Uning balandligi ham, eni va bo’yi ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?
Harorat, vaqt.
Yog’ochni 12 bo’lakka bo’lish uchun uni necha marta arralash kerak?
11 marta
Amir Temur necha yoshda olamdan o'tadi
69 yoshda
Bir oilada 5 qiz bor ekan. 1- kitob o’qiyapti, 2- shaxmat o’ynayapti, 3- ovqat yeyapti, 4- yig’ishtiryapti, 5- nima qilyapti?
shaxmat o’ynayapti
Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va yozmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi.
Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 10:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?
Soat 11:30 da, birinchisi 10:30 da, ikkinchisi 11:00 da, uchinchisi esa 11:30 da.
Alisher Navoiyning nechta farzandi bo'lgan
Alisher Navoiyning farzandi bo'lmagan
Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi. Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
U odam dastavval milliarder bo’lgan
Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi?
ketayotkan bobo,ota va bola bo'lib,har biri bittadan olma olishgan
O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?
39 ta. Oldinda 17 ta o’rdak. Ortida esa 21 ta. Shuningdek boshini orqa-oldinga burgan o’rdakning o’zi ham.
Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun?
Shu holda qo’shinlari o’z qurol-aslahalarini osonlikcha tashlab qochishmagan
Traktorchining Farhod ismli akasi bor edi, lekin Farhodning ukasi yo’q edi. Buning sababi qanday?
Traktorchi Farhodning singlisi edi.
Bir shifoxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshladi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada?
Chunki xavfsizlik kamari taqilganda YTH’da vafot etadiganlar soni kamaydi, ular jarohat tufayli kasalxonaga tusha boshladi. Oldin esa vafot etishi sababli kasalxonaga tushmasdilar.
Stolda 70 dona oq qog’oz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qog’ozni sanash mumkin. Bu holda 50 ta qog’oz sanab olish uchun nechi soniya vaqt ketadi?
20 soniya. 10 soniyada birinchi o’ntasi, keyingi o’n soniyada ikkinchi o’ntasi. Stolda esa 50 ta qog’oz qoladi.
Chingizxon bosqinida qaysi sarkarda bizning hududimizni himoya qilgan
Jaloliddin Manguberdi
Yo‘lda ketma-ket qator qilib 10 ta ustun o‘rnatilgan. Har bir ustundan keyingisigacha bo‘lgan masofa 10 metrdan. Sportchi 1-ustundan 10-ustungacha yetib bordi va yana 1- ustunga qaytib keldi. Sportchi qancha yo‘l bosgan?
180 metr
Nemis mahsulotlari Xitoynikidan sifatliroq degan fikrga qarshi bo‘lgan insonlar hazil aralash USHBU ikki obyektni misol qilib keltirishadi. Germaniyaga tegishli obyekt 1989-yilda buzib tashlangan.
Savol: Xitoyga tegishli obyekt nomini uch so‘zda yozib bering?
Javob: Buyuk Xitoy devori
Izoh: Ular ikki davlatdagi mashhur devorlarni misol sifatida keltirishadi. Berlin devori 1989-yilda buzib yuborilgan. Buyuk Xitoy devori esa necha asrlardan buyon saqlanib kelmoqda
100 so’m pulingiz bor. 100 ta hayvon olishingiz kerak. Mol – 10 so’m, qo’y – 3 so’m, xo’roz – 50 tiyin. Qaysi hayvonlardan nechtadan olasiz? (1yarim minut)
Mol 5 ta, qo’y bitta, xo’roz 94 ta.
Qadimgi Rimliklar odati bo‘yicha OKTAVIANning sog’lig’I uchun 8 stakan, VESPASIANning sog’lig’I uchun 9 stakan, SEZARning sog’lig’I uchun esa 5 stakan sarxush qiluvchi ichimlik ichishgan.
Savol: SENEKAning sog’lig’I uchun necha stakan ichishgan?
Javob: 6 stakan
Izoh: Ular stakanlar sonini hukmdor ismidagi harflar soni bilan bog’lashgan. Seneka ismida 6 ta harf bor
Sardor dushanba kuni 500$ ga planshet sotib oldi va uni payshanba kuni 650$ ga sotdi. Sardor juma kuni 700$ ga planshet sotib oldi va uni yakshanba kuni 850$ ga sotdi. Sardor jami necha $ foyda qildi?
250 dollar