A
B
C
D
E
100

minus ballar

50

100

YouTube blogeri Mr. Beast o‘zining reality-shoularida yutuq uchun juda katta mablag‘ qo‘yishi bilan mashhur. U tashkil qilgan shunday shoulardan birining yutuq fondi 456 000 dollarni tashkil qilgan. Savol: Bu shou nomida qaysi jonzot nomini ko‘rish mumkin?

Javob:Kalmar.

Izoh: Mr. Beast mashhur koreys seriali “Kalmar o‘yini”ning real hayotdagisini o‘tkazgan edi va unda yutuq 456 000 dollarni tashkil qilgan, bu esa serialga ishora edi.

100

Adidas logosi uchun ishlangan parodik illustratsiyada, Adidas yozuvi o‘rnida U yozilgan. 2012-yilda ishlab chiqilgan U haqidagi serial nomida “qon va po‘lat” so‘zlarini ko‘rishimiz mumkin. Savol: Uni toping.

Javob:Titanik.

Izoh: Logotip cho‘kayotgan Titanik mo‘rilarini eslatib yuboradi.

100

Xcho va Motning “Ballada” qo‘shig‘i haqidagi maqolada sevgi qissasining yakuni va bu qarama qarshilikda yigit yoki qiz g‘alaba qilgani mavhumligicha qolgani haqida so‘z boradi. Savol: Qo‘shiqqa bag‘ishlangan muqova nimaga alluziya qilingan?

Javob:IKS va NOLIK o‘yiniga

100

yutuq

 +100 yana 1ta savol tanla

100

1860-yilgi saylov arafasida Greys Bedell ismli qizaloq nomzodlardan biriga yuzingiz juda ozg‘in sizga soqol yarashadi mazmunida xat yozadi. Savol: Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan bu nomzod kimligini yozib bering.

Avraam Linkoln.

Izoh: Linkoln 1860-yilda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan va AQSH prezidentiga aylangan.

100

Bu burj nomi Zevsning qizi Deka sharafiga qo‘yilgan bo‘lib, U adolatsizlik va yolg‘onni beshafqat jazolagan. Bu burj oyida kun va tun, issiqlik va sovuqlik tenglashadi. Savol: Bu qaysi burj?

Javob:Tarozi

100

qo'shimcha ball

50

100

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton ushbu xorijiy so‘zning o‘zbekcha muqobili sifatida mazax video yoki masxara video so‘zlarini qo‘llashni, Filologiya fanlari doktori, professor Durdona Xudoyberganova esa “Zil-hazil” juft so‘zi orqali ifodalashni taklif qiladi . Savol: Ushbu xorijiy bir bo‘g‘inli so‘zni yozib bering.

Javob:Prank

Izoh: Prank – inglizcha “hazil” degani. Blogerlar uyushtiradigan, video tasmasiga yozib olinib, jamoatchilikka tarqatiladigan qora hazillar tushuniladi.

100

Bu psixologik muammoga berilgan ta’rifda aytilishicha, ona bolasiga qalbiga issiqlik va mehrni bera olmaydi. Bolaga oziq-ovqat va moddiy ta’minotining o‘zi yetarli deb hisoblaydi. Bunday onalar haqida gap ketganda uy xo‘jalik texnikasi eslab o‘tiladi. Savol: Ushbu texnikani toping.

Javob:Sovutgich

Izoh: Bunday onalar ichida ozuqa to‘la sovutgichga o‘xshaydi. Bola uchun hamma moddiy ta’minoti bor lekin bolaga kerak bo‘lgan eng muhim ta’minot hisoblangan issiqlik, mehr bera olmaydi.

100

Tarqatmada siz Navaratna deb nomlanuvchi to‘qqiz marvaridli taqinchoqni ko‘rib turubsiz. Navaratna uzuk, bilaguzuk shaklida ham tayyorlanib undagi toshlar munajjimlar ko‘rsatmalari asosida ma’lum tartib bilan joylashtiriladi. Savol: Navaratnadagi toshlar nimaning ramzi hisoblanishini yozib bering.

Quyosh sistemasi

Izoh: Navaratna markazidagi yoqut quyoshni qolgan toshlar esa sayyoralar va oyni anglatar ekan. Hind xalqida azaldan astranomiya va astrologiya fanlarini organishgan. Hind xalqida munajjimlar bashoratiga qattiq ishonishadi.

100

Ballar almashsin

guruni tanla 1 yoki 2

100

Saxalinda yashovchi nivx xalqi afsonasida ayiqlar katta tyulenlardan qo‘rqishi, odamlar esa ayiqlardan qo‘rqishi, lekin odamlar doim tyulenlarni ovlashi aytiladi. Etnograf Olga Xristoforova bu afsonada odamlar, tyulenlar va ayiqlarni ULARga qiyoslaydi. Savol: ULARni toping.

Javob:Tosh, qaychi, qog‘oz.

