1-ustun: TIL TIPI
2-ustun: TIPOLOGIK TASNIF
3-ustun: O‘XSHASHLIK VA FARQ
4-ustun: IZOMORFIZM / ALLOMORFIZM
5-ustun: TIL TIZIMI VA TIL TIPI
100

Savol: O‘zbek tili agglutinativ deyiladi. Ammo unda kelgan edi, o‘qib chiqdi, sotib oldi kabi konstruksiyalar ham bor. Demak, o‘zbek tilini “sof agglutinativ” deb atash mumkinmi?  

Javob: Yo‘q. Tilda bir nechta tipologik xususiyat mavjud; ustuvor/dominant xususiyat agglutinativlikdir.

100

Savol: O‘zbek va turk tillari qarindosh. O‘zbek va yapon tillari esa qarindosh emas. Shunga qaramay, nima uchun o‘zbek va yapon tillarini ayrim jihatdan bir tipologik guruhda ko‘rish mumkin?

Javob: Chunki tipologik tasnif qarindoshlikka emas, strukturaviy xususiyatlarga asoslanadi.

100

Savol: O‘zbek va ingliz tillarida gap qurilishi bir xil emas. O‘zbekda SOV, inglizda SVO. Biroq ingliz tilidagi bir gapni SOV tartibida ham qurish mumkin. Bu ikki tilning tipologik farqini inkor qiladimi?

Javob: Yo‘q. Tipologiyada neytral/odatdagi model muhim; pragmatik yoki uslubiy sharoitda so‘z tartibi o‘zgarishi mumkin.    

100

Savol: O‘zbek tilida ko‘plik -lar, ingliz tilida ko‘pincha -s/-es bilan ifodalanadi. Funksiya bir xil, shakl boshqa. Bu qaysi hodisa?

Javob: Allomorfizm — bir xil funksional ma’noning turlicha shaklda ifodalanishi.

100

Savol: “Til tipi — tilning o‘zi” degan fikr bildirildi. Siz bu fikrni qanday rad etasiz?

Javob: Til tizimi — real fonetik, leksik, morfologik, sintaktik birliklarning yaxlit tizimi; til tipi esa shu tizimdagi ko‘plab xususiyatlarni umumlashtirishdan hosil bo‘ladigan abstrakt model.

200

Savol: Bir tilning o‘zida ham qo‘shimchalar, ham yordamchi birliklar orqali grammatik ma’no ifodalansa, til tipi qanday aniqlanadi?

 Javob: Bitta hodisaga emas, ustuvor tipologik xususiyatlar majmuasiga qarab aniqlanadi.

200

Savol: Xitoy tilida so‘zlar deyarli o‘zgarmaydi, grammatik munosabatlar so‘z tartibi va yordamchi vositalar orqali ifodalanadi. Qaysi tipga yaqin?

Javob: Izolyativ (amorflik) tip.

200

Savol: O‘zbek va yapon tillari qarindosh emas, lekin ikkalasida ham SOV va fe’lning gap oxirida kelishi kuzatiladi. Bu qarindoshlikni isbotlaydimi?

Javob: Yo‘q. Bu tipologik o‘xshashlik, ya’ni strukturaviy parallellikdir

200

Savol: Ikki tilda ham ega–obyekt–fe’l munosabati mavjud. Tuzilish modeli o‘xshash. Bu qanday munosabat?

Javob: Izomorfizm — strukturaviy munosabatlarning o‘xshash tashkil topishi. v

200

Savol: O‘zbek tilining agglutinativ tipini aniqlash uchun faqat kitoblarimizdan so‘zini tahlil qilish yetarlimi?

Javob: Yo‘q. Til tipi ko‘plab tipologik belgilar majmuasi asosida aniqlanadi: qo‘shimchalar, kelishik, egalik, fe’l shakllari, so‘z yasalishi, gap qurilishi va boshqalar.

300

Savol: “Til tipi faqat morfologik tuzilishga bog‘liq” deyish to‘g‘rimi?

Javob: Yo‘q. Morfologiya bilan birga gap qurilishi, so‘z tartibi, sintaktik munosabatlar va ayrim fonologik xususiyatlar ham hisobga olinadi.

