1
2
3
4
5
100

Ichki ishlar o`rganlarining asosiy prinsplari qanday?

1.Qonuniylik

2.Yagonalik

3.Ochiqlik

4.Shaffoflik

100

Ichki ishlar vaziri kimlarga bo`ysinadi?

O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga

100

Ichki ishlar organlari tizimlari nimalardan iborat?

Ichki ishlar organlarining tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,*Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,*Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari,*viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari,*tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari),*transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalari (boʻlimlari),*jazoni ijro etish muassasalari,*ichki ishlar organlarining oʻta muhim va toifalangan obyektlardagi boʻlinmalari,*shaharcha ichki ishlar boʻlinmalari,*mahalla huquq-tartibot maskanlari hamda ichki ishlar organlarining tayanch punktlari,*shuningdek taʼlim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa boʻlinmalar va tashkilotlardan iboratdir.

100

Kimlar uchun jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi?

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga,

 nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga,

 yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi, fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.

100

Ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilishda yosh, sog‘liq va ma’lumot bo‘yicha qanday talablar qo‘yiladi?

Xizmatga 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, zarur ma’lumotga ega, sog‘lig‘i va jismoniy tayyorgarligi yetarli O‘zbekiston fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi. Bular ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir shaxslar bo‘lishi kerak.

200

Qanday hollarda 30 yoshdan katta fuqarolar ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin va bu kim tomonidan belgilanadi?

Agar fuqaro ko‘p yillik xizmat uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lsa yoki maxsus bo‘linmalarda zarurat mavjud bo‘lsa, 30 yoshdan katta shaxslar ham qabul qilinishi mumkin. Bunday bo‘linmalar va lavozimlar ro‘yxatini Ichki ishlar vaziri belgilaydi.

200

Kimlar O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi?

Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari

200

Ichki ishlar organlari xodimlarining ish haftasi qancha vaqtni tashkil etadi va qanday hollarda bu me’yor oshirilishi mumkin?

Ularning ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. Biroq zarur hollarda ular kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda xizmatga jalb qilinishi mumkin.

200

Ichki ishlar vaziri huquqbuzarlikni oldini olish va ularning profilaktika holati to`g`risida kimga axborot beradi?

Yiliga 2 marta O`zbekiston Respublikasi Senatiga axborot taqdim etadi.

200

Ichki ishlar organlari fuqoralarga murojat chog`ida nimalarni aytib o`tishga majburdirlar?

oʻz lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga koʻra xizmat guvohnomasini koʻrsatishi, shundan soʻng murojaat qilishining sababi va maqsadini maʼlum qilishi;

300

O`zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirini tayinlash tartibi qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi va lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladi.

300

Ichki ishlar organlari fuqarolarning transport vositalaridan qanday hollarda foydalanishi mumkin va bu holatda qanday hujjat rasmiylashtiriladi?

Agar tabiiy ofat, jinoyatchini ta’qib qilish yoki tibbiy yordamga ehtiyoj bo‘lsa, ichki ishlar organlari fuqarolarning transportidan foydalanishi mumkin. Bunda foydalanilganlik faktini tasdiqlovchi va xodimni identifikatsiyalovchi maxsus hujjat beriladi.

300

Ichki ishlar organlari qanday maxsus vositalardan foydalanadi?

Rezina tayoqlar * Ko`zdan yosh oqizuvchi moddalar,gazli shikaslantiruvchi qurol * Qo`lkishanlar va boshqa bog`lash vositasi * maxsus boʻyovchi va markirovka qiluvchi vositalar * elektroshok qurilmalari * xizmat hayvonlar * chalgʻitma taʼsir koʻrsatuvchi nur-tovush moslamalari * transport vositalarini majburiy toʻxtatish vositalari * tinchlantirish koʻylagi * suv bilan zarba beruvchi mashinalar * zirhli mashinalar * toʻsiq-gʻovlarni bartaraf etuvchi vositalar

300

Ichki ishlar organlarida xizmatida bo`lishning cheklangan Yoshi nechi yoshdan iborat? (safdor va serjantlar,ofitser,generallar)

safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlari uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibi uchun — 55 yoshni,

 generallar tarkibi uchun — 60 yoshni,

ayollarga esa (mavjud unvonidan qatʼi nazar) — 50 yoshni tashkil etadi

300

Ichki ishlar organlari xodimlariga beriladigan har yillik va qo‘shimcha ta’tillar davomiyligi qanday belgilanadi?

