Ijmoning shari'y hujjat ekanligiga Qur'ondan dalil keltiring.
Niso surasi- 59 oyat.
Imom Burhonuddin Marg'inoniy rohmatullohi alayhni mashxur shoh asari "Hidoya" kitobining tanqidga uchrashining asosiy sababi nima edi?
"Hidoya" asarida muallif hadislardan dalil keltirishda, hadisning roviysini zikr qilmaganligidadur.
Agar tahorat olguvchi kishi tahoratning sunnatlarini tari etsa, nimadan mahrum bo'ladi?
Ajr savobdan mahrum bo'ladi.
Arab tilida yozilgan 5 tafsir asarlarini keltiring
Tafsir Tabariy
Tafsir Nasafiy
At taysir fi tafsir
Tafsir Jalolayn
Ta'vilatu ahli sunna
صاحب كتاب (الانمذج)
جار الله زمخشري
Agar Mukallaf uchun ishning bo'lishini talabi qati'y bo'lmasa u taklifiy hukm qismlarini qaysi biri?
Mandub
"Agar hadis sahih bo'lsa u mening mazhabimdir"
Bu jumla asosan qaysi mujtahid olimga izofa qilinadi?
Imom Shofei' rohmatullohi alayh
Bir kishi tahorat qilganiga amin, ammo u tahorati buzilgan yoki buzilmaganligida shak qilyabdi. Agar u namozxon ushbu tahorat bilan namoz o'qisa namozi to'gri bo'ladimi?
Xa to'gri bo'ladi
Zamonaviy arab tilida yozilgan ikki tafsir kitobini zikr qiling.
1 Sofvatut Tafasiyr
2 At tafsiyrul Muniyr
اذكر الأسماء الخمسة
ابوك، اخوك، حموك، فوك، ذو مال.
Alloh taoloni Baqara surasida ro'zani farz qilgan oyatini eslang! Mazkur oyat Usulul fiqh ilmini شرع من قبلنا masdariga misol bo'la oladimi yoki misol bo'la olmaydimi?
Misol bo'la oladi
Roviydagi ta'na nechta sababga ko'ra amalga oshiriladi.
10
Imom Shayboniy rohmatullohi alayh "Ziyodot" asarini qaysi kitobini kamchiliklarini to'ldirib ketish uchun ta'lif qilgan?
الجامع الكبير
Qur'onda beayb ayblangan hayvonni keltiring va u qaysi surada kelgan?
Yusuf surasi.
Bo'ri.
(اعوذ بكلمات الله)
اعرب كلمة "كلمات"
كلمات: اسم مجرور بالباء و علامة جره الكسرة و هو مضاف
Vaqti tayinlangan vojibni mukallaf o'sha ko'rsatilgan muayyan muddat chiqib ketgandan so'ng bajarsa, uni nima deyiladi?
Qazo
Yolg'on hadisni to'quvchilar qanday ikkita asosiy yo'ldan foydalanishgan?
1: Hadis to'quvchi o'zidan bir gap aytib unga isnod ulab so'ngra uni rivoyat qiladi.
2: Ba'zi bir hakim zotlarni hikmatlarini olib unga isnod ulab so'ngra uni rivoyat qiladi.
Imom Tahanoviyni "Muxtasar fi fiqhil hanafiy" kitoblari bo'yicha emiziklik bolani og'zini to'ldirib sutni qusishi najasmi yoki najas emasmi?
Mukallaflik masalasini ham inobatga oling.
Najas
Alloh taolo Qur'onda o'z kitobini qanday sifatlar bilan sifatlaydi? Beshtasini keltiring.
Nur
Majid
Aziz
Mubin
Shifo
من من من من من اللّٰهُ عَلَيْهِ
مَنْ مَنَّ مِنْ مَنٍّ مَنَّ الله عليه
"Aslning hukmiga asos bo'lgan sifat. Aynan mana shu sifat far'da ham mavjudligi sababli, far'ga aslning hukmini beriladi".
Savol: Quyida Qiyosning qaysi rukni haqida gap ketti?
Illat
Hanafiyya mazhabi usul ilmi ulamolari yo'li bo'yicha agar ohod xabar bir qiyosga xilof kelib boshqa bir qiyosga muvofiq kelsa, mazkur ohod xabar qiyosdan ustun qo'yiladimi yoki u xabar rad qilinadimi?
Mazkur ohod xabar qiyosdan ustun ko'rilib qabul qilinadi.
Umrim bo'yi ro'za tutmayman deb qasam ichgan odam, qasamida turishligi uchun qanday shari'y hiyla ishlatadi?
Har yili o'sha qasam ichgan odam muborak Ramazon oyida safarga chiqib ketadi.
Qur'on bilan Hadisi Qudsiy orasida to'rta farqni zikr qiling.
1 Qur'onni e'jozligi ammo hadisi qudsiy e'joz emasligi.
2 Qur'onning barchasi mutavotir ammo hadisi qudsiyni barchasi mutavotir emasligi.
3 Qur'on lafzan va ma'nan Alloh tarafidan ammo qadisi qudsiy faqat ma'nosi Allohdan lafzi esa Rasulidandur.
4 Qur'on tilovati ibodatdur ammo hadisi qudsiy ibodat emasdur
(وَ كَلَّمَ اللّٰهُ مُوسَى تَكْلِيمًا)
Ushbu oyatda mafu'l mutlaqni qaysi turi qo'llanilgan
مؤكد للفعل