Jazoir
Tunis
Marokash
100

Jazoir shoirlarini sanab bering

Rida Xuxu, Benhaduga, Ahmad Ashur, Tohir Vattor, Mavlud Firavn, Muhammad Dib, Katib Yasin, Rashid Budjeyra va boshqalar 

100

Tunis shoirlarini sanab bering

Muhammad Mzali, Mahmud Bayram, Najiya Samer, Muhammad Shazili Haznadar va boshqalar 

100

Marokash yozuvchilar uyushmasi qachon tashkil etildi? 

1960 yilda

200

Jazoirda she’riyat va nasrdagi birinchi ko‘zga ko‘rinarli asarlar XX asrning nechinchi yillarida paydo bo‘lgan?

40-50 yillarida paydo bo‘lgan. 

200

Birinchi davlat nashriyoti «Tunis pioneri» nechinchi yilda tashkil etildi?

1860 yilda

200

1956-yil Marokash o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach Marokash adabiyotida qanday yo’nalish vujudga keldi?

1. Islohatchilik yo‘nalishi, unga yozuvchilar, publisistlar, jamoatchi arboblar – salafiylar tarafdorlari kiradi.

2. Keskin ravishda tubdan yangilash yo‘nalishi bo‘lib unga jurnalistlar, yozuvchilar, olimlar, faylasuflar va boshqa madaniyat hodimlari kiradi. 

300

Jazoirning arabiyzabon shoirlarini yozgan asarlari bilan birgalikda sanab bering

Rida Xuxu «Hakim eshagi bilan» (1953), «Ilhomlantiruvchi ayol» (1954), «Inson xarakteri», «Makkalik qiz» (1947)

Benhaduga «Jazoir soyasi» (1965), «Yetti shu’la» (1962), «Yozuvchi va boshqa hikoyalar» (1974) nomli uchta hikoyalar to‘plami, «Janub shamoli» (1971), «Kechaning oxiri» (1975), «Ko‘z ochilishi» (1980), «Jaziya va darvishlar» (1983) nomli to‘rtta romani mavjud.

Tohir Vattor «Yuragimdagi tutun», «Tarqoq zarba» va «Jangchi mana shu xaftada qaytmoqda» hikoyalar to‘plami mavjud.


300

1978 yilda yosh yozuvchilar va yosh adabiyotchilar uchun qanday jurnal tashkil etildi?

«Al-Ahilliya» «Do‘stlar»

300

Siyosiy-vatanparvarlik she’riyati yo‘nalishining yorqin namoyondalari kimlar? 

Allal al-Fasi (1910-1974), Muhammad al-Muxtar as-Susi (1900-1963), al-Mekki an-Nasiri (1905 y.t.), Abdulmalik al-Balgisi, Abdulqodir Lamqaddim (1907-1985) va boshqalar.

400

Jazoirning fransuzzabon shoirlarini yozgan asarlari bilan birgalikda sanab bering

Mavlud Firavn “Kambag‘alning o‘g‘li” romani,
“Qobiliya kunlari”, “Yer va qon” dostoni va “Yo‘l” hikoyalar to‘plami.


400

Muhammad Mzali qachon va qayerda tug'ilgan? U qaysi jurnal asoschisi hisoblanadi?

Muhammad Mzali 1925-yil 23-dekabrda Tunisning Monastr shahrida tug’ilgan. «Al-Fikr» («Fikr») jurnalining asoschisi hisoblanadi.

400

XX asrning 60-80 yillarda nasrning boshqa janrlariga nisbatan hikoyanavislik jadal rivojlandi. Lekin Marokashda roman janrining shakllanishida qanday adabiyotlarning ta’siri katta bo‘ldi?

Zamonaviy Misr romannavisligining shuningdek, fransuz va Amerika adabiyotining ta’siri katta bo‘ldi. 

500

Jazoirda madaniy va adabiy yangilanish harakati qachon boshlandi? Mazkur tashkilotning doimiy nashr manbalari qaysilar?

XX asrning 20-yillarida, ya’ni Musulmon ulamo-ma’rifatparvarlarining Assotsiatsiyasining tashkil etilishi bilan boshlandi. Tashkilotning doimiy nashr manbalari «Ash-shahab» (1925) va «Al-Basair» (1936) xisoblanadi.

500

Mahmud Bayram qachon va qayerda dunyoga kelgan? 1919 yilda Aleksandriyada chiqadigan qaysi jurnal bilan hamkorlik qilib, o‘zining adabiy faoliyatini boshlaydi? 

Mahmud Bayram at-Tunisi 1893-yilda Aleksandriya shahrida tunislik oilada dunyoga kelgan. «Yodgorlik toshi» («al-Misalla») jurnali bilan hamkorlik qilib, o‘zining adabiy faoliyatini boshladi.

500

XX asrning 60-yillar oxiri 70-yillar boshlarida Marokash she’riyatida o‘zining yangi she’riy san’ati bilan kimlarning o‘rni katta?

at-Tabbal va al-Majjatilarning o‘rni kattadir.