Xurshid Do‘stmuhammad qayerda tug‘ilgan?
Toshkentda
X.Do‘stmuhammadning qaysi asari adolatparvar inson—Mirkomilboy haqida?
"Mirkomilboyning qazo bo‘lgan namozi" asari
X.Do‘stmuhammadning "Uch hukumat qolipiga sig‘magan boy"—maqolasi kim haqida yozilgan edi?
Mirkomilboy
Mirkomilning so‘nggi tilagi nima edi?
ikki rakaat bomdod namozini o'qish
Iskandar asli kim edi?
Aleksandr Timofeyev (g'ayridin)
Izvosh- so'zining ma'nosi?
rezina g‘ildirakli, usti ochilib-yopiladigan yengil ot-arava
Farangi - so'zining ma'nosi?
fransuz, yevropalik
Makka va Madinada takya qurdirish niyatida o‘ttiz ming tillo vasiyat qilgan kim?
Mirkomilning otasi
Odamlar: "Yoqibboyning shaxsiy qo‘riqchisi" va "Mirkomil uning izmidan chiqmaydi" deyishganda kimni nazarda tutishadi?
Yoqubxo‘ja
"Yomon chikitti-ku, ablah!" deb so‘kindi ichida. "Mirkomilboyning qazo bo‘lgan namozi" hikoyasidan olingan ushbu parcha kimning nutqidan bo‘lib , ajratilgan so‘z qanday ma‘nosini bildiradi?
Nag‘monbek ,
chikitti-tagdor kinoya qildi.
Mirkomilning ketidan ilakishib, yurish-turishi,bosgan qadami, aytgan so‘zini oqizmay-tomizmay, peshma-pesh harbiy hokimga yetkazib turganlar kim edi?
Yurtdoshlari, dindoshlari Sodiq, Keldi,Qori
Istanbulda Anvar podsho Mirkomilga qanday maslahat beradi?
Istanbulda qolishni ,yutr mustaqil bo‘lganda qaytishni,bolalarini ham shu yerga olib kelishini
“Mirkomilboyning qazo bo’lgan namozi” hikoyasi orqali xalqimizga xos qaysi illat ochib berilgan?
O'zbeklar orasidagi sotqin(3-4 so'm evaziga hatto otasini ham sotishga tayyor)lar ma'rifatli kishilarimizning bevaqt o'limiga bosh qo'shgani
Mirkomilboyni kim otadi?
Askarcha (o‘zbek bola)
Anjanning uchinchi qismida yashovchi Madrayimhojinikida yig‘in bo‘ladi. Mirkomilboy raislik qiladi va unda nimaning maslahati bo‘ladi degan da‘vat tayyorlangan edi?
Mazmuni-sart o‘g‘lonlarini soldatlikka jo‘natmaslik masalasi.
Skobelov qaysi viloyatning eski nomi?
Farg'ona viloyati
"Mirkomilboyning qazo bo‘lgan namozi" asarida boyning bankdagi davlati kimning nazoratida edi?
Keldining
"Mirkomilboyning qazo bo‘lgan namozi" hikoyasida Mirkomil nimalar qurishni rejalashtiradi?
masjid, madrasa, musofirxona, kasalxona, hammom
Mirkomilboy qanday ayb bilan qamoqqa olinib otib tashlanadi?
"1917-yil "Sho‘royi Islomiya" jamiyatining Andijondagi eng faol ishtirokchisi" ayblovi