Izoh: Ketma-ketlil xuddi tosh, qaychi, qogʻoz oʻyinining konsepsiyasini eslatib yuboradi.

100

Bir video o‘yinda ofitser dehqonlar bilan do‘stlashishga qaror qilarkan qo‘lidagi Ularni ko‘rsatadi. Boshqa bir U esa, taxminan 409 grammga teng. Savol: Uni yozib bering.

Javob:Qadoq

Izoh: Ofitser oqsuyaklardek kibor emasligini va dehqonlar bilan birga mehnat qila olishi, o‘zi ham ular qatorida ekanligini isbotlash uchun qo‘lidagi qadoqni ko‘rsatadi.

100

Yurtimiz boʻylab ayollar uchun kosmetik mahsulotlar yetkazib beruvchi online doʻkon nomi U. Ushbu doʻkonning Instagram tarmogʻidagi bir videosida toʻnkarilgan piyolani koʻrish mumkin. Savol: Uni bir soʻzda yozib bering.

Oʻsma.

Izoh: Oʻsma ayollarimiz foydalangan milliy pardoz vositasidir. Odatda oʻsma suvi toʻnkarilgan piyolaning orqa qismiga siqiladi.

100

Savol matnida U ikki so‘z bilan almashgan. Erkin Vohidov ijodidan she’rni tinglang: U — uch ming. Ming —qizi uchun, Yana ming — sandig‘i, kiygizi uchun. Xo‘sh, yana ming nega? Har lahza senga Sanchib turadigan bigizi uchun deb. Bu she’r bilan shoir xalqimizning mashhur urf-odatida ta’rif bergan. Savol: U bilan almashgan, alifboda yonma-yon keluvchi harflardan boshlanuvchi ikki so‘zni yozib bering.

Javob:Qalin puli

100

Suratda qizil rang bilan Messina provinsiyasi belgilangan. Bir saytda Messina provinsiyasiga U tegadigan shahar deya hazilnamo taʼrif berilgan. Savol: Uni unli harflar bilan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering.

Javob:Etikning uchi.

Izoh: Xaritadan koʻrib turibsizki Italiya xuddi bir poy etikka oʻxshaydi. TripAdvisor saytida Messina shahriga etikning uchi tegadigan shahar deya taʼrif beriladi.

100

Shoir Ikrom Iskandar ijodidan toʻrtlikni tinglang... Men “yoʻq”dan qoʻy qildim “Yoʻq” soʻzini teskari oʻqib “Ovsar” rasvo boʻldi. “BOʻSHLIQ” esa Baribir “BO‘SHLIQ”ligicha qoldi. Savol: BOʻSHLIQ oʻrnidagi palindromni yozib bering.

Javob: Nodon.

Izoh: Shoir oʻz sheʼrida takidlaganidek nodon baribir nodon boʻlib qoladi. Nodon soʻzi palindrom.

100

hammaga minus

150

100

Vafli soʻzi gʻarbiy german tilidagi “vafla” soʻzidan kelib chiqqan boʻlgan boʻlib, U degan maʼnoni bildiradi. Uning tuzilishidan hayratga tushgan Yevklid bunday tuzilish joy va qurilish materiallarini tejashini aniqlagan. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.

Javob:Asalari uyasi.

Izoh: Vaflining yuzasi ari uyasiga oʻxshab ketadi. Ari uyalarining bunday geometrik tuzilishi joy va qurilish materiallarini tejashi isbotlangan.

100

Ko‘p ota-onalarda tug‘iluvchi savol Islandiyada o‘ziga xos hal qilingan. Islandiyada tuzilgan ro‘yxatda 2012- yilda 1712 ta erkaklar va 1853 ta ayollar uchun mo‘ljallangan Ular bo‘lgan. Ro‘yxatda yo‘q Unga ruxsat berilmaydi. Bu ro‘yxatga yangi Uni kiritish uchun maxsus komissiyaga murojaat qilish zarur. Savol: Uni toping.

Javob:Ism.

100

Fen-shuy taʼlimoti har qanday ishni bajarish uchun qulay makonni topishni ifoda etadi. Fen-shuy uchun energiya harakatlarini vaqt va makon boʻyicha tasniflashda qadim xitoyliklar ikkita predmetni ishlatishgan. Birinchi predmet kalendar. Savol: Asl vatani Xitoy boʻlgan ikkinchi predmetni yozib bering.

Javob: Kompas.

100

ballar almashuvi

guruh 2 yoki 3

100

Bolalarni tarbiyalash asoslari jamlangan “Ikudzi” tizimiga asosan, bola besh yoshgacha — xudo, besh yoshdan 15 yoshgacha — xizmatkor, 15 yoshdan boshlab — … Savol: Tushirib qoldirilgan qisqa so‘zni bitta simvolda ifodalab bering.

Javob:=

Izoh: 15 yoshdan boshlab teng – deyiladi bu tizimda.

100

Minus 

1-raund o'tkazib yuboring

M
e
n
u