Versiyalardan biriga ko‘ra, bu yaponcha so‘z “yolg‘izlikdan qutqaruvchi raqamlar” frazasining qisqartirilgani ekan. Savol: Ushbu so‘zni toping.
Sudoku.
Uoltning aytishicha, tana foni natijasida “qo‘llar” ko‘rinmay qolmasligi uchun Unga oq qo‘lqop kiydirilgan ekan. Savol: Uni toping.
Javob:Mikki Maus.
Izoh: Uolt Disney atay Mikki Mausga qo‘lqop kiydirgan ekan.
XIX asrda britaniyalik yozuvchi Pirs Igan tomonidan yaratilgan asarning ikki asosiy qahramoni har doim o‘zaro ixtilofda, nizoda yurar edi va muammo keltirib chiqarardi. Keyinchalik ularning ismlari okean ortida ommalashadi va o‘ziga xos frazaga aylanadi. Savol: Ularning ismlari nima edi?
Javob:Tom va Jerri
Izoh: Taxminlarga ko‘ra, aynan shu ma’lumot keyinchalik mashhur multfilm qahramonlariga shunday ism berilishiga sabab bo‘lgan.
ballar almashsin
guruh 1 yoki 2
2008-yil 23-avgustda boʻlib oʻtgan, futbol boʻyicha Italiya chempionati Inter Bari uchrashuvida Salli Muntari majburiy almashtiruvga sabab boʻladi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha futbolchi tanasida suvsizlanish darajasi juda pasayib ketgan ekan. Savol: Bunga nima sabab boʻlgan?
Ramazon.
Amerikalik astronom, yozuvchi Klifford Stoll IKSga tish cho‘tkasi kabi munosabatda bo‘lishni maslahat beradi. IKSni ham tish cho‘tkasi kabi hech kimga bermaslikni va har yarim yilda almashtirib turish kerakligini ta'kidlaydi. Savol: IKSni bir so‘z bilan yozib bering.
:Parol
5 ta topishmoq ayting
+200
Bu sayohatni dastavval bir “eshon” boshlaydi. Keyin unga “so‘fi” hamroh bo‘ladi. Yo‘lda ularga “Munkarnakir”, 2 ta “go‘rkov” va “azroil” ham qo‘shiladi. Savol: Bu sayohatchilar ko‘zlagan manzil qayer bo‘lgan?
Javob:Susambil.
Bir argentinalik yozuvchining fikriga ko‘ra “U – bu ayollar tushunmaydigan raqs”. Robert de Niro suratga tushgan bir filmda U bilan shug‘ullanuvchilar qisqa vaqtga psixiatr shifoxonasiga tushishi ko‘rsatilgan.Savol: U deganda qaysi sport turi nazarda tutilgan?
Boks.
Donishmandlardan birining aytishicha, hayotda tirik ekansan senda doim dushmanlar bo‘ladi. Ammo shunday bir dushman borki, u butun umr ortingdan ergashuvchi yoqimli dushmandir. Savol: U nima?
Nafs.
Nemis faylasufi Artur Shopengaur bu jarayonga “Birovning boshi bilan fikr yuritish” deb ta’rif bergan.
Savol: Gap qaysi ijobiy jarayon haqida ketmoqda?
Kitob o‘qish.
Bir hazilga ko‘ra BU ISH bilan shug'ullanuvchi otalar o‘z o‘gillarini imtihonga tayyormi yoki yo‘qligini osongina boshini chertib ham bilib olishar ekan. Savol: BU ISHni toping.
Javob:Tarvuz sotish.
Izoh: Tarvuz pishgan yoki pishmaganini chertib aniqlashadi.
Dasturchilar orasida shunday gap yurarkan: “Tajribasiz dasturchi kilobayt 1000 baytdan iborat deb o’ylaydi. Tajribali dasturchi esa kilogramm ...” Savol: Fikrni yakunlang.
Javob:1024 grammdan iborat deb o‘ylaydi.
Maqollarni yaxshi ko’rasizmi? Ozarbayjon xalq maqolini eshiting ,,So’z bu gul , u esa buketdir” . Savol: Uni toping.
Javob:Maqol
judaaa kattaaa sovg'acha
+50
5 ta o'zbek xalq maqolidan ayting
+200
mayli sovg'a bo'la qolsin
+250
Fransuz rassomi Siril Rolandoning “Adolat kuchi” kartinasida dor ustida ko‘zi bog‘langan qiz tasvirlangan. Savol: Qiz dor ustida langarcho‘p o‘rnida qaysi ikki predmetdan foydalangan?
Javob:Qilich va tarozi.
Izoh: Adolat ramzi hisoblangan Femidaning qo‘llarida tarozi va qilich bo‘ladi.
Headmaster [hedmastr] so‘zi ingliz tilidan “direktor” deya tarjima qilinadi. Ba’zi hazilkashlar esa bu so‘z bilan boshqa bir kasb egalarini atashadi. Savol: Qaysi kasb egalari?
Javob:Sartaroshlar.
Izoh: Headmaster so‘zini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimasi “bosh ustasi” bo‘ladi.
Ostap Vishnyaning yumoristik ertagiga ko‘ra, o‘rmonda ayiqni oson ovlash uchun daraxtga ushbu matematik yozuvni ilib qo‘yish kerak. Natijada buni ko‘rgan ayiqning jahli chiqadi, depressiyaga tushadi va haqiqatning o‘zgarganiga chidamay boshini daraxtga urib nobud bo‘ladi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bunday xatolikni Jorj Oruell va O‘tkir Hoshimovda ham uchratish mumkin. Savol: Ushbu xato matematik yozuvlarni yozib bering.
Javob:2x2=5
Izoh: Yumoristik ertakga ko‘ra, bu yozuvni ko‘rgan ayiqning tomi ketib qoladi. Jorj Oruellning “1984” asarida ham shunday holat bor bo‘lsa, O‘tkir Hoshimovning “Ikki karra ikki – besh” nomli asari ham bor.
U qadimdan buyon mavjud atribut hisoblanadi. Skandinavlardagi ayyorlik xudosi bo‘lgan Loki doimo U bilan tasvirlanadi. Savol: 1994-yili ekranlarga chiqqan “U” nomli filmda bosh rolni o‘ynagan mashhur aktyorni yozib bering.
Javob:Jim Kerri.
Mittigina bog‘cha bolasidan tilidan aytilgan she’rni eshiting: Oyim, Uni berdilar, Tozalab qo‘y dedilar. Shoshib, archisam shu chog‘, Hammasi ekan po‘choq. Savol: Oyisi dastyor kichkina qiziga nima bergan?
Javob:Karam.
minus ballar
-150
Ibn Sino shunday degan: “Tabibning uchta quroli bor. Birinchisi, shifobaxsh o‘simliklar. Ikkinchisi, tig‘”.
Savol: Uchinchisini siz yozib bering.
Javob:So‘z.
Alisher Navoiy bu xislatga shunday ta’rif bergan: “Unga ega inson bargdan shoyi, atirguldan asal yarata olur”. Savol: Navoiy ta’riflagan xislatni toping.
Javob:Sabr.