Dakka shahri yo‘l tirbandliklari bo‘yicha doimo muammolarga duch keladi. 2022-yilning 28-dekabr kuni bosh vazir Shayx Hasina oʻz nutqida “Endi Unda hamma ehtiyot bo‘lishi kerak. Barcha Unga g‘amxo‘rlik qilishi, Uni toza saqlashi shart. Men sizlardan shunday qilishingizni so‘rayman” degan edi. Savol: Bosh vazir bu nutqini Dakka uchun muhim boʻlgan qaysi tadbir payti aytgan edi?
Metropoliten ochilish marosimida
Savol matnida SHUNDAY U so‘zlari boshqa ikki so‘zni almashtirib keladi. 5 yoshlarida to‘p bilan muomala qila boshlagan Tomash Rositski keyinchalik yaxshi o‘yini, aniq va o‘tkir paslar berish qobiliyati tufayli SHUNDAY U degan laqab olgan. Tarqatmada ham SHUNDAY Uni ko‘rib turibsiz. Savol: SHUNDAY U o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering.

Javob:Kichik Motsart.
Izoh: Iste’dod Rositskida ham xuddi Motsartda bo‘lgani kabi ancha oldin namoyon bo‘lgan.
Ukrain xalq topishmog‘i. Tepasi teri, pasti teri, lekin o‘rtasi bo‘sh. Savol: Topishmoq javobini unlilari bir xil so‘zda yozib bering.
Javob:Baraban.
Amsterdamdagi bu muzeyda ilm-fan, axborot texnologiyalari va biomeditsina olamiga sayohat qilishingiz mumkin. Savol: Koʻpchilik IZLAB boradigan bu muzey nomini bir atoqli otda yozib bering.

Javob:Nemo
Faxriyorning “Qora qish” nomli she’rida u yo‘qligi sabab chol va kampir armonga isinishi aytiladi. Muhammad Yusuf intervyularidan birida Usmon Nosir qamoqda u yordamida she’rlar yozganini eslab o‘tadi Savol: Uni toping.
Javob:Ko‘mir.
Izoh: Usmon Nosir og‘ir sharoitga qaramay devorga ko‘mir yordamida she’rlar yozgan ekan.
1994-yil to‘yda xizmatda bo‘lgan Rustam G‘oyipovga sahnadan kuyovni yoniga borishini iltimos qilishadi, biroq xonanda bunday qilolmasligini aytar ekan Uni qisqaligini sabab qilib keltiradi. Uzum marketda Uning narxi o‘rtacha 90-100 ming so‘mdan boshlanadi. Savol: Uni ikki so‘zda toping.
Javob:Mikrofon simi
Izoh: Xonanda mikrofon simini kaltaligi sabab kuyovni yoniga borolmasligini aytadi. To‘y 90-yillarda bo‘lgani sizga mikrofonni simini topishga yordam bergandir balki
Bir futbol mutaxassisi terma jamoamizning oxirgi vaqtlarda irodali o‘yin ko‘rsatayotgani aytar ekan, yaqin yillargacha 2 ta to‘p farqini yo‘qqa chiqarish jamoamiz uchun U edi deb ta’kidlaydi. U 1996-yildan chiqa boshlagan franshiza nomi. Savol: U o‘rnidagi 3 so‘zni yozib bering.
Javob:Uddalab bo‘lmas topshiriq.
Izoh: 2 ta to‘p farqini yo‘qqa chiqarish termamiz uchun deyarli imkonsiz hodisa bo‘lib kelgani uchun bu uddalab bo‘lmas topshiriqqa o‘xshatiladi. Tom Kruz ijrosidagi “Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasi 1996- yildan chiqa boshlagan.
“G‘alati narsalar” serialining epizodlaridan birida politsiya xodimi bolalarga tegishli velosiped topib oladi va nima bo‘lganda ham velosipedni tashlab ketmasligini, bolalar uchun velosiped U ekanligini aytadi. 1909- yildan beri GMga tegishli U Antuan de Lamote sharafiga nomlangan. Savol: Uni qo‘sh undosh qatnashtirib bir so‘zda yozib bering.
Javob:Kadillak.
Izoh: Politsiyachi velosipedni cadillacga o‘xshatadi. Cadillac Antuan de Lamote sharafiga shunday nomlangan.
Tibbiyotda barmoq uchlarining noodatiy kengayishi turli surunkali kasalliklar simptomi boʻlishi mumkin. Tibbiyotda bu simptom Ular deb ataladi. Daniel Redkliff “Garri Potter” filmining suratga olish jarayonlarida 80 dan ortiq sehrli tayoqchalarni u sifatida ishlatib sindirgan. Savol: Ularni yozib bering.
Javob:Baraban tayoqchalari
Tadqiqotlarga ko‘ra hayotga yengil va ijobiy yondashuvchi odamlar muvaffaqiyatliroq va mustahkamroq bo‘ladi. Bunday insonlar uchun muammo to‘siq emas, balki yangi imkoniyatdir. Ular standart fikrlashdan qochib, kreativ hal qilish yo‘llarini izlaydi. Savol: Bu fenomen nomida uchrovchi meva nomini yozib bering.
Javob:Limon.
Izoh: Limonading nomli fenomenning mohiyatiga ko‘ra “hayot sizga limon bersa, siz undan limonad tayyorlang”.
Qarshingizda Otabek Jo‘rayevning U-20 Osiyo kubogi doirasida ikki terma jamoa qarama-qarshiligiga bag‘ishlangan prevyusidan o‘rin olgan surat. Savol: Ushbu qarama-qarshilikda qaysi ikki terma jamoa to‘qnash kelgan?

