Dinshunoslik
Dinshunoslik
Dinshunoslik
Dinshunoslik
Dinshunoslik
100

"Fundamentalizm" so'zi qanday ma'noni anglatadi va qaysi tildan olingan?

Lotincha "fundamentum" so'zidan olingan bo'lib, "poydevor" degan ma'noni beradi.

100

"Aqidaparastlik"  nima?

Arabcha "aqida" (ishonch) so'zidan olingan bo'lib, muayyan sharoitda biror g'oyaga ko'r-ko'rona va qat'iy ishonish, vaziyatni hisobga olmagan holda unga yopishib olishni anglatadi.

100

Qonun bo‘yicha terrorizmga oid qanday harakatlar taqiqlanadi?

Terrorizmni targ'ib qilish.Terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularning faoliyati.Terrorizmga daxldor yuridik shaxslar va tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi.Terrorchilik faoliyatiga daxldor chet el fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi.

100

Jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibini kim belgilaydi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

100

Sikariylar va Zelotlar kimlar bo‘lgan va ular qachon faoliyat yuritgan?

Miloddan avvalgi I asr – milodiy I asrlarda Falastin hududida yashagan, yahudiylik dinidagi radikal guruhlar.

200

Katolik cherkovi tarixidagi qaysi faoliyat ekstremizm ko'rinishi sifatida baholanadi?

XIII asrda tuzilgan, minglab odamlarning qurbon bo'lishiga olib kelgan "Inkvizitsiya" faoliyati.

200

O‘zbekiston Respublikasining "Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni qachon qabul qilingan?

2018-yil 30-iyulda qabul qilingan.

200

O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi yangi tahrirdagi Qonuni qachon qabul qilingan?

Ushbu Qonun 2021-yil 5-iyulda qabul qilingan.

200

Adovat qo‘zg‘atish bilan bog‘liq ekstremistik harakatlarga nimalar kiradi?

Ijtimoiy, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish bilan bog‘liq zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish.

200

"Terrorizm" atamasi ilk bor qachon va qanday kontekstda ishlatilgan?

1793-1794-yillardagi Fransuz inqilobi davrida ("Reign of Terror").

300

Din niqobidagi ekstremizm tushunchasi vaqt o'tishi bilan qanday o'zgargan?

Birinchi jahon urushi arafasida: Protestantlik oqimiga nisbatan ishlatilgan.O'tgan asrning 70-yillaridan boshlab: Ko'proq islom diniga nisbatan qo'llanilmoqda.

300

Ekstremizm tushunchasi nimani anglatadi?

Diniy qadriyatlarni rad etish, ularga zid g'oyalarni aldov va zo'rlik bilan targ'ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotdir.

300

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida vijdon erkinligi kafolatlangan?

Konstitutsiyaning 35-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan.

300

Fundamentalizm tushunchasi dastlab qaysi harakatga nisbatan ishlatilgan?

Muqaddas Kitobni (Bibliyani) so'zma-so'z o'qish va unga amal qilishni maqsad qilgan protestantlik harakatiga nisbatan ishlatilgan.

300

Yakobinchilar tomonidan o‘tkazilgan "Davlat terrori"ning mohiyati nimada edi?

Davlat xavfsizligi nomidan o‘z fuqarolarini ommaviy ravishda qatl etish

400

"Mutaassiblik" tushunchasiga qanday ta'rif berilgan?

Arabcha "g'uluv ketish" ma'nosini berib, o'z qarashlarining to'g'riligiga o'ta qattiq ishonish va boshqa diniy e'tiqodlarga nisbatan murosasiz (toqatsiz) bo'lishdir.

400

Mutaassib shaxslarni sog‘lom hayotga qaytarish uchun nima qilish tavsiya etiladi?

Ularni ijtimoiy moslashtirish (reabilitatsiya qilish) va bu jarayonda ularning oilalariga yordam berish.

400

O‘zbekistonda vijdon erkinligini tartibga solishning normativ-huquqiy asoslari qachondan shakllana boshladi?

Bu jarayon 1990-yillarda, mustaqillikning ilk yillaridan boshlangan.

400

Terrorchilik harakati oqibatida vafot etgan shaxsning mol-mulki nima qilinadi?

Bunday shaxsning (terrorchining) O‘zbekiston hududida bo‘lgan mol-mulki davlat mulkiga o‘tkaziladi.

400

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) terrorchilik zonalarida qanday ishlarni amalga oshiradi?

FVVning vazifalari (14-modda):Aholini xavfli hududlardan evakuatsiya qilish va himoyalash.Infrastrukturaning ishdan chiqishi yoki terakt oqibatlarini tugatish bo‘yicha maxsus tadbirlar o‘tkazish.

500

"Radikalizm" so'zi qanday ma'noni anglatadi?

Lotincha "radix" (ildiz) so'zidan olingan bo'lib, tub, qat'iy va keskin choralar, dasturlar tarafdori degan ma'noni bildiradi.

500

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari terrorizmning oldini olishda qanday ishtirok etadi?

Ular siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa profilaktik choralar majmuini o‘tkazish orqali terrorizmning oldini oladi.

500

Mustaqil O‘zbekistonning "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi ilk Qonuni qachon qabul qilingan?

1991-yil 14-iyunda qabul qilingan.

500

Yuridik shaxs faoliyatida ekstremizm belgilari aniqlansa, qanday chora ko‘riladi?

Prokuror yoki boshqa vakolatli organ yuridik shaxsning mansabdor shaxsi nomiga yozma taqdimnoma kiritadi.

500

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti terrorizmga qarshi qanday kurashadi?

Departament (14(1)-modda) "Pul izidan tushish" (Follow the money) tamoyili asosida: