V Tur
V Tur
VI Tur
VI Tur
1

1.Bir asarda ko‘l yoniga kelib BU ISHNI qilgan insonlardan hayvonlar o‘ch olishadi. AQShdagi bir shoxobchada maxsus qurilmalar o‘rniga fillar BU ISHNI qilishadi.

Savol: BU ISH o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering.

Javob: Mashinani yuvish.

1

6.Aleksey Konstantinov asari qahramoni bir o‘zi yashasada, o‘zini yolg‘iz his qilmasligiga sababi sifatida uyida juda ko‘p miqdorda U borligi keltiradi. Bir turistik firmaning sehrli diyorlarga qilinuvchi reklama roligida U tasvirlangan.

Savol: U nima?

Javob: Ko‘zgu.

Izoh: Ko‘zgusi mavjud bo‘lgan inson o‘z aksini ko‘rib ham o‘zini yolg‘iz his qilmagan. Mo‘jizali diyorlarga sayohatni reklama qilgan turfirmaning reklama roligidan ko‘zgu joy olishi tabiiy. Chunki, “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” Asarida ham sayohatlar ko‘zgu orqali amalga oshirilgan.

1

11.

Ba’zan arman bodringi deb ataladigan bu poliz ekini, arabchada bazinjan deb ataladi. U Ratatuy taomining asosiy mahsuloti hamdir.

Savol: Bu qaysi sabzavot?

Javob: Baqlajon

1

16.Bir kuni yozuvchi Roje Vayan shunday yozadi: “Bir pyesa Parij teatrida ikki soat davom etsa, Berlinda uch soat davom etadi”.

Savol: Buning sababini toping.

Javob: So‘zlashuv tezligi sababli.

Izoh: Fransuzlar nemislarga nisbatan tezroq gapirishadi.

1

2.Bir komedik serialda insonlarni juda yomon ko‘ruvchi do‘kon egasi ushbu yozuvni har bir eshikning ikki tarafiga ham joylashtirib chiqadi. Bu yozuvga odatda kechki 22:00 dan ertalabki 06:00 gacha ko‘zingiz tushishi mumkin.

Savol: Ushbu yozuvdagi so‘zni toping.

Javob: Yopiq.

1

7.Shved aktrisasi Greta Garbo o‘zining sovuq qiyofasi uchun ba’zan Gollivud IKSI deb atalgan. IKS nomli ertak Daniyalik yozuvchi tomonidan yozilgan.

Savol: IKS o‘rnidagi ikki so‘zda toping.

Javob: Qor Malikasi.

1

12. Inkivizitsiya davrlarida Ispaniyada jazo quroli sifatida Undan ham foydalanishgan. Uning suvi yaralarga malham ekanligini bilishgach undan voz kechishgan.

Savol: U deganda qaysi o‘simlik nazarda tutilgan?

Javob: Kaktus.

1

17.Bunday voqea kosmosda 1963-yilning iyunida, Everest cho‘qqisida 1975-yilda, Fransuz akademiyasida 1980-yilda sodir bo‘lgan.

Savol: Qanday voqea?

Javob: Ilk marotaba ayollarning paydo bo‘lishi.

Izoh: Valentina Tereshkova, yapon alpinisti Dzyunko Tabey, fransuz yozuvchisi Margerit Yursenar haqida gap ketdi.

1

3.Yozuvchi Boris Akuninning bir asari qahramoni xuddi otasi kabi gimnaziyadan janjal sababli, maktabdan esa o‘g‘irlik uchun haydaladi. Bu epizodda bir ibora eslab o‘tilgan. Bu iborada ikki bora bir meva aytiladi.

Savol: Qaysi meva?

Javob: Olma.

Izoh: “Olmaning tagiga olma tushadi” iborasi edi.

1

8.Sahroi Kabirdagi sayohatini eslagan Erik Emmanuel Shmitning aytishicha, Shmit boshidan kechirgan eng katta qo‘rquvlardan biri qumda Uni ko‘rganda bo‘lgan. Morpech U shaklidagi Islimiy naqsh hisoblanadi.

Savol: Uni bir xil harfdan boshlanadigan ikki so‘zda yozib bering.

Javob: Ilon izi.

1

13.Butunjahon yovvoyi tabiat fondining ramzi ushbu hayvon hisoblanadi. Bir multfilmda lag’mon va mantilarni yaxshi ko‘ruvchi bu hayvon g’oz bilan birga yashaydi.

Savol: Bu qaysi hayvon

Javob: Panda

Izoh: Kung fu panda multfilmida Po g’oz bilan birga yashaydi.

1

18.Bir o‘yinning boshqa versiyasida o‘rdak, ko‘l va miltiq bor.

Savol: Qaysi o‘yin?

Javob: Tosh, qaychi, qog‘oz.

Izoh: O‘rdak ko‘ldan suzib o‘ta oladi lekin, miltiq bilan otish mumkin.

1

4.Golmud – Lxasa yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi temir yo‘l tarmog‘i dengiz sathidan 4 km yuqorida joylashgan. Shu sababdan mijozlarga ko‘rsatiluvchi xizmatlar orasida UNI yetkazib berish ham ko‘zda tutilgan. U bizga tanish bir jadvalda sakkizinchi sifatida kelgan.

Savol: U nima?

Javob: Kislorod.

1

9.1939-yilda sariq rang U uchun standart  qilib belgilangan. Har kuni taxminan 26 million bola Undan foydalanadi. Qora Ritsar filmida Joker bankni o‘margandan so‘ng politsiyada shubha uyg‘otmaslik maqsadida voqea joyini Unda tark etadi.

Savol: Uni ikki so‘zda toping.

Javob: Maktab avtobusi.

1

14.Bu qurilma bilan mukammal ishlashni o‘rganish uchun turli mashqlar mavjud, masalan, “Yumuq ko‘zlar” yoki “tezkor terish” kabi usullar mavjud va bu usullar orqali daqiqasiga 150-200 ta natijaga erishish mumkin ekan.

Savol, bu qurilma nomini ayting.

Javob: Klavyatura.

1

19.Rus xalqi topishmog‘ini eshiting:

Knyazlar avlodidan bo‘lmasa ham, boshiga toj qo‘ndirib olgan.

Savol: Topishmoqni javobini toping.

Javob: Xo‘roz.

1

5.Dunyodagi ko‘plab aeroportlarda turli do‘konlar bo‘ladi. Reysini kutayotgan passajirlarni shu do‘konlarni aylanishga va ulardan xaridlar qilishga undash maqsadida aeroportlarning kutish zallarida IKSlar sonini ehtiyojga qaraganda kamroq qilib qo‘yishadi.

Savol: Aeroportlarning kutish zallarida nimalarning soni ehtiyojga nisbatan kamroq bo‘ladi?

Javob: O‘rindiqlar soni.

Izoh: Kutib turgan yo‘lovchilar o‘tirish imkoni yo‘q bo‘lsa, atrofdagi do‘konlarni aylanib, ulardan narsa xarid qilishga majbur bo‘ladi. Ajoyib marketing usuli.

1

10.Dante o‘zining “Ilohiy komediya” asarida Uning tilidan “Qonga juda tashna eding, endi ich, qonxo‘r!”  so‘zlarini yozgan. Yurtimizda talaba-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan tanlov nomi “Uning izdoshlari” deb nomlanadi.

Savol: U kim?

Javob: To‘maris.

Izoh: To‘marisning buyrugʻi bilan Kir II ning kesilgan boshi  qon bilan toʻlgʻazilgan meshga solingan.

1

15.Toshbaqa, qush va ba’zi yirik sut emizuvchilarda jagʻdan tumshuq vujudga kelganligi tufayli U boʻlmaydi. Suvda va quruqlikda yashovchilarning koʻpida U nafas olishda xizmat qiladi. Sudralib yuruvchilarda esa U rostmana shakllangan va muguz qalqoncha bilan qoplangan. Bir topishmoqda esa U berilgan buyruqlarning teskarisini amalga oshirishi aytib o‘tilgan.

Savol. Uni toping.

Javob: Lab.

Izoh: Topishmoq “Teg desam tegmaydi, tegma desam tegadi”.

1

20.O‘rta asrlarda Yevropada juda ham ko‘plab ko‘priklar bo‘lgan. Tabiiyki, ularning vazifasi kechuvni osonlashtirish. Shuningdek, bu ko‘priklar yana U vazifasini ham bajargan. Bir maqolda otang ham, onang ham U ekanligi aytiladi.

Savol: U nima?

Javob: Bozor.

Izoh: Ushbu ko‘priklardan juda ham ko‘p odam u tomondan bu tomonga o‘tishda foydalanilgan. Tabiiyki, doimo gavjum bo‘lgani uchun ba’zida ko‘priklar bozor vazifasini ham bajargan. Maqol “Otang – bozor, onang – bozor”.

M
e
n
u