O‘zbekiston va Janubiy Koreya.
U simob xlorid va bodom tarkibida uchraydigan sinil kislota bilan zaharlab oʻldirilgan degan versiya mavjud. Ba’zi internet manbalarida boshqa bir Uning tarkibiy qismi sifatida bodom ham koʻrsatilgan. Savol: Uni bir soʻzda yozib bering.
Javob:Napoleon.
Izoh: Biz birinchi jumlada Fransiya imperatori Napoleon Bonapart haqida, ikkinchisida esa uning sharafiga nomlangan tort haqida maʻlumot berdik.
Savol matnida bir so‘zdan harflar tushib qolgan. Jaloliddin Rumiydan aforizmni tinglang: “Ishq azobi tortmagan yurak yo telbaning, yo Uning yuragidir”. Lev Tolstoyning dramasi nomi “Tirik U”. Savol: Harflari tushib qolgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javob:Murda.
Izoh: “Ishq azobi tortmagan yurak yo telbaning, yo murdaning yuragidir” – degandilar hazrat Rumiy. Lev Tolstoyning “Tirik murda“ dramasi mashhur.
Oʻzbekistonda 20-asr 70-yillar oxirlaridan “paxta yakka hokimligi” natijasida yuzaga kelgan ekologik oʻzgarishlar va koʻp miqdorda ishlatilgan pestitsidlar tufayli ULARga talab ortib ketgan edi. Bir inson hazillaridan birida kasalxonada kassaga to‘lov qilish uchun Uning oldiga borganini aytadi. Savol: Uni xorijiy so‘zda toping.
Pulmonolog.
Izoh: Koʻp miqdorda ishlatilgan pestitsidlar taʼsirida oʻpkadagi surunkali nospetsifik kasalliklar, ayniqsa, qishloq joylarida koʻpayib ketgan edi. Avaz Ohun hazilida esa kassaga to‘lov qilaman deb pulmonologga borganini aytadi.
Abdulla Oripovning “Manzara” she’rini tinglang: Chavandoz charchagan Ot xorib tolgan Atrofin qashqirlar O‘rashib olgan Mudhish manzaradan quyosh ko‘z yumib Oy esa hayratdan (BO‘SHLIQ) Bo‘shliq tarkibidagi birinchi so‘z masofa o‘lchov birligidir va bir o‘yin nomida ham ko‘rishimiz mumkin. Savol: Bo‘shliq o‘rnini to‘ldiring.
Javob:Tosh qotib qolgan.
Izoh: Tosh qotmoq iborasi Hayron qolmoq ma`nosida ishlatiladi.Tosh nomli masofa o‘lchov birligi mavjud. O‘yin nomi Tosh, qaychi, qog‘oz.
1928-yilda Turkiyada arab alifbosidan lotin alifbosiga o‘tish jarayoni boshlangandan so‘ng odamlar “bir kechada savodsiz bo‘lib qoldik, ajdodlarimizdan ayrildik va Undagi yozuvni ham o‘qiy olmay qoldik” degan gaplarni aytishgan. O‘simliklar zombilarga qarshi o‘yinida U o‘yinda bo‘lsa Karam katapulta ekish tavsiya qilinadi. Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob:Qabr toshi.
Izoh: Qabr toshidagi yozuvlar arabchada yozilgan. Kelajak avlod sekin-asta ularni o‘qiy olishmaydi. O‘yinda qabr toshga qarshi karam katapulta qabrtosh ustidan oshirib ota olishi mumkin.
“Madagaskar” multfilimida Nyu-York hayvonat bog‘idan qochgan hayvonlar kimsasiz orolga tushib qilishadi. Sher Aleks orol yaqindan o‘tayotgan kemalarni e’tiborini jalb etish uchun mayoq quradi. Savol: Sher Aleks mayoqni nimaga o‘xshatib yasaganini 2 so‘zda yozib bering.
Javob:Ozodlik haykali.
Ushbu memorial qaysi shaharda joylashgan?
Javob:Nyu York.
Izoh: Ushbu Memorial 2011-yilda ochilgan 11-sentyabr memoriali hisoblanadi.
“Muzlik davri” multfilmi 2-qismida bir personaj ikkinchisiga qarab sen hatto IKSdan ham sekin harakatlanyapsan deydi. IKSlar harakatlanishi haqidagi ilmiy fikrlarni biz 1930-yil Grenlandiyada vafot etgan inson orqali bilamiz. Savol: IKS nima ekani yozib bering.
Javob:Materik.
Izoh: Bu inson materiklar siljishi nazariyasi asoschisi Alfred Vegener.
Tarqatmada siz ko‘rib turgan bino “Guanjou IKS” deb ataladi. IKS nomli sulolaga Xubilayxon tomonidan asos solingan. Savol: IKSni bir so‘zda yozib bering.

