Mexnat kodeksi
Fuqarolik kodeksi
Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекс
Vienna convention
Jinoiy kodeks
100

Mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilinishi uchun “asoslanganlik” nimani anglatadi va qaysi holatlar bunga kiradi?

Asoslanganlik — MK 161-moddasida ko‘rsatilgan sabablar mavjud bo‘lishi (masalan: shtat qisqarishi, malaka yetishmasligi, tizimli yoki qo‘pol buzilishlar).

100

Шартнома асосида мулк ҳуқуқи қачон вужудга келади ва қайси ҳолларда давлат рўйхатидан ўтказиш талаб этилади?

Одатда — ашё топширилган пайтдан; агар шартнома нотариал тасдиқ ёки давлат рўйхатини талаб қилса — рўйхатдан ўтган вақтдан бошлаб.

100

Maʼmuriy ishni boshlash uchun asos nima?

Manfaatdor shaxsning arizasi (shikoyati) yoki maʼmuriy organning tashabbusi

100

Ikki yoki undan ortiq davlatlar bir xil shaxsni boshqa davlatdagi missiya boshlig'i sifatida akkreditatsiyadan o'tkazishi mumkinmi?

Ha, Agar qabul qiluvchi davlat bunga e'tiroz bildirmasa

100

Qaysi turdagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllaniladi?

Xizmat boʻyicha cheklash va intizomiy qismga joʻnatish.

200

Xodimni qisqartirishda kimlar ustuvor ravishda ishda qoldiriladi? Kamida uch toifani sanang.

Yuqori malakali xodimlar, boqimandalari bor shaxslar, uzoq stajga ega xodimlar, nogironligi bor shaxslar (MK 167-modda).

200

Олдиндан мулкдор бўлмаган шахс мулкни “эгалик даври” орқали қандай шартларда ўз номига ўтказа олади?

Агар шахс ҳалол, ошкора ва узлуксиз равишда кўчмас мулкни 15 йил, бошқа мулкни 5 йил ўз мулкидек эгаллаб келган бўлса, мулк ҳуқуқи вужудга келади (давлат рўйхати шарт).

200

Maʼmuriy organga kelib tushgan ariza necha kun ichida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim?

Oʻsha kunning oʻzida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.

200

Diplomatik pochta haqida ma'lumotlar mazmuni istisno tariqasida ochilishi mumkinmi?

Yo'q, ular daxlsiz bo'lib, ochilishi yoki ushlab turilishi mumkin emas.

200

Muayyan buyumlarga ega boʻlmaslik yoki ularni oʻzida saqlamaslik kabi qoʻshimcha taqiqlar (cheklashlar) qaysi jazolar turida yuklanishi mumkin?

Ozodlikni cheklash

300

Qaysi holatlarda ish beruvchi xodim roziligisiz ortiqcha ishga jalb qilishi mumkin?

Favqulodda holatlar (falokat, avariya), aholi hayotiga tahdid, kommunal tizim nosozligi yoki smenachi kelmaganda (MK 189-modda).

300

Маданий мерос объектига нисбатан мулкдорнинг беэътибор муносабати қандай ҳуқуқий оқибатларга олиб келади?

Аввал огоҳлантирилади; талаб бажарилмаса — суд орқали объект давлат мулкига ўтказилади, мулкдорга қиймати тўлаб берилади. Шошилинч ҳолда огоҳлантиришсиз ҳам даъво киритилиши мумкин.

300

Maʼmuriy hujjat qachon kuchga kiradi?

Adresat tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran

300

Missiya a'zosi vazifasini bajarish jarayonida boshqa davlatda bo'lgan taqdirda soliqlarni qaysi davlatga to'laydi?

Barcha soliqlar, yig'imlar va bojlardan ozod qilinadi.

300

Fuqaro Aliyeva  oʻta xavfli retsidivist deb topildi va unga nisbatan sud hukmi o'qilishi kutilmoqda. Uning tanishi bilgan ma'lumotlarga ko'ra o'ta xavfli retsidivistlar maxsus tartibli koloniyada jazoni o'tar ekan. Vaziyatni huquqiy asoslang.

ayollar yoki 60+ erkak xavfli retsidivist  jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi.

400

Ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilish qaysi davrlarda qat’iyan taqiqlanadi?

Kasallik, ta’til, xizmat safari, davlat vazifalari davrida hamda homilador ayollarga nisbatan (MK 163-modda).

400

Хазина (клад) топилганда мулк ҳуқуқи қандай тақсимланади ва маданий қимматга эга ашёлар аниқланса нима бўлади?

Одатда йер эгаси ва топувчи ўртасида тенг тақсимланади. Агар маданий мерос бўлса — давлат мулкига ўтади, аммо йер эгаси ва топувчи 50% мукофот олади.

400

Maʼmuriy hujjatni bekor qilish qanday holatlarda majlis oʻtkazmasdan amalga oshirilishi mumkin?

Manfaatdor shaxs foydasiga bekor qilishda.

400

Diplomatik agentning vazifalari qachon to'xtatiladi?

Yuboruvchi davlat tomonidan xabar berilganda yoki qabul qiluvchi davlat a'zo sifatida tan olishdan bosh tortganda.

400

 Jarima qancha miqdorda belgilanadi?(min va max)

Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz baravarigacha

500

Mehnat shartnomasi tugatilganda xodimga qaysi majburiy to‘lovlar beriladi?

Oylik qarzdorlik, foydalanilmagan ta’til kompensatsiyasi, zarur hollarda chiqish nafaqasi (MK 172–173-moddalar).

500

Мулкни мажбурий олиб қўйишнинг асосий турларини санаб беринг ва реквизиция билан конфискация ўртасидаги фарқни айтинг.

Турлари: миллийлаштириш, реквизиция, конфискация, мажбурий ундириш.

Реквизиция — фавқулодда ҳолатда қиймати тўланиб олинади;

Конфискация — ҳуқуқбузарлик учун суд қарор билан бепул олиб қўйилади.

500

Maʼmuriy hujjatni ijrosini taʼminlaydigan organ qaysi?

Uni qabul qilgan maʼmuriy organ

500

Ushbu konvensiya ratifikatsiya yorlig'i qayerda saqlanadi?

BMT bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.

500

Ish haqining oʻn foizidan oʻttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat jazo turi qaysi?

Axloq tuzatish ishlari