Ma'lumotlarni kodlash va uning turlari
Kodlashning afzalliklari, kamchiliklari va siqish usullari
Shifrlash turlari va xavfsizlik protokollari
Random
100

Ma'lumotlarni kodlash nima va uning asosiy maqsadlaridan biri nima?

Kodlash — ma'lumotni tasniflash yoki identifikatsiya qilish uchun uni kod orqali ifodalash jarayoni bo'lib, uning asosiy maqsadlaridan biri fayl hajmini kamaytirishdir.

100

Ma'lumotlarni kodlashning asosiy afzalliklari qaysilar?

Ma'lumotni taqdim etish hajmini kichraytirish, xotirani tejash, kiritish tezligini oshirish, axborotni tezroq ishlash va maxfiylikni ta'minlash.

100

Shifrlash va oddiy kodlashning farqi nimada?

Shifrlash — ma'lumotlarni kalitsiz o'qib bo'lmaydigan shaklda o'zgartirish bo'lib, asosiy maqsadi ruxsatsiz shaxslarning ma'lumotni o'qishini imkonsiz qilishdir.

100

Kodlash nima?

Kodlash — ma'lumotni ma'lum formatda saqlashdir.

200

Matn ma'lumotlari kompyuterda qanday kodlanadi va ASCII kod jadvali nechta belgini o'z ichiga oladi?

Matn raqam sifatida kodlanib, ikkilik sanoq sistemasidagi son kabi ifodalanadi. ASCII kodi 0 dan 255 gacha bo'lgan 256 ta belgini o'z ichiga oladi.

200

Kodlash jarayonida qanday kamchiliklar yuzaga kelishi mumkin?

Cheklangan kodlar yuzaga kelishi, kodlarni talqin qilishning qiyinligi, o'xshash belgilardagi xatoliklar (0 va O, 1 va l), shuningdek kodlash paytida ba'zi axborotlarning tushib qolishi.

200

Bonus! Eng kam ball to'plagan jaamoaga ustoz 200 bal qo'shsin!

Rahmat Ustoz Shifu!!!


200

Simmetrik shifrlashning asosiy talabi qanday?

Simmetrik shifrlash yuboruvchi va qabul qiluvchi orasida sirli shifr va shifrlash kaliti bir xil bo'lishini talab qiladi.

300

BONUS: RAQIB JAMOAGA 300 BAL JARIMA!!!

BARAKALLA ICHIQORALAR!!!!


300

Ma'lumotlarni o'chirish orqali siqishning (Lossy compression) o'ziga xos xususiyati nimada?

Bu usul fayl hajmini sezilarli darajada kamaytiradi, lekin asl ma'lumotlarning ayrim qismlari o'chib ketishi tufayli fayl sifati pasayadi.

300

Sezar shifri qanday ishlaydi?

Sezar shifri alifbodagi harflarni ma'lum bir qadamga (surish soniga, masalan $+3$) siljitish orqali matnni sirli xabarga aylantiradi.

300

Video kodlanganda tasvir bilan birga yana nima saqlanadi?

Video kodlanganda tasvir bilan birgalikda audio ham saqlanadi.

400

Tasvirlarni dastlabki bosqichda kodlash qanday amalga oshiriladi?

Tasvirlar dastlabki bosqichda bitmap (rastr) sifatida kodlanadi, bunda bitlar kartasining eni, balandligi va rang sonini ifodalovchi bitlar soni hisobga olinadi.

400

Bonus: Raqib jamoaga 400 bal sovg'a!!!

Barakalla oqko'ngil insonlar!!!


400

Simmetrik va assimetrik shifrlashning farqi nimada?

Simmetrik shifrlashda yuboruvchi va qabul qiluvchi bir xil sirli kalitdan foydalanadi; assimetrik shifrlashda esa ochiq kalit (shifrlash uchun) va yashirin/shaxsiy kalit (deshifrlash uchun) juftligidan foydalaniladi.

400

Elektron pochta xabarlari qanday usulda shifrlanadi?

Elektron pochta xabarlari assimetrik shifrlash yordamida shifrlanadi.

500

Xalqaro telefon aloqasi va transport vositalarini ro'yxatga olishda kodlash qanday qo'llaniladi?

Davlatlar va hududlarni tezkor aniqlash uchun raqamli yoki harfli qisqartmalar ishlatiladi (masalan, O'zbekiston uchun 998 yoki transport uchun UZ).

500

Ma'lumotlarni o'chirmasdan siqish qanday bajariladi?

Fayl hajmini uning sifatini yo'qotmay kamaytiradi, lekin bu usul bilan fayl hajmini odatda faqat 50% gacha kamaytirish mumkin.

500

Qattiq disk va flesh xotiralarni shifrlash qanday xavfsizlikni ta'minlaydi?

Diskdagi saqlangan ma'lumotlarning har bir bitini shifrlaydi, natijada saqlash qurilmasi qo'lga tushganda ham unga egalik qilmagan shaxs parolsiz yoki barmoq izisiz uni o'qiy olmaydi.

500

Bonus! O'zingiz uchun 500 bal yutib oldingiz!!

Barakalla!!