1-kategoriya
2-kategoriya
3-kategoriya
4-kategoriya
100

2018-yil holatiga ko‘ra O‘zbekistonni nechta davlat tan olgan?

180 ga yaqin

100

Qachon   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev AQShda bo‘lib, BMTning 72-sessiyasida nutq so’zladi?

2017 yil 19 sentyabrda


100

2018 yil holatiga ko‘ra O‘zbekistonni 180 ga yaqin davlat tan olgan. Ularning nechtasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan?

141 tasi bilan

100

Toshkentda nechta davlatning elchixonalari faoliyat yuritmoqda?

45 ta davlatni

200

O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Toshkentda ilk bor qachon  do‘stlik hamkorlik va o‘zaro yordam haqida shartnoma imzolangan

1992 yil 29-sentyabrda

200

Toshkent shahrida 10 gektar maydonni egallagan Ashgabat saylgohi ochilib, unda Turkmaniston ramzi bo‘lgan qanday  haykallari o‘rnatildi.

Axalteki otlarining

200

Kim Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida “Bizning mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. Bizni tarix, din, umumiy madaniyat va an’analar birlashtiradi”, deb ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

200

2020 yil 23-sentabrda BMTning 75-sessiyasida SH.M.Mirziyoyev nutq so’zladi Buni boshqa nutqlardan farqi nimada edi?

O’zbek tilida ekanligi

300

Tashqi siyosat birinchi tamoyillari qaysilar?

davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahsizligini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish;


300

Tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik; davlat milliy manfaatlarining ustunligi;qanday tamoyillar hisoblanadi?

Tashqi siyosat tamoyillari

300

Qachon   Minskda – Rossiya, Ukraina va Belarus rahbarlarining uchrashuvida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ni tuzish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar?

1991 yil 8-dekabrda

300

1996 yil 21-iyunda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi qanday bitim  mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi.

“Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim”


400

2002 yil 28-fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarning yakunlari bo‘yicha prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorlik (MOH) tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomani imzolaydilar. Tashkilotning raisi etib kim saylandi?

I.A.Karimov saylanadi.

400

2017 yil 23-24 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidenti N.Nazarboyev taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi. Uchrashuvda qanday masalalar hal qilindi?

Afg‘oniston muammosi, uni tinch yo‘l bilan hal etish zarurligi, transchegaraviy daryolar suvlaridan oqilona foydalanisjh, siyosiy savdo-sotiq masalalari muhokama qilindi.

400

2017 yil 23-24 aprel kunlari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Uchrashuvda ikki mamalakat o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi

Savdo uylari ochish, ishbilarmonlar kengashi tashkil etish, transport, tranzit, qishloq xo‘jaligi, fan texnika, sport va boshqa sohalarga doir 17 ta hujjat imzolandi.


400

O‘zbekistonning  Qozog‘iston bilan ikki tomonlama munosabatlariilk bor  qachon imzolangan O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib bormoqda?

1992 yil 24-iyunda

500

Qachon Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va ish boshladi?

1993-yil 24-oktabrda

500

Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining nechta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud?

47 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud.

500

Mamlakatimiz birinchi Prezidenti l.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining qachon  bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda ma'ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi?

1993-yil 27-sentabrda   bo‘lgan

500

O’zbekiston 1992- yil 2- martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot qaysi tashkilotga qabul qilindi?

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi.