Nega Amir Temur Movarounnahrni birlashtirish siyosatini boshladi?
XIV asrning 70-yillarida hudud murakkab va ziddiyatli edi, Movarounnahr bo‘linib ketgan edi. Shuning uchun Amir Temur tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun uni birlashtirish siyosatini boshladi.
Amir Temurning Mo‘g‘ulistonga qarshi kurashi qancha davom etdi va bu kurashning asosiy sababi nima edi?
Amir Temurning Mo‘g‘ulistonga qarshi kurashi taxminan yigirma yil (1371–1390) davom etdi. Bu kurashning asosiy sababi mo‘g‘ul xonlarining Sirdaryo bo‘ylari va Farg‘ona vodiysiga tez-tez hujum qilib turishlari edi.
Nima sababdan Hirot shahar devori yangidan baland qilib qurildi va bu holat kimning noroziligiga sabab bo‘ldi?
Hirot shahar devori Malik G‘iyosiddin Pir Ali tomonidan baland qilib qurildi va bu ishga ko‘plab odamlar majburiy jalb etildi. Bu holat Shayx Zayniddin Toyobodiy noroziligiga sabab bo‘ldi.
Amir Temur 1380-yilda Xuroson hukmdori Malik G‘iyosiddin Pir Aliga nima sababdan elchi yuborgan va buning oqibati nima bo‘lgan?
Amir Temur Malik G‘iyosiddin Pir Alini qurultoyga taklif qilish uchun Hoji Sayfiddinni elchi qilib yuborgan. Malik elchini ushlab qolib, Amir Temurga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Bu holat Xuroson yurishining boshlanishiga sabab bo‘lgan.
Nima sababdan Amir Temur 1394-yilda Mordin qal’asini kuch bilan egallashga qaror qildi?
Mordin hokimi Sulton Iso tinchlik kelishuvini buzdi va shaharga kirmoqchi bo‘lgan Amir Temur askarlarini o‘ldirdi. Shu sababli Amir Temur g‘azablanib, qal’ani kuch bilan egallashga qaror qildi.
Amir Temur Sharqiy Turkiston tomon bir necha marta yurish qilgani sabab nima edi?
U sharqiy hududlarni mo‘g‘ullar ta’siridan ozod qilish, Farg‘ona, O‘tror, Yassi va Sayramni o‘z tasarrufiga olish va chegara hududlariga hujum qiluvchi mo‘g‘ul asilzodalarini to‘xtatish maqsadida yurishlar qilgan.
Amir Temur mo‘g‘ul xonlarini qayergacha chekinishga majbur qildi va bu bilan qanday natijaga erishdi?
Amir Temur mo‘g‘ul xonlarini Irtish daryosi ortiga chekinishga majbur qildi. Natijada mo‘g‘ullarning Sirdaryo bo‘ylari va Farg‘ona vodiysiga solayotgan xavf-xatarlariga barham berildi.
Shayx Zayniddin Toyobodiy Malik G‘iyosiddin Pir Aliga qanday mazmunda maktub yuborgan?
Shayx maktubida baland devor bilan Alloh yuborgan baloni to‘sib bo‘lmasligini va xalqqa zulm qilmaslik kerakligini aytib, Malikni ogohlantirgan.
Mironshoh Mirzo boshchiligidagi qo‘shin qaysi hududlarga yuborildi va bu hududlar keyinchalik kimga berildi?
Mironshoh Mirzo boshchiligidagi 25 ming kishilik qo‘shin Balx, Shiburg‘on va Bodhizga yuborildi. Amir Temur farmoni bilan bu hududlar Mironshoh Mirzoga mulk sifatida berildi.
Mordin qal’asi egallangach, uning aholisi qanday yo‘l tutdi?
Qal’a egallangach, aholi tog‘larga qochib ketdi. Keyinroq ular tavba qilib, sovg‘alar keltirdi, mol va xiroj to‘lashga rozi bo‘ldi hamda Amir Temurga tobeligini bildirdi
1376-yilda Farg‘ona hokimi kim etib tayinlandi va bu nimani anglatadi?
Amir Temur o‘g‘li Mirzo Umarshayx Bahodirni Farg‘ona hokimi etib tayinladi. Bu hududni ishonchli odam boshqarishi va chegara hududida tinchlikni saqlashni anglatardi.
Xorazm mo‘g‘ullar davrida qanday qismlarga bo‘lingan va ular qaysi uluslarga bo‘ysungan?
Xorazm mo‘g‘ullar davrida ikki qismga bo‘lingan:
– markazi Urganch bo‘lgan shimoliy Xorazm Jo‘chi ulusiga,
– markazi Kat qal’asi bo‘lgan janubiy Xorazm esa Chig‘atoy ulusiga bo‘ysungan.
Malik G‘iyosiddin Pir Alining shayxga bergan javobi qanday bo‘lgan va buning oqibati nima bilan tugagan?
