V TUR
V TUR
VI TUR
VI TUR
1

“Do‘stlar” serialining aktyori Devid Shvimmer ziyofatda kimlarni ko‘rishni istardingiz deb berilgan savolga Dostoyevskiy, Sofi Loren, Maxatma Gandi, Leonardo da Vinchi, Martin Lyuter, Charli Chaplin va yana bir kasb vakilini chaqirgan bo‘lar edim, deb javob beradi. Chunki ushbu kasb vakilisiz uchrashuv unchalik ham tatimagan bo‘lar edi.

Savol: Qaysi kasb vakili?

Javob: Tarjimon.

Izoh: Mehmonlar bilan suhbatlashish uchun albatta tarjimon kerak bo‘ladi.

1

Kunlardan birida shahar bo‘ylab sut tashib yurgan Stiven Lich 150 litr sutni favqulotda vaziyat sabab BIR MAQSADDA sarflab yuboradi. Shuncha sutni uvol qilgan bo‘lsada, Stiven o‘z rahbaridan dakki eshitish o‘rniga tashakkurnomaga ega bo‘ladi.

Savol: U sutni nima maqsadda ishlatgan?

Javob: Yong‘in o‘chirish maqsadida.

1

Bir hazil multfilmda ikki qahramon 1666-yilgi Angliyaga qaytishadi. Qahramonlardan biri yerga tushayotgan mevani ushlab qoladi va tarixiy kashfiyotni barbod qilishadi.

Savol: Ular kimning kashfiyotini barbod qilgan edi?

Javob: Isaak Nyuton

Izoh. Multqahramon daraxtdan uzilib, Nyutonning boshiga tushayotgan olma mevasini ushlab qoladi.


1

Aktyor Dueyn Jonson “The Rock” laqabiga ega. Hazil suratlarning birida, Dueyn Jonson og‘ir Uni qiynalmasdan ko‘tarib turganini ko‘rish mumkin.

Savol: Nimani?

Javob: Tosh

Izoh: Rock so‘zi ingliz tilidan tosh deya tarjima qilinadi. Rasmda esa baquvvat aktyor og‘ir tosh bilan tasvirlangan.

1

Seylon monastrlaridan  birida, darvoza yonida taxminan 2 metr balandlikda zinapoya orqali chiqiladigan joy bo‘lgan. Bu joy har doim qirol bu monastrga Bir jonzot bilan kelganida undan tushish uchun ishlatilgan.

Savol: Bu qaysi jonzot?

Javob: Fil.

Izoh: Podshoh bu monastrga kelganida, filda keladi va u bu joydan fildan tushish uchun foydalangan. Shuningdek, monastrdan ketayotganda filga minish uchun foydalangan.

1

Bir latifada agar o‘rmonda adashib qolsangiz va kompasingiz bo‘lmasa, kuz fasligacha kutib turib Ularga qarab yo‘nalish olishingiz mumkin deb maslahat berishadi.

Savol: Nimalarga?

Javob: Qushlarga.

Izoh: Chunki kuzda qushlar janubga qarab uchishadi

1

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi 2024-yilgi finalidagi “Andijon” jamoasi g‘alabasidan keyin “Ular keldi” jumlasi ommalashib ketdi. Ular 332 yil davomida hukmronlik qilishgan sulola nomidir.

Savol: Ular o‘rnidagi so‘zni yozib bering

Javob: Boburiylar.

Izoh: Boburiylar davlati 1526-1858-yillar oralig‘ida hukmronlik qilishgan. Andijonlik muxlislar esa “Boburiylar keldi” jumlasini mashhur qilishdi

1

Ozarbayjon xalqida Uni ochiq qoldirmaslik kerak, aks holda dushmaningni og‘zi ochiladi degan irim mavjud. Zamonaviy Uning ilk ko‘rinishlari Leonardo da Vinchi tomonidan yaratilgan.

Savol: U nima?

Javob: Qaychi

Izoh: Qaychi og‘zini ochiq qoldirmaslik haqidagi irim bizning yurtimizda ham uchraydi. Ozarbayjonda esa bu irimga yuqoridagi kabi izoh berilgan.

1

 Ular haqida hujjatli film tayyorlagan muallifning fikrini eshiting: “ Ularning ikki tomoni bor: ochligini bildiradigan oq tomoni, shuningdek to‘qligini va qaytayotganligini bildiruvchi qora tomoni”.

Savol: Muallif nimaga shunday ta’rif bermoqda?

Javob: Pingvin

Izoh: Pingvinlarning orqa tomoni qora, old tomoni esa oq. Ota-Ona pingvinlar ov qilgani okeanga ketishadi va yegulik bilan qaytishadi. Bolani boqishda otaning ham onaning ham vazifasi bir xil.

1

Kilimanjaro Afrikadagi eng baland tog‘ tizmasi bo‘lib Afrikaning eng sovuq qismi hisoblanadi. Ushbu tog‘da doim qor bo‘ladi. Afrikalik bolakaylarning fikricha, U Klimanjaro tog‘ida yashaydi.