Javob:Yuan.
Izoh: Tarqatmadagi rasm Guanjou - Yuan deb ataladi. Yuan so‘zi tarjimada dumaloq degan ma’noni beradi.
Snow Panda (snou panda) kompaniyasining mahsulotlarida IKS bambuk oʻrmoni sifatida stilizatsiya qilingan. IKSning rivojlanishida Morze alifbosi muhim ahamiyat kasb etgan. Savol: IKSni toping
Javob:Shtrix-kod.
Izoh: Shtrix-kodlar Morze alifbosidagi choʻziq belgilardan foydalanib rivojlantirilgan. Tik oʻsgan bambuk oʻrmoni ham shtrix-kodni eslatib yuboradi.
Bu mashhur futbol klubining shonli davri haqidagi maqola sarlavhasi “Strasburglik msyening tashrifi va yangi yaratilgan tarix” deb nomlanadi. Savol: Istasangiz klub nomini yoki strasburglik insonning ismini yozib bering.
Javob:Arsenal.
Izoh: Bu jamoa “Arsenal” edi. Strasburglik murabbiy esa Arsen Venger.
Masofadan turib darvozalarni ochib yopish imkonini beradigan pultga U deb nom berilgan. Fransuz tarjimoni Antuan Gallan Uni “Sesame” deb tarjima qilgan. Savol: U o‘rnidagi so‘zni yozib bering.
Javob:Sim-sim.
Tarqatmada Aleksandr Petrov tomonidan yaratilgan rasmli shaxmat muammosi tasvirlangan. Uning shartiga ko‘ra 14 ta harakatda mot qilish kerak. Qora qirol - Napoleon, oq qirol - Aleksandr I. Oq ritsarlar rus otliqlari, h1-a8 diagonali Berezina daryosini anglatadi. Savol: “B1” va “H8” qaysi shaharlarni anglatadi?

Javob:“B1” - Moskvani , “H8” - Parijni
Izoh: Bu shaxmat muammosi “Napoleonning Moskvadan Parijga parvozi” deb nomlanib, 1812-yilgi Vatan urushi janglariga asoslangan.
Mett Byukenen tomonidan yaratilgan bu o‘yin strategiyasi balansni ushlagan holda 4 ta bir qator tosh terishdan iborat. Ushbu o‘yin nomida miloddan avvalgi 287-yilda Sitsiliya orolining bir shahrida tug‘ilgan insonni ko‘rish mumkin. Savol: O‘sha insonni kim?

Javob:Arximed.
Izoh: O‘yin nomi “Rock Me Arximed” deb nomlanib, Muvozanat saqlab turish muhim hisoblanadi. Arximed mil.avv. 287-yilda Sitsiliya oroliga kiruvchi Sirakuza shahrida tug‘ilgan.