1
2
3
4
5
100

"Tahorat" so'zining lug'aviy ma'nosi nima?

poklik, tozalik

100

Kichik nоpoklikni ketkazish amali xalq tilidagi tahorat arabcha nima deb ataladi?

Vuzu'

100

Tahoratda nechta farz bor va ular qaysilar?

4 ta:

1. Yuzni soch chiqqan yeridan iyak suyagining ostigacha, eniga quloqning yumshog'idan ikkinchi quloqning o'sha yerigacha;

2. Ikki qo'lni barmoqlarining uchlaridan tirsaklarining oxirigacha yuvmoq;

3. Boshning 4 dan biriga mas'h tortmoq;

4. Ikki oyoqni to'piq oxirigacha yuvmoq.

100

Muayyan holatlarda to'liq badanni yuvish orqali poklanish turi bu nima deb ataladi?

G'usl

100

G'uslning farzlari nechta va ular qaysilar?

3 ta:

1. Og'izni chayqash;

2. Burinni yuvish;

3. Badanni hamma yeriga suv yetkazish.

200

"Tahorat" so'zining shar'iy ma'nosi nima?

katta va kichik nopokliklarni ketkazish 

200

... tahorat niyati bilan yer jinsidan bo'lgan pok narsaga qasd qilib, yuzga va 2 qo'lga tirsaklari bilan qo'shib mas'h tortish?

Tayammum

200

Namoz arabchada nima deyiladi?

Solat

200

Namoz lug'atdagi tarjimasi nima deb ataladi?

"Yaxshilikka duo"

200

Namozning tashqi farzlari nechta va ularni sanang?

6 ta:

1. Katta yoki kichik tahoratsizlikdan pok bo'lish;

2. Badan, kiyim va joyning najosatdan pok bo'lishi;

3. Avratning berk bo'lishi;

4. Qiblaga yuzlanish;

5. Namoz vaqtining kirishi;

6. Niyat qilish.

300

Namozning turlari qaysilar?

Farz, sunnat, vojib, nafl

300

Farz namozlari qaysilar?

- 5 mahal farz namozlari;

- juma namozi;

- janoza namozi;

300

Farz namozlari qaysilar?

- Vitr namozi;

- Ikki hayit namozlari.

300

... arab tilida tozalik va o'sish degan ma'noni bildiradi.

Zakot

300

Namozning ichki farzlari nechta va ularni sanang?

6 ta:

1. Takbir;

2. Tik turish;

3. Qiroat qilish;

4. Ruku';

5. Sajda;

6. Oxirgi qa'dada tashahhud miqdoricha o'tirish.

400

Zakotning umumiy shartlarini sanang?

- nisobga yetgan bo'lishi;

- mol kishining zaruriy ehtiyojlaridan ortiq bo'lishi;

- nisob darajasidagi molning qarzdan holi bo'lishi;

- bir yil o'tishi;

- o'suvchi ko'payuvchi bo'lishi.

400

Zakot beriladigan kishilar Qur'onning qaysi surasida aytilgan va Unga ko'ra zakot beriladigan shaxslar kim?

Tavba - 60.

- faqirlar 

- miskin

- zakot yig'uvchilar

- muallafatu qulubuhum

- qullarga (ozod bo'lishlari uchun)

- qarzdorlarga (qarzdan qutulishlari uchun)

- Xudo yo'lidagilar

- musofirlar

400

Zakot berilmaydigan shaxslar kim?

- boylar (nisobga yetgan moli bor)

- boyning kichik farzandiga

- hoshimiylar

- islomdan boshqa din vakillariga

- ba'zi qarindoshlarga (birinchi darajali qarindoshlar: ota-ona, opa-singil, amma, amaki, tog'a va xolalar hamda ularning farzandlari)

- Imom Abu Hanifaning 2 shogirdlari nazdida xotini erga zakot bersa o'rniga o'tadi.

400

Zakot beriladigan qarindoshlar kimlar?

Yon shajara qarindoshlar: aka-uka, opa-singil, amma, amaki, tog'alar va xolalar hamda ularning farzandlari

400

Imom Abu Hanifaning nazdida er xotinga yoki xotin erga zakot bersa o'rniga o'tadimi?

Zakot ado bo'lmaydi. Chunki ular o'rtasida manfaatlar mushtarakdir.

500

Ro'zani buzib faqat qazo vojib bo'luvchi amallar qaysilar?

- xotiniga nisbatan harakatlari tufayli mayl hosil bo'lishi

- mayda danak yoki toshlarni yutib yuborish

- klizma qildirish

- burnidan yoki qulog'idan dori quydirish

- qornidagi yaraga qo'yilgan dori ichkariga o'tishi

- boshdagi jarohatga qo'yilgan dori dimoqqa o'tsa

- hali tong otmadi deb saharlik qilib yuborsa-yu, tong otgani ma'lum bo'lsa, xuddi shu kabi iftorda ham kun botdi deb og'zini ochib yuborsa-yu, lekin aslida kun botmagan bo'lsa bu hollarning har birida kafforat vojib bo'lmasdan faqat qazo vojib bo'ladi. 

500

Ro'zani buzib qazo va kafforat vojib bo'luvchi holatlar qaysilar?

- qasddan er-xotinlik munosabatlariga kirishish

- ozuqa yoki davo bo'ladigan narsani yeyish yoki ichish

500

Haj farz bo'lishi uchun qaysi shartlar mavjud bo'lishi kerak?

- islomda bo'lishi

- balog'atga yetganlik

- aqli rasolik

- yo'lga qodir bo'lishi

- sog'lom bo'lishlik

- yo'lning bexatar bo'lishi

- ayol kishi uchun mahrami bo'lishi

500

Hajning farzlari nechta va ular qaysi?

3 ta:

1. Ehrom;

2. Arofotda turish;

3. Tavofi ziyora.

500

Hajning turlari qaysilar va ularni batafsil tushuntirib bering?

- tammattu' (avval umra qilib birozdan so'ng haj mavsumida haj qiladi. Ikki bor ehromga kiriladi.)

- qiron (Bir marta ehromga kirish bilan umra va hajni bir safarda qilishlik.)

- ifrod (faqat hajning o'zi uchun niyat qilib, ehromga kirish tushuniladi.)