Fiqhga birinchi ilmiy ta’rifni qaysi olim bergan? Va u nimani anglatadi?
Imom Abu Hanifa
Insonning o‘ziga foydali va zararli narsalarni bilishi
Fiqhning uch jihati qaysilar?
Shariat hukmlarini o‘rganish, tushunish va amalda qo‘llash
Payg‘ambarimiz s.a.v hadislaridan birida fiqh haqida nima deyilgan? (arabchasi)
Alloh kimga yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni dinda faqih qiladi.
مَنْ يُرِدِ اللهُ بِهِ خَيْرًا يُفَقِّهْهُ في الدِّينِ
Fiqh ilmi qaysi asrlarda mustaqil ilm sifatida shakllangan?
VIII–IX asrlarda
Fiqh ilmi rivojlanishi nechta bosqichda rivojlangan? va ular qaysilar?
6 bosqichda rivojlangan. Bular: payg‘ambar (s.a.v.) davri, sahobalar davri, tobeinlar davri, mujtahidlar davri, muxarrijlar davri va taqlid davri.
Imom Anu Hanifadan soʻng fiqhga kim ta'rif bergan?
“Aniq dalillardan chiqarilgan shariat hukmlarini o‘rganadigan ilm” deb ta’riflagan
Fiqh so‘zi Qur’onning qaysi suradagi oyatlarda uchraydi?
Niso-78, A’rof-179 va Hud-91 suralarida
Imom Bazdaviyning ikkita mashhur asarlari qaysilar va ularning fikricha fiqh nechta jihatdan iborat?
"al-Mabsut” va “Usulul Bazdaviy”
Imom Faxrulislom Bazdaviyning qarashlariga ko‘ra, fiqhning uch jihati bor:shariat hukmlarini o‘rganish, oʻzlashtirish va amalda qo‘llash
Ko‘pchilik tadqiqotchilar fiqh ilmining yuzaga kelishini nima bilan bog‘lashadi?
mazhablarning shakllanishi bilan
Fiqh shakllanish davri qaysi davrlarni o‘z ichiga oladi? (yillari bilan ayting)
Madina shahar davlati (622-632)
Xulafoi roshidun (632-661)
Umaviylar (661-750) davrlarini o‘z ichiga oladi.
Nima uchun ko‘pchilik tadqiqotchilar fiqh ilmining paydo bo‘lishini mazhablarning shakllanishi bilan bog‘laydi?
Chunki mazhablar shakllanishi bilan fiqhiy qoidalar tizimlashtirilib, fiqh mustaqil ilm sifatida rivojlana boshlagan
Tobeinlar davrida fiqh rivojlanishiga qanday omil katta ta’sir ko‘rsatgan?
Sahobalardan olingan ilmni davom ettirish va turli hududlarda ilmiy maktablarning paydo bo‘lishi
Muxarrijlar davrida olimlar asosan qanday ish bilan shug‘ullanganlar?
Mazhab imomlarining qarashlarini tushuntirish, rivojlantirish va yangi masalalarga tatbiq qilish bilan shug‘ullanganlar
Taqlid davri fiqh rivojlanishida qanday davr hisoblanadi?
Bu davrda olimlar yangi ijtihoddan ko‘ra avvalgi mazhab imomlari qarashlariga tayanib, ularni sharhlash va rivojlantirishga ko‘proq e’tibor berishgan.
Mujtahidlar davrining fiqh tarixidagi asosiy ahamiyati nimada?
Bu davrda yirik mujtahid olimlar yetishib chiqib, fiqhiy mazhablar shakllangan va shariat hukmlari tizimlashtirilgan.
Xulafoi roshidun davrida davlat boshqaruvida qaysi prinsip muhim o‘rin tutgan?
Xulafoi roshidun davrida boshqaruvda shuro (kengash) prinsipi keng qo‘llanilgan bo‘lib, xalifa muhim masalalarda sahobalar bilan maslahatlashgan.
Hijoz va Iroq maktabining oʻzaro raqobati olimlar tomonidan turli xil sabablar koʻrsatilgan. Hijoz maktabi tomonidan Iroq maktabiga nisbatan e’tiroz bildirishlarining asosiy sabablaridan biri nima?
Iroq maktabi namoyondalari hadislarni bilishda noʻnoq boʻlganliklarida deb koʻrsatishgan
Kufa Basra Misr va Shomga sahobalar yuborilgan boʻlib, ularning sonini olimlar nechta atrofida deb koʻrsatishgan?
300 atrofida
Ilk prinsipial qoida nima va u qanday jarayonlarda namoyon boʻladi?
Ilk prinsipial qoida bu ayrim masalalarda huquqiy plyuralizm (ixtilof (ta'addud) al-ijtihod)ga yo'l ochilishidir.
Biron vakolatli mansabga tayinlangan sahobalarning shaxsiy ijtihodlarining qo'llab-quvvatlanishi.
Ikkinchidan, sahobalar biron mansabga tayinlanmagan bo'lsalar ham payg'ambar (s.a.v)dan uzoqroq joyda bo'lganlarida shaxsiy (ijtihod)lari asosida kichik ijtimoiy masalalarni hal qilishgan va payg'ambar (s.a.v) ularga ijobiy munosabat bildirgan.
Ikkinchi prinsipial qoida bu…?
Ikkinchi prinsipial qoida bu tadrijiylikdir. Bir tizim (qabilachilik tizimi)da yashab kelgan insonlarni yangi bir tizimga olib o‘tish inqilobiy shaklda amalga oshirilmagan. Zero, bunday qilinishi ijtimoiy va mafkuraviy tushkunliklar va bo‘shliqlarni shakllanishiga olib keladi.
Umaviylar davrida qanday siyosiy va ilmiy jarayonlar natijasida ilk huquqiy maktablar paydo bo‘lgan?
Umaviylar (661–750) davrida monarxiya tizimining kuchayishi natijasida ilk huquqiy maktablar yuzaga keldi, ularning faoliyati nafaqat huquq, balki tafsir, hadis va boshqa ilmlarni ham o‘rgatishga qaratilgan edi.
Qaysi asarlar mazhablar o‘rtasidagi ixtilof va tafovutlarni tizimli tarzda yoritishga qaratilgan?
Mazhablarning umumiy ixtiloflari va tafovutlarini tizimli tarzda yoritish maqsadida yozilgan asarlarga Tabariyning “Ixtilof al fuqaho”, Ibn Rushdning “Bidoyat al mujtahid” va Ibn Hazmning “ al Muhallo” asarlari misol bo‘la oladi.
Xulafoi roshidun davrida fiqh ilmining rivojlanish xususiyatlari nimalarda namoyon boʻladi?
Birinchidan, islom davlati chegaralari kengaygani sababli turli mintaqalardagi ijtimoiy holat ularning huquqiy tartibga solinishini taqozo qilar edi. Bu yangi topilgan masalalar payg'ambar (s.a.v.) davrida huquqiy tartibga solinmaganligi bois xalifalarning oʻzlari yoki ular atrofidagi sahobalar bilan maslahatlashgan holda tartibga solindi.
Ikkinchidan, xulafoi roshidun davrida huquq masalalari davlat darajasida ko'rilib, huquq ijodkorlik jarayonida davlat rahbari qoshida kengash (shuaro) ishtirok etgan
Qaysi sahobalar eng ko‘p fatvo bergan va ulardan kim eng ko‘p huquqiy qarashlarni bildirgan?
Eng ko‘p fatvo bergan yetti sahobalar: Umar ibn Xattob, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Mas’ud, Oisha bint Abu Bakr, Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Abbos va Abdulloh ibn Umar. Ulardan eng ko‘p huquqiy qarashlarni bildirgan sahoba sifatida Abdulloh ibn Abbos qayd etiladi.
Ilk huquqiy maktablar qaysi shaharlarda shakllangan va ularni olimlar qanday asosiy guruhlarga bo‘lgan?
Ilk huquqiy maktablar Makka, Madina, Basra, Kufa, Shom va Misrda shakllangan bo‘lib, olimlar ularni ikki asosiy guruhga: Hijoz maktabi va Iroq maktabi sifatida tasniflashgan.