Yevropaning jahon siyosati va iqtisodiyotida muhim o‘rin tutishiga eng asosiy omil qaysi
Tarixiy-madaniy jarayonlar, sanoat to‘ntarishlari va xalqaro iqtisodiy integratsiyaning erta shakllangani.
Sug‘oriladigan yerlar eng ko‘p bo‘lgan Yevropa mamlakatlari qaysilar
Italiya va Ispaniya.
Yevropada aholi yosh tarkibidagi asosiy o‘zgarish nimada ko‘zga tashlanmoqda
Keksalar ulushining ortib borishi.
Alp mamlakatlarini tashkil qiladi
Avstrya ,shveytsariya ,Lixtenshteyn
Yevropada millatlararo munosabatlarning keskinlashganiga tarixiy misol sifatida qaysi voqea keltirilgan
Yugoslaviya davlatining parchalanishiga olib kelgan milliy to‘qnashuvlar.
“Dengiz qizi” deb ataluvchi Yevropa davlatlarini birlashtiruvchi umumiy omil qaysi
Ularning butun tarixi, xo‘jaligi va transporti qadimdan dengiz bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi.
O‘rta dengiz bo‘yidagi dehqonchilikning asosiy xususiyati nimada
yerlarni sug‘orishni talab qilishi
Yevropadagi slavyan, roman va german tillarining o‘zaro o‘xshashligi nimaga bog‘liq
Ularning bir xil – Hind-Yevropa til oilasiga kirishiga.
Ko'ng'ir va tosh ko'mirni qazib oluvchi mamlakatlar
Germaniya ,Fronsiya ,Belgiya,Buyuk Britaniya
Yevropada aholi o‘sishining sekinlashuviga asosiy sabab nima
Tug‘ilish darajasining kamayishi va demografik vaziyatning murakkablashuvi.
XX asrda Yevropa siyosiy xaritasiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan uch asosiy omil qaysilar
Birinchi jahon urushi, Ikkinchi jahon urushi va Sharqiy Yevropadagi ijtimoiy-siyosiy tuzumning o‘zgarishi (jumladan Germaniyaning birlashuvi va Baltika davlatlarining mustaqilligi).
Yevropadagi eng yirik toshko‘mir havzalari qaysilar
GFRdagi Rur havzasi va Polshadagi Yuqori Sileziya havzasi.
Yevropa shaharlari aholisi umumiy aholi tarkibida taxminan qanday ulushni egallaydi
O‘rtacha 70% dan ortiq, ayrim mamlakatlarda 80–90% dan ko‘proq.
G'arbiy yevropa davlatlari barchasi rivojlanganligiga ko'ra qanday tibga mansub
rivojlangan
Qaysi Yevropa davlatlari guruhida qishloq xo‘jaligi eng intensiv rivojlangan
Katta yettilik mamlakatlari, shuningdek Shimoliy va G‘arbiy Yevropa davlatlari.
Yevropa subregionlariga bo‘linishida asosiy mezon nima
Geografik joylashuv va hududiy yaxlitlik (Sharqiy, G‘arbiy, Shimoliy, Janubiy Yevropa)
Yevropaning eng muhim neft-gaz resurslari qaysi havzada joylashgan
Shimoliy dengiz havzasida.
Yevropaning milliy tarkibi “nisbatan bir xil” deb baholanishining asosiy sababi nima
62 millatning aksari Hind-Yevropa til oilasiga mansubligi.
gidroenergiyaga eng boy davlatlar
Alp mamlakatlari
Latviyada dengiz turizimi qaysi shaharlarda rivojlangan
Rigo va Yurmala
Nima uchun Yevropada chegaralar transport aloqalariga to‘sqinlik qilmaydi
Chunki hudud kichik, relyef nisbatan qulay, davlatlar yaqin va transport tizimi qadimdan rivojlangan.
Temir rudasi bo‘yicha Yevropaning eng mashhur havzalari qaysilar
Fransiyadagi Lotaringiya va Shvetsiyadagi Kiruna havzalari.
“G‘arbiy Yevropa shahar tipi”ning shakllanishi qaysi davrlarga borib taqaladi?
Rim imperiyasi davri va o‘rta asrlarga.
butun jahon miqyosida ta'sir doirasiga ega bo'lgan shaharlar
London, Parij, Berlin,Gamburg,Amsterdam,Bryussel,Syurix
Shimoliy yevropa tarkibiga nechda davlat kiradi
8ta