A
B
C
D
E
100

Nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvi zarur hisoblanadi?


Chunki bozor mexanizmi har doim ham resurslarni samarali taqsimlay olmaydi. Monopoliya, tashqi ta’sirlar (externalities), ishsizlik, inflyatsiya va ijtimoiy tengsizlik kabi holatlar davlat aralashuvini talab qiladi.


100

Davlatning iqtisodiyotdagi “regulyator” funksiyasi nimani anglatadi?


Bu davlatning iqtisodiy jarayonlarni qonunlar, soliqlar, subsidiyalar, monetar va fiskal siyosat orqali tartibga solishidir.


100

Bozor muvaffaqiyatsizligi (market failure) tushunchasini izohlang.


Bozor resurslarni samarali taqsimlay olmagan holat bozor muvaffaqiyatsizligi deyiladi. Misollar: ekologik ifloslanish, monopoliyalar, jamoat tovarlari.


100

Nega davlat jamoat tovarlarini ishlab chiqarishda muhim rol o‘ynaydi?


Chunki jamoat tovarlari (mudofaa, yo‘llar, ko‘cha yoritilishi)dan hech kimni foydalanishdan cheklab bo‘lmaydi va xususiy sektor ulardan yetarli foyda ololmaydi.


100

Davlatning iqtisodiyotga haddan tashqari aralashuvi qanday salbiy oqibatlarga olib keladi?


Byurokratiya kuchayadi, raqobat kamayadi, korrupsiya ortadi va bozor mexanizmi samaradorligi pasayadi.


200

Fiskal siyosat va monetar siyosat o‘rtasidagi asosiy farq nimada?


Fiskal siyosat davlat budjeti, soliqlar va xarajatlar orqali amalga oshiriladi. Monetar siyosat esa Markaziy bank tomonidan pul massasi va foiz stavkalari orqali yuritiladi.

200

Keynes nazariyasiga ko‘ra davlat iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatishi kerak?


Keynesga ko‘ra davlat iqtisodiy inqiroz vaqtida talabni oshirish uchun budjet xarajatlarini ko‘paytirishi va iqtisodiyotni rag‘batlantirishi kerak.


200

Monetaristlar davlatning iqtisodiyotdagi roliga qanday qaraydi?


Monetaristlar davlat aralashuvi cheklangan bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Ular pul massasini nazorat qilishni asosiy vosita deb biladi.


200

Davlat monopoliyaga qarshi siyosatni nima uchun yuritadi?


Raqobatni saqlash, narxlarning sun’iy oshib ketishini oldini olish va iste’molchilar manfaatini himoya qilish uchun.


200

Ijtimoiy himoya siyosati”ning iqtisodiy ahamiyati nimada?


Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi va kambag‘allikni kamaytiradi.


300

Davlat budjeti taqchilligi qanday yuzaga keladi?


Davlat xarajatlari daromadlardan oshib ketganda budjet taqchilligi yuzaga keladi.


300

Soliq siyosati iqtisodiy o‘sishga qanday ta’sir qiladi?


Optimal soliqlar investitsiya va ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, juda yuqori soliqlar esa iqtisodiy faollikni pasaytiradi.


300

Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi roli nimadan iborat?


Milliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, inflyatsiyani nazorat qilish, oziq-ovqat va energetik xavfsizlikni ta’minlashdan iborat.


300

Aralash iqtisodiyot modelida davlatning o‘rni qanday?


Davlat va xususiy sektor birgalikda faoliyat yuritadi. Davlat strategik sohalarni nazorat qiladi va ijtimoiy muammolarni hal qiladi.


300

Davlatning iqtisodiy funksiyalarini sanab bering.


  • Tartibga solish
  • Qayta taqsimlash
  • Ijtimoiy himoya
  • Barqarorlashtirish
  • Jamoat tovarlari ishlab chiqarish
  • Raqobatni himoya qilish

400

Laffer egri chizig‘i” nimani ifodalaydi?


Soliq stavkasi haddan tashqari oshsa, davlat budjeti daromadlari kamayishi mumkinligini ko‘rsatadi.

y=-x^2+ax


400

Inflyatsiyaga qarshi davlat qanday choralar ko‘radi?


Foiz stavkalarini oshirish, davlat xarajatlarini qisqartirish, pul massasini nazorat qilish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish choralarini ko‘radi.


400

Nima uchun davlat strategik tarmoqlarni nazorat qiladi?


Energetika, transport, mudofaa kabi tarmoqlar milliy xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlik uchun muhim hisoblanadi.


400

Davlatning qayta taqsimlash funksiyasi nimani anglatadi?


Daromadlarni soliqlar va ijtimoiy to‘lovlar orqali aholi qatlamlari o‘rtasida qayta taqsimlashdir.


400

Bozor iqtisodiyotida davlatning eng muhim vazifasi nima deb hisoblanadi?


Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va adolatli raqobat muhitini yaratish eng muhim vazifa hisoblanadi.


500

Davlatning iqtisodiy siyosati bilan iqtisodiy o‘sish o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?


Davlatning samarali fiskal, monetar va investitsion siyosati ishlab chiqarish hajmini oshiradi, bandlikni ko‘paytiradi va iqtisodiy o‘sishni tezlashtiradi.


500

Nima uchun davlat tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soladi?


Milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, eksport-import balansini saqlash va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun davlat bojxona va valyuta siyosatini yuritadi.


500

Davlatning bandlik siyosati qanday amalga oshiriladi?


Yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar dasturlarini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.


500

Davlatning iqtisodiy liberalizatsiyasi” nimani anglatadi?


Davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish, xususiy sektor erkinligini kengaytirish va bozor mexanizmlarini kuchaytirishni anglatadi.


500

Davlatning iqtisodiy barqarorlashtirish funksiyasi nimadan iborat?


Inflyatsiya, ishsizlik va iqtisodiy inqirozlarning oldini olish hamda iqtisodiy muvozanatni saqlash choralarini amalga oshirishdan iborat.