ZAKOVAT
ZAKOVAT
ZAKOVAT
ZAKOVAT ZAKOVAT ZAKOVAT
ZAKOVAT ZAKOVAT ZAKOVAT ZAKOVAT
ZAKOVAT ZAKOVAT ZAKOVAT ZAKOVAT ZAKOVAT
100

Ularning birinchisi yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal, ispan. Menga bularning xozirgisi va undan oldingisini nomma-nom ayting.

Benedikt XVI va Ioan Pavel II.

100

Sovet haykaltaroshi Kuratov 1 kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda o’sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g’oz kabi bir necha hayvonlarning ham haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi?

 Mashhur masalchi Krilov.

100

Bu puflama mundshtukli musiqa asbobining nomi uning ixtirochisi bo‘lgan belgiyalik puflama asboblar ustasi nomiga qo‘yilgan. Bu qaysi musiqa asbobi?

Saksofon

100

Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan. Nima sifatida?

Sham

100

Mutahassislarning fikriga ko‘ra, agar ular yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlarida yuz ming tur o‘simlik o‘lib ketgan bo‘lardi. Bu o‘simlik «halaskorlar» ini ayting.

Asalarilar.

200

AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm. ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektoe va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?

Kitoblar og’irligini.

200

Hozir Moskva konservatoriyasi buyuk rus kompozitori P.I. Chaykovskiy nomi bilan yuritiladi. Toshkent konservatoriyasi esa o‘zbek kompozitori Muxtor Ashrafiy nomida. Sankt Peterburg konservatoriyasi esa boshqa bir rus kompozitori nomi bilan ataladi. U kim?

Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov.

200

Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq kuchukcha hurushni biladi. Bu nimaga kerak?

U kuchuklarga soliq soladi.

200

U 1855 yili sayyoh Livingston tomonidan kashf etilgan. Uning yonida bu sayyohning haykali o‘rnatilgan. Uning yaqinida «katta daraxt» o‘sib turibdi. U nimani kashf qilgan?

Viktoriya sharsharasi

200

Dunyoda uning 600 dan ortiq turi mavjud. Nima uchundir uni ishlab chiqaruvchi dastlabki fabrika Italiyada emas, balki 1848 yili Nyu-Yorkdagi Bruklin shahrida Antoini Segera tomonidan ochilgan. Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo’lsangiz, u sifatli bo’lishi uchun tarkibida nima kamida 5.5% ni tashkil etishi kerak?

 Tuxum (Gap Makaron haqida bormoqda).

300

 Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar arqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?

Sher na’rasi.

300

Ochiq dengiz Kolumb boshchiligidagi dengizchilarni cho‘chitardi, chunki ular avvallari faqat sohil bo‘ylab suzishardi. Shuning uchun ufqda yashil tasmani ko‘rishganida bexad sevinib ketishdi. Lekin u yer emas, balki u edi. Nima edi?

Yuzi qalin suvo‘tlar bilan qoplangan Sargasso dengizi edi.

300

Ulug‘ Vatan urushi yillarida okop va yerto‘lalarda bu hayvonlar boqilgan. Chunki bu hayvonlar askarlarni jiddiy xavfdan saqlagan. O’sha okoplarda qaysi hayvonlar boqilgan?

Javob: Mushuklar.
Izoh: Harobaga aylangan dalalarda yemish topa olmagan kemiruvchilar jangchilar yaqiniga joylashib olardi. Ular tulyaremiya degan juda ham xavfli, og‘ir yuqumli kasalliklarni tarqatardilar.

300

Mavzuni davom ettirib yumoristlarning bir gapini to‘ldirishingizni so‘rayman. “Labaratoriyada yangi dangasa-robot yaratildi. Imtixonlar a’lo darajada o‘tdi: robot …..”. Gapni bir so‘z bilan tugating

Ishlamadi.

300

Yevropa politsiyasi bronjeletni ekstremestik harakatlarda, ish tashlashlar vaqtida va har hafta bir joyga borganda kiyishadi. Savol, qayerga borganda ular bronjelt kiyib olishadi?

Futbol matchlariga.

400

U juda iste’dodli edi, ximiyaga qiziqib, 27 yoshida professor bo‘ldi. Uning tadqiqot va kashfiyotlari olimlarni hayratda qoldirardi. Hech kim uning yaqin orada ximiya qolib, butunlay boshqa soha bilan shug‘ullanib ketishini hayoliga ham keltirmagan edi. Bu olim kim edi?

Lui Paster

400

Albatta bizga juda ko‘p o‘yin turlari mavjud. Xar bir o‘yin ishtirokchilarining foydalanadigan predmet va atributlari mavjud. Biz miriqib o‘ynaydigan bir o‘yinda, xammamiz bir narsadan foydalanamiz, ushbu narsa esa o‘z navbatida 85% suvdan iborat. Agar siz qaysi o‘yin xaqida gap ketayotganligini aniqlagan bo‘lsangiz, menga biz “foydalanadigan” narsani yozib bering va umid qilamanki bu narsa sizga savol topishingizda yordam beradi.

Miya.

400

Eyfel minorasi ichidagi esdalik sovg‘alari magazinidan savol muallifi esdalik sifatida Eyfel minorasi maketini sotib oladi. Esdalikdagi narx belgisini olib tashlagach bir yozuvga ko‘zi tushadi va xafa bo‘lib ketadi. U yerdagi yozuvni siz aniq qilib yozib bering.

 Made in China.

400

2007 yilning boshida bo‘lib o‘tgan bir voqeadan keyin ko‘pgina AQShning boylari unga o‘z uylarini taklif qila boshladilar. Albatta uning vaqti ziq bo‘lganligi sababli u bu uylarni ko‘rib chiqib, tanlashni o‘zining yaqin bir insoniga topshirdi. Biz esa sizdan ishonib topshirgan insoniga bog‘liq guruh nomini yozib berishingizni so‘raymiz.

“Spice Girls”

400

Petr I ning farmoniga binoan, jahonda birinchi marta Tula zavodida ular faqat metalldan yasala boshlangan. Ular Rossiya iqlimi uchun juda qulay bo‘lgan vositalar hisoblangan. U nima?

Konki.

500

Bu so‘z Italiyada to‘rt yuz yil muqaddam paydo bo‘lgan. Yetimlar yashaydigan bolalar uylari shunday nomlangan. Bu uylarda yetimlarni etik tikishga, devorlarni bo‘yashga, shuningdek musiqa asboblarini chalish va qo‘shiq aytishni o‘rgatishgan. Ushbu uylar qanday nomlangan?

Konservatoriyalar.

500

1502 yilning yozida Florentsiya aholisi ko‘chalarda ko‘pincha tashqi qiyofasi g‘alati bir kishini uchratishardi. Uning oq oralagan uzun sochlari bosh kiyimi tagidan yelkasiga yoyilagan, soqoli yuzini qoplab, ko‘ksiga tushgan edi. Quyuq qoshlari ostidan sinchkov ko‘zlari termulib turardi. Baland yirik gavdasiga keng kiyim yarashardi. Bu inson kim edi?

Leonardo da Vinchi.

500

O’tmishda yashab o‘tgan buyuk yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar ko‘pincha klassiklar deyiladi. «Klassik» so‘zi eng yaxshi, barkamol, namunali, hamma e’tirof qilgan kabi ma’nolarni anglatadi. Shunday bir alohida fan ham borki, u o‘zining barkamolligi tufayli klassik fan deyiladi. Bu qaysi fan?

Bu Nyutonning klassik mexanikasidir.

500

1895 yili amerikalik ixtirochi metalli almashtiruvchi ustarani xavfsiz soqol olish moslamasi bilan almashtirdi. U olimning ismi-sharifi kim?

 K. Jilleti.

500

Bu taom nomi turkchada «tovada pishiriladigan ovqat» degan ma’noni bildiradi. Bu gruzin xalqining milliy taomidir. Uni hammamiz sevib iste’mol qilamiz. Bu taom qanday ataladi?

Tabaka.

M
e
n
u