Savol: U kim?

Javob: Santa Klaus.

Qabul: Qorbobo

1

Alisher Fayz bir qo‘shig‘ida Unga murojaat qilar ekan, eshigini ochishini so‘raydi. Boybo‘rining qizining ismi ham U edi. Fanda Ularning 79 turi ma’lum.

Savol: Uni yozib bering.

Javob: Qaldirg‘och

Izoh: Qaldirg‘ochlarning 79 turi ma’lum. Alpomish dostonida Boybo‘rining qizining ismi Qaldirg‘och edi.


1

Hazil suratlarning birida mashhur o‘yinni eslagan odamlar U yordamida meteoritdan himoyalanishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin.

Savol: Uni unlilari bir xil bo‘lgan so‘zda yozib bering.

Javob: Qog‘oz.

Izoh: Tosh, qaychi, qog’oz o‘yinida qog‘oz toshdan ustun. Shu sababli osmondan tushayotgan toshdan himoyalanish uchun qog‘ozdan foydalanishgan. Ushbu savol bilan Tosh, qaychi, qog‘oz o‘yiniga bag‘ishlangan ketma-ketlikni yakunlaymiz.

1

Braziliyada bir qonunga ko‘ra mahbuslar har bir Bu ishni qilishgani uchun 4 kunga jazo muddati kamayadi. Faqat bu ishni tugatishganidan so‘ng ular esse yozishlari shart. Sizlarga ham Bu ishni ko‘proq maslahat bergan bo‘lar edik.

Savol: Bu ishni yozib bering.

Javob: Kitob o‘qish.

1

“Ilon izidan” asari qahramoni Makkaga borganida doka bilan Zamzam oldiga boradi va dokani Zamzam suvida chayadi. Keyinroq dokani o‘zi uchun U sifatida saqlab qo‘yadi.

Savol: U nima?

Javob: Kafan.

Izoh: Muqaddas hisoblangan suv bilan chayilgan dokani kafanlik sifatida saqlab qo‘yadi.

1

U dunyoga kelishi bilan ota-onasi uni kuylashga o‘rgata boshlaydi. Mustafo Najoti Bursaviyning kitobida ilk muazzin Bilol r.a. U deb ta’riflangan.

Savol: Uni yozib bering

Javob: Bulbul.

1

Shvetsiyada ishlab chiqariluvchi va 5 juftdan qadoqlanuvchi shokoladli to‘plar U deb ham ataladi. U detektiv asar nomi.

Savol: Uni uch so‘zda yozib bering.

Javob: O‘nta negr bolasi

Izoh: Qadoqda 5 juft ya’ni 10 tadan bo‘ladi

1

Britaniya ko‘rgazmasida atirgullar namoyishi o‘tkaziladi. Dunyodagi deyarli barcha atirgul navlaridan namunalar qo‘yiladi. Ko‘rgazmaning bir qismida ko‘zi ojizlar uchun ham joy tashkillashtiriladi. Bu yerdagi atirgullar ifori boshqalariga qaraganda kuchliroq edi. Bu yerdagi atirgullarning boshqa atirgullardan yana bir farqi bo‘lgan va bu farqni ko‘rgazma tashkilotchilari yuzaga keltirishgan.

Savol: Qanday farq?

Javob: Ularning tikani bo‘lmagan.

Izoh: Ko‘zi ojizlarga zarar bermasligi uchun gulning tikanlarini yulib chiqishgan.

1

Nemis matematigi Feliks Kleyn koʻplab ommabop maqolalar va kitoblar muallifi. U maktablarda matematikani oʻrgatishni yanada rivojlantirish haqida gapirar ekan, eng avvalo ushbu boʻlinishni yoʻq qilish kerak deb aytadi.

Savol: Kleyn nimani nazarda tutgan?

Javob: Algebra va Geometriya fanlarini.

Izoh: Uning fikricha, matematika yagona fan sifatida o‘tilishi kerak.

1

Mazkur manzilgoh qadimiy Xorazmning ulkan zardushtiylik ibodatxonasi mavjud qishlogʻi sanalgan. Binoning aylanaligi mudofaa ishlarida qulay boʻlgan. Biz bu ibodatxonani 20000 so‘mlik kupyurada ko‘rishimiz mumkin.

Savol: Qaysi ibodatxona haqida gap ketmoqda?

Javob: Qo‘yqirilgan qa’la.

Izoh: U oʻzining aylana shaklli ibodatxonasi bilan mashhurdir.

1

Tomas Edison 12 yoshida odamlar bilan gavjum temir yo‘l stansiyasida bir ish bilan shug‘ullangan. Ishi tufayli kechgi vaqtlarda onasiga yangiliklardan aytib berib turgan.

Savol: U nima ish qilgan?

Javob: Gazeta sotgan.

Izoh: Shu orqali ham daromad qilgan ham yangiliklarda xabardor bo‘lib turgan

M
e
n
u