Bir hazilga ko‘ra, eng ko‘p vitaminlar Unda bo‘lishi aytiladi. Ilk Ular 13-asrda Bag‘dodda paydo bo‘lgan.

Savol: U nima?

Javob: Dorixona.

1

11. Hindistonniki eng katta va murakkabi. Buyuk Britaniyada uning yagona shakli yo‘q, uning o‘rniga Magna Carta nomli to‘plam ishlatiladi. Eng qadimiysi San Marinoga tegishli, 1600-yilda yaratilgan.

Savol: U nima?

Javob: Konstitutsiya.

1

16.Sharqiy Afrika hududlarida yashovchi bir aholi vakillari tankni ilk marta koʻrganlarida, ular quvonchdan “Faru! Faru!” deb qichqirishgan, chunki tank ularga oʻzlariga tanish bir jonivorni eslatgandi.

Savol: Ularning tilida “Faru” soʻzi qaysi jonivorni bildiradi?

Javob: Karkidon.

1

2.Xitoy qonunchiligiga ko‘ra, chet elda tug‘ilgan har qanday IKS Xitoyga qaytarilishi lozim. 2008-yilgi ijod namunasida IKSga semiz aktyor Jek Blek ovoz bergan.

Savol: IKSni yozib bering.

Javob: Panda.

Izoh: Kung-fu panda mutlfilmida pandaga aktyor Jek Blek ovoz bergan. 

1

7.O‘tmishda Yevropaning ayrim mamlakatlarida chopar orqali yetkazilgan xat-xabar shunday atalgan. Hozirgi kunda esa bu so‘z bilan bir sport musobaqasi ataladi.

Savol: Bu qaysi so‘z?

Javob: Estafeta.

1

12.Ulardan biri sizni to‘xtashga undaydi, biri esa bir to‘xtab, yana davom etishingizni uqtiradi. Boshqa biri sizdan izoh talab qilsa, yana boshqasi sizdan javob kutadi.

Savol: Ularni ikki so‘z bilan yozib bering.

Javob: Tinish belgilari.

 

 

 

1

17.Sharq donishmandligi xazinasidan: “Agarda sen minora qurishni niyat qilgan bo‘lsang, avval BU ISHni qilish kerak”.

Savol: Nima ish qilish kerak?

Javob: Quduq qazish.

Izoh: Bu tadbir minora poydevori mustahkam bo‘lishi uchun qilingan.

1

3.Savol matnidagi MOTEL so‘zi ikki so‘zni almashtirib kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili MOTELlarning 40 ming tonnadan ortig‘i chiqindiga chiqariladi. Qiziqarli tomoni, MOTEL larning 1 tonnasidan 150 gramm oltin va 3 kglargacha kumush olish mumkin.

Savol: MOTEL so‘zi o‘rnida almashgan ikki so‘zni yozib bering.

Javob: Mobil telefonlar.

1

8.Ispanlarda ham o‘ziga yarasha irim-sirimlar bor. Avvallari ispan ayollari bolalariga ko‘z tegmasligi uchun ularning yelkasiga bir buyumni tikib qo‘yishgan. Shu orqali yomon ko‘z balosidan asray olishlariga ishonishgan.

Savol: Qaysi buyumni tikib qo‘yishgan?

Javob: Ko‘zgu.

1

13.U insonning miyasi qo‘llariga nisbatan tezroq ekanligining isbotidir. U bo‘yicha statistika o‘tkazishganida shifokorlar eng yuqori o‘rinni band etishgan.

Savol: Uni ikki so‘z bilan yozib bering.

Javob: Xunuk yozuv.

1

18.Qadimgi Ossuriya davlati xarobalarini o‘rgangan arxeolog olim Layard ko‘plab loy bo‘laklari va parchalari to‘plangan ikkita xonani topadi.

Savol: Bu xonalar qadimda qaysi muassasaga xizmat qilgan?

Javob: Kutubxona.

Izoh: Ossuriya podsholari o‘zlarining sopol kutubxonalari bilan mashhur bo‘lgan.

1

4.2000-yillarda Britaniyada ko‘rish qobiliyati yomon bolalarning 40%i ko‘zoynak do‘konlaridan dumaloq oynali ko‘zoynaklar sotib olishganiga guvoh bo‘lishgan.

Savol: Bolalar qanday sabab tufayli ushbu ko‘rinishdagi ko‘zoynaklardan foydalanishgan?

Javob: Garri Potterga o‘xshash uchun.

Qabul: Mazmunan yaqin javoblar

1

9.Afrikadagi bu davlatning poytaxti nomini tarjima qilsak, tarjimada “uch shahar” degan maʼno kelib chiqadi.

Savol: Qaysi davlat?

Javob: Liviya.

Izoh: Poytaxti Tripoli shahri.

1

14.Bir ingliz kompaniyasi o‘quvchilar orasida chekishga qarshi kurashish maqsadida bu predmetga inglizchalab “Sigaret chekma” so‘zini yozib, ishlab chiqarishadi. Ammo bu mahsulot tez orada aks ta’sir bera boshlagan va savdosi to‘xtatilgan.

Savol: Bu yozuv qaysi mahsulotga tushirilgan?

Javob: Qalam.

Izoh: “Don`t smoke cigarettes” yozuvining “don`t” qismi o‘chib, “sigaret chek” ma`nosi kelib chiqqan.

1

19.Sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan uchirilgan raketalardan biri ingliz gazetalarida dognik deb atalgan.

Savol: Bu raketada qanday jonzotlar bor edi?

Javob: Itlar.

Izoh: Belka va Strelka uchirilgan.

1

5.Nemis geologi Remerdan ma’ruza payti talaba so‘radi:

- Janob professor, mabodo mana shu biz o‘tirgan yerdan Yerning diametri bo‘ylab lahm qazisam,  qayerdan chiqaman?

- Siz to‘ppa- to‘g‘ri U yerdan chiqasiz! –deya javob qiladi professor olim.

Savol: Olim U YER deganda qaysi muassasani nazarda tutgan?

Javob: Jinnixona.

Izoh: Ahmoqona savolga olim shunday javob bergan.

1

10.1905-yilda ishlab chiqarilgan “Rolls-Roys” avtomobilining yangi markasi tashqi koʻrinishi va bir xususiyati tufayli “Kumush arvoh” degan laqab bilan atalgan.

Savol: Qanday xususiyat tufayli unga shunday laqab berilgan?

Javob: U tovushsiz harakatlangan.

1

15.Avstraliyaning Sidney shahrida mashhur mushakbozlik marosimi o‘tkaziladi. Yangi yil kirib kelganida uzoq muddatli va katta hajmli mushakbozlik boshlanadi. Sidney hukumati 31-dekabr kuni soat 21-00 da ham shunday mushakbozlikni uyushtiradi.

Savol: Bu mushakbozlik kimlar uchun mo‘ljallangan?

Javob: Bolalar uchun.

Izoh: Ular ertaroq uxlab qolishadi.

1

20.Bu shirinlikni yaponlar “Isu-kurimu” deb atashadi. Asosan bahor-yoz mavsumida ko‘p iste’mol qilinadi.

Savol: Qaysi shirinlik?

Javob: Muzqaymoq.

Izoh: inglizcha "ice-cream" (muzqaymoq) ning o‘zgargan shakli.

M
e
n
u