Hadis
Qudsiy hadis
Mavquf va marfu’
Isnod
Umumiy
100

Hadis so’zining lug’aviy,istilohiy ma’nolari

Lug’aviy ma’nosi: “gap”,”so’z”,”habar” degan ma’nolarni anglatadi

Istilohiy ma’nosi:”Payg’ambarga nisbat berilgan so’z,amal,taqrir yoki sifatlaridir

100

Qudsiy hadis deb nimaga aytiladi?

Ma’nosi Allohdan,lafzi payg’ambardan bo’lgan hadislar qudsiy hadis deyiladi
100

Marfu hadis deb nimaga aytiladi?

Payg’ambarga yetib borgan sanad “marfu” (ko’tarilgan,yuqori bo’lgan) deyiladi.

100

Muttasil sanad deganda nima tushuniladi?

Barcha roviylarning nomi aniq bo’lib,sanad uzluksiz tarzda yetib kelgan bo’lsa,muttasil sanad deyiladi

100

Maqtu’ hadis nima?


Uzilgan degan ma’noni anglatadi,istilohda esa,tobeiy yoki undan keyingi tabaqa roviysiga nisbat berilgan yoki amalni o’z ichiga oladi

200

Muhaddislar hadis aytishni istilohda qaysi so’z bilan ifodalaydilar?

Tahdis so’zi bilan

200

Qudsiy hadislar yana qanday nomlar bilan ataladi?

Rabboniy hadis va ilohiy hadis deb ataladi

200

Mavquf hadis nima?

Sanadida sahobiyda to’xtab qolgan sanad,mavquf(to’xtagan,to’xtatilgan) deb nomlanadi

200

Musnad to’plamlarda hadislar qaysi tartib asosida joylashtirilishi mumkin?

Sahobiylar ismi alifbo tartibida,fazilatlari qarab yoki islomni qabul qilgan davriga ko’ra

200

“Munqoti marfu’ “ hadis ta’rifi

Sanadida sahobiy ismi tushib qolgan,ammo payg’ambardan rivoyat qilingan bo’lsa,munqoti marfu’ hisoblanadi

300

Hadisning nechta turi mavjud?

Hadisni 2 ta turlari bor:

1:Al-hadisu-n-nabaviy

2:Qudsiy hadis
300

Qudsiy hadislarning rivoyati qanday darajada?

Ular mutavotir emas,sahih,zaif va mavzy bo’lishi mumkin

300

Mavquf hadisning qanday turlari bor?

4ta turi mavjud bo’lib,ularni quyudagi ro’yxatda keltiramiz:qavliy,fe’liy,taqririy,vasfiy

300

Qaysi 2 muhaddisning “Musannaf” asarlarida mavquf va maqtu’ rivoyatlar jamlangan?

Ibn Ali Shayba va Abdurazzoq

300

Qudsiy hadislar namozda o’qiladimi?

Yo’q,ular namozda o’qilmaydi,tilovati ibodat hisoblanmaydi.
400

Hadisning Qur’onga muqobil bo’lishi nimaga ishora qiladi?


Ibn Hajar Asqaloniyning fikriga ko’ra,Qur’on qadim bo’lgani,hadis esa yangu ma’nosida kelgani uchun

400

Qudsit hadislarni inkor qilgan odamning hukmi qanday bo’ladi?

U dindan chiqmaydi,lekin gunohkor hisoblanadi

400

Sahobiylar rivoyat qilgan ba’zi habarlar nega “hukman marfu’ “ deyiladi?

Chunki ular Payg’ambar a.s dan eshitgan ko’rgan yoki bilgan narsalariga asoslangan holda gapirganlar

400

Muttasil mavquf sanadga 1 ta misol keltiring

Molik Nofe’dan,u Ibn Umardan rivoyat qildi,bu sanadi uzluksiz,lekin sahobiyda to’xtaganligi sababli muttazil mavqufdir

400

Mavquf hadisning qanday ko’rinishlari bor?

1.Sahobiylar tomonidan uzoq o’tmishda bo’lib o’tgan ishlar haqida habar berilgan so’zlar.

2.Sahobiylar tomonidan,kelajakda bo’ladigan narsalar haqida habar berilgan so’zlar

3.Muayyan 1 amalga maxsus ajr

500

Qudsiy hadislarlarning aksariyati qayerda Allah tomonidan payg’ambar a.s ga aytilgani manbalarda keltiriladi?

Me’rojda

500

Qudisy hadisga bag’ishlangan alohida to’plamlar

Muhammad Ibn Abdurauf ibn Ali Munoviy “Ithofotu-s-saniya bi-l-ahadisi-l-qudsiya”

(Qudsiy hadislardan maqtovga loyiq tuhfalar)

Muhiddin Ibn Arabiyning “Mishkotu-l-anvar fi ma ruviya ani-l-ahi subhanahu va taolo mina-l-ahbor” (Allah subhanahu va taolodan rivoyat qilingan habarlarga oid chiroqlar tokchasi)

500

Mavquf va maqtu hadislar olish borasidagi qanday fikr mavjud?

Imom Abu Hanifa dhunday deganlar, “ Rosulullohdan kelgan har bir narsani qabul qilamiz,sahobiydan kelganlaru orasida yaxshisini tanlab olamiz,biroq,tobeiydan biror narsa kelgan bo’lsa,biz ham ular kabimiz. “ deb aytganlar

500

Musannaf to’plam musnaddan nimasi bilan farq qiladi?

Musannafda hadislar mavzularga ajratilgan holda tartiblanadi

500

Maqtu’ hamda munqoti farqi nimada?

Maqtu matnga oid,munqoti esa sanadga