300

Savol: kitob-lar-imiz-dan tarkibida har bir affiks alohida grammatik ma’no beradi. Bu qaysi tipning muhim belgisi?

Javob: Agglutinativ tip.

300

Savol: O‘zbek va ingliz tillarini qiyoslaganda: o‘zbek — agglutinativ, SOV; ingliz — analitik, SVO. Bu qanday munosabatni ko‘rsatadi?

Javob: Tipologik farqni.

300

Savol: Agar ikki tilda ko‘plik ma’nosi mavjud bo‘lsa, lekin biri affiks, ikkinchisi alohida birlik orqali ifodalasa, bu izomorfizmmi yoki allomorfizmmi?

Javob: Allomorfizm, chunki funksional ma’no umumiy, ifoda vositasi turlicha

300

Savol: “Til tipi o‘zgarmaydi, chunki tilning asosiy strukturasi doimiy” degan fikrga munosabatingiz?

Javob: Noto‘g‘ri. Tillar tarixiy taraqqiyot davomida strukturaviy xususiyatlarini o‘zgartiradi; shuning uchun til tipi mutlaq va abadiy o‘zgarmas kategoriya emas.

400

Savol: Agar tilning barcha grammatik ma’nolari faqat affiks orqali ifodalansa, uni avtomatik ravishda “sof agglutinativ” deyish mumkinmi?

Javob: Yo‘q. Zamonaviy tipologiyada sof tipdan ko‘ra dominant xususiyatlar muhim.

400

Savol: Bitta so‘z tarkibida juda ko‘p morfemalar birikib, butun bir gapga teng mazmun hosil qilsa, qaysi tip haqida gap ketmoqda?

Javob: Polisintetik tip.

400

Savol: O‘zbek tilida kelishiklar rivojlangan, ingliz tilida esa juda cheklangan. Bu farq qaysi tipologik parametrga taalluqli?

Javob: Grammatik/morfologik tipologik parametrga, xususan grammatik ma’noni ifodalash usuliga.

400

Savol: Izomorfizmni “ikki til mutlaqo bir xil” deb tushunish mumkinmi?

Javob: Yo‘q. Izomorfizm faqat muayyan strukturaviy munosabatdagi o‘xshashlikni bildiradi.

400

Savol: Nega til tipini aniqlashda bitta grammatik hodisa yetarli emas?

Javob: Chunki til tipi bir-biri bilan bog‘langan ko‘plab tipologik belgilar umumlashmasi asosida belgilanadi.

500

Savol: “Til tipi — tilning barcha xususiyatlarining oddiy ro‘yxati” deyish mumkinmi?

Javob: Yo‘q. Til tipi — turli sathlardagi xususiyatlarning umumlashtirilgan abstrakt strukturaviy modeli.

500

Savol: Tadqiqotchi tilni faqat morfologik belgilar asosida tasniflab, sintaksis va so‘z tartibini butunlay e’tibordan chetda qoldirdi. Uning yondashuvidagi muammo nimada?

Javob: Tipologik tasnifni haddan tashqari toraytirgan. Til tipini belgilashda bir necha sath xususiyatlari hisobga olinishi kerak.    

500

Savol: O‘zbek va yapon tillaridagi SOV o‘xshashligi ularning tarixiy qarindoshligini isbotlamaydi. Unda bunday o‘xshashlikning ilmiy ahamiyati nimada?

Javob: U strukturaviy-tipologik parallellikni aniqlashga imkon beradi.

500

Savol: Izomorfizm va allomorfizmni bir misolda ajrating: ikki tilda bir xil sintaktik model mavjud, ammo grammatik ma’no turli vositalar bilan ifodalanadi.

Modeldagi o‘xshashlik — izomorfizm; uni ifodalash vositalaridagi farq — allomorfizm.

500

Savol: “Til tizimi → strukturaviy xususiyatlar → tipologik belgilar → umumlashtirish → til tipi” zanjirida eng muhim mantiqiy jarayon qaysi?

Javob: Umumlashtirish, chunki ko‘plab konkret strukturaviy belgilar asosida abstrakt til tipi hosil qilinadi.