Asosiy ta’til 30 kalendar kun bo‘lib, yo‘lga ketadigan uch kungacha vaqt unga qo‘shiladi. Shuningdek, 10 yillik xizmatdan keyin 5 kun, 15 yildan keyin 10 kun, 20 yildan keyin esa 15 kunlik qo‘shimcha ta’til beriladi.

400

Ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy himoya qilish nimalar orqali taminlanadi? (5ta misol)

sogʻligʻini saqlash; * mehnatiga haq toʻlash; * uy-joy maydoni bilan taʼminlash; * mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash; * xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish; * davlat pensiya taʼminoti; * davlat sugʻurtasi; * ijtimoiy yordam koʻrsatish.

400

Ichki ishlar xodimlarining maxsus unvonlari qanday?

1. safdorlar tarkibi — safdor; 2. serjantlar tarkibi — kichik serjant, serjant, katta serjant; ofitserlar tarkibi: 3. kichik ofitserlar tarkibi — leytenant, katta leytenant, kapitan; 4katta ofitserlar tarkibi — mayor, podpolkovnik, polkovnik; 5generallar tarkibi — general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik

400

Ichki ishlar organlari tomonidan qanday shaxslar ushlab turiladi? (Kamida 5 ta)

qidiruvdagi shaxslarni;*oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov kelib tushgan shaxslarni;*maʼmuriy qamoq jazosini oʻtashdan, maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek oʻziga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish yuritilayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda;*jinoiy jazoni oʻtashdan, shuningdek oʻziga nisbatan sud tomonidan tayinlangan tibbiy va boshqa yoʻsindagi majburlov choralarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni;*aniq yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni, keyinchalik ularni aniq yashash joyiga ega boʻlmaganlarni reabilitatsiya qilish markazlariga sud ajrimiga asosan joylashtirgan holda;*favqulodda holat yoki favqulodda vaziyat rejimini buzgan shaxslarni;*umumiy harbiy majburiyatni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni;

400

Jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga hamda boshqa xonalariga mulkdorlarning va ular vakillarining xohishiga xilof tarzda yoki ular yoʻqligida ichki ishlar organlari xodimlari kirganligining barcha hollari toʻgʻrisida nechi  soat ichida prokurorni yozma shaklda xabardor qilishi kerak?

24 soat

400

Profilaktika inspektorlari kimlarga hisobat beradi?

Fuqarolarning o`zini ozi boshqarish organlariga

500

“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi qonun qonunchilik palatasi tomonidan nechanchi yilda qabul qilingan va Senat tomonidan nechanchi yilda ma`qullangan?

Qonunchilik tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilngan

Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda maqullangan

500

Ichki ishlar organlari fuqarolarning turar joylariga kirish huquqiga ega bo‘lgan vaqt oraliqlari qanday belgilangan va bu qoidaning maqsadi nimada?

Fuqarolarning turar joylariga soat 6:00 dan 22:00 gacha faqat ularning roziligi bilan kirish mumkin. Bu norma fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlash va ichki ishlar organlari vakolatlarini qonuniy chegaralarda amalga oshirish maqsadida belgilangan.

500

Ichki ishlar organlarining kamida 5ta vakolatini sanab bering.

*jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek qoʻyishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yoʻli bilan kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish; *huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash;*ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy taʼsir koʻrsatishning boshqa choralarini ijro etish, shuningdek shaxslarni qidirish boʻyicha ishlarni tashkil etish;*maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish, maʼmuriy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etish;*yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash;*pasport tizimi talablarining bajarilishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalarni berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;

500

Kuchaytirilgan rejim bilan sutkalik rejim o‘rtasidagi asosiy farq nimada?

Kuchaytirilgan rejimda xodimlar kuniga qo‘shimcha to‘rt soatgacha ishlaydi, sutkalik rejimda esa ular xizmat joyida tunab, uch mahal bepul ovqat bilan ta’minlanadi. Sutkalik rejim harbiy payog’ normalariga muvofiq belgilanadi.

500

Ichki ishlar organlarining tayanch punktlar faoliyatining tarkibiy qismi kimlardan iborat?

1. Profilaktika katta inspektorlari
2. Inspektorlari va  ularning jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilaridan iborat