Malik shayxga qo‘pol javob berib, imomlar davlat ishlariga aralashmasin degan. Shundan so‘ng shayx Malikning ag‘darilib, taxt Amir Temurga nasib etishini tilab duo qilgan. Ko‘p o‘tmay Amir Temur Hirotni egallagan
1381-yilda Xuroson yurishi davomida Hirot qanday yo‘l bilan Amir Temur qo‘liga o‘tdi?
Hirot hukmdorining inisi Malik Muhammad o‘z kalitlarini Amir Temurga topshirdi. Yon-atrof qal’alardagi janglar ham Amir Temur foydasiga hal bo‘ldi. Shundan so‘ng Hirot Amir Temur qo‘liga o‘tdi.
Sulton Iso nima sababdan Amir Temur tomonidan hibsga olindi?
Sulton Iso qal’adan chiqib ketayotganda ukasi va tobelariga qarshilik qilishni buyurgani ma’lum bo‘ldi. Shu sababli Amir Temur uni hibsga olishga farmon berdi.
Amir Temur Oq O‘rda va Oltin O‘rda bilan nima uchun kurash olib bordi?
U mamlakat shimoliy qismlarini ko‘chmanchi to‘dalar hujumidan himoya qilish va Jo‘chi ulusi tarkibiga kirgan yerlarni zaiflashtirib, o‘z saltanati ta’sir doirasiga olish maqsadida kurash olib bordi.
Amir Temur Xorazmni dastlab qanday yo‘l bilan o‘z davlatiga qo‘shib olishni istagan va nega bu amalga oshmadi?
Amir Temur Xorazmni tinchlik yo‘li bilan o‘z davlatiga qo‘shib olishni istagan va elchilar yuborgan. Ammo Husayn So‘fi bunga rozi bo‘lmay, elchilarga nisbatan dushmanona munosabatda bo‘lgan. Shu sababli tinch yo‘l bilan kelishuv amalga oshmaganv
1381-yilda Amir Temur Shayx Zayniddin Toyobodiydan qanday nasihatlar olgan?
Shayx Amir Temurga Hirotni egallagach, odamlarni zo‘rlab olib ketmaslikni, shaharni vayron qilmaslikni va aholiga zulm qilmaslikni nasihat qilgan.
“Uch yillik yurish” davrida Amir Temur qaysi hududlarni bo‘ysundirgan?
Uch yillik yurish (1386–1388) davrida Amir Temur Ozarbayjon, Mozandaron va G‘ilon hududlarini bo‘ysundirgan.
Mirzo Ulug‘bekning tug‘ilishi haqidagi xabar Amir Temurga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
Shohrux Mirzo xonadonida o‘g‘il tug‘ilgani va uning kelajakda olim hamda hukmdor bo‘lishi bashorat qilingani Amir Temurni juda xursand qildi. Shu sababli u Mordin qal’asi qamalini to‘xtatdi.
Jo‘chi ulusi qanday ikki davlatdan iborat bo‘lgan va ularning hududlari qaysilar edi?
Jo‘chi ulusi ikki davlatdan iborat bo‘lgan:Oltin O‘rda (o‘ng qanot) – Xorazmning shimoliy qismi, Shimoliy Kavkaz, Bulg‘or yerlari, G‘arbiy Sibir, Qrim;
Oq O‘rda (chap qanot) – Sirdaryoning quyi oqimi, Sirdaryo bo‘ylaridan Sibirdagi Tuman joyigacha
1388-yildagi beshinchi yurish natijasida Xorazmda qanday muhim o‘zgarishlar yuz berdi?
1388-yilda Amir Temur beshinchi marta Xorazmga yurish qilib, Gurganjni egalladi. Natijada so‘fiylar sulolasiga barham berildi, Amir Temur nomiga xutba o‘qildi va tangalar zarb etildi. Xorazm to‘liq Amir Temur davlati tarkibiga kirdi.
Nima sababdan Shayx Zayniddin Toyobodiy Amir Temurga nasihat berishni zarur deb bilgan?
Shayx Malik ham, Amir Temur ham hokimiyat egasi bo‘lgani uchun ularga adolatli bo‘lishni eslatgan. U Amir Temurga ham agar nasihatga quloq solmasa, undan ham boshqa kishi ustun kelishi mumkinligini aytgan.
Amir Temur taslim bo‘lgan shahar va qal’alarga qanday munosabatda bo‘lgan va Isfahonda nima sababdan qat’iy choralar ko‘rilgan?
Amir Temur o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lgan shahar va qal’alarga ziyon yetkazmagan, u yerga askar kiritmagan. Isfahonda esa aholi ig‘voga uchib, Amir Temur qoldirgan askarlarni o‘ldirgani uchun aybdorlar qattiq jazolangan
Amir Temur Mordin aholisi bilan qanday munosabatda bo‘ldi va bunga nima sabab bo‘ldi?
Amir Temur Mordin aholisi bilan qanday munosabatda bo‘ldi va bunga nima sabab bo‘ldiAmir Temur Mordin aholisi bilan qanday munosabatda bo‘ldi va bunga nima sabab bo‘ldi