12.1-12.2-mavzular.
12.3-mavzu.
12.4-12.5-mavzular.
12.6-12.7-mavzular.
12.8-mavzu.
100

«Huquqiy tizim» atamasi quyidagi uch ma’noda qo'llaniladi: 

Bular qaysilar?

- ijtimoiy-iqtisodiy ma’noda

 - biror mamlakatning huquqiy tizimi ma’nosida;

 - turli mamlakatlar huquqiy tizimlarining birligi ma’nosida. 

100

Huquq tizimining quyidagi tarkibiy qismlari mavjud: 

Bular qaysilar?

a) huquq normasi;

 b) huquq instituti;

 s) huquq sohasi.

100

Huquqiy tartibga solish metodi haqida ma'lumot bering.

Huquqiy tartibga solish metodi - mavjud ijtimoiy munosabatlarga huquqning ta’sirida qollaniladigan usullar, vositalar majmuidir.  

100

Roman-german huquq oilasi xususiyatlaridan biri - bu?

Roman-german huquq oilasi xususiyatlaridan biri huquqning ommaviy va xususiy huquqqa bolinishidir.

100

Kodifikatsiya - nima?

Kodifikatsiya - bu normativ-huquqiy hujjatlarni ularning mazmuniga o‘zgartirish kiritish orqali mantiqiy asosda yagona hujjatga tizimlashtirishdir.

200

Huquqiy tizimlarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 

Bular qaysilar?

roman-german (kontinental) huquq oilasi;

 umumiy (anglo-sakson) huquq oilasi;

 Skandinaviya mamlakatlarining huquqiy tizimlari;

 Lotin Amerikasi mamlakatlarining huquqiy tizimlari;

 Uzoq Sharq mamlakatlarining huquqiy tizimlari;

 diniy-an’anaviy huquq oilasi; 

 sotsialistik huquq oilasi;

 aralash huquqiy tizimlar.

200

Huquq institutlariga ta'rif bering.

Huquq institutlari - bu o‘zaro bog'liq bo'lgan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari guruhidir.

200

Moddiy huquq - nima?

Moddiy huquq - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlovchi huquq normalari tizimi.  

200

Ommaviy huquq haqida ma'lumot bering.

Ommaviy huquq - bu umumiy ommaviy va davlat manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan huquq sohalaridir.

200

Qonun asoslari haqida ma'lumot bering.

Qonun asoslari - bu huquqning muayyan sohasi yoxud davlat boshqaruvi muayyan doirasining muhim qoidalarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatdir.

300

TIZIM - so'ziga ta'rif bering.

TIZIM - so'zi  yunoncha tildan olingan bo'lib,o'zbek tilida ''yaxlit'' , ''qismlardan iborat '' deagan ma'nolarni anglatadi.

300

Huquq sohasi - nima?

Huquq sohasi - bu ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soluvchi huquq normalari va huquq institutlarining yig'indisidir.

300

Huquqlarni amalga oshirish, majburiyatlarni bajarish va ijro etish tartibini belgilovchi normalar.

Berilgan ta'rif nima haqida?

Protsessual huquq

300

Xususiy huquq haqida ma'lumot bering va misollar keltiring.

Xususiy huquq - bu alohida shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) ehtiyojini qondirish va manfaatini himoya qilishga qaratilgan huquq sohalari.

 Masalan, fuqarolik, oila, mehnat huquqi va boshqalar.

300

Kodeks haqida ma'lumot bering va misollar keltiring.

Kodeks - ijtimoiy hayotning asosiy sohalarida amal qiluvchi hamda huquqiy tizimning barqarorligini talab etuvchi kodifikatsiyalashgan hujjatlarning eng keng tarqalgan turidir.

 (Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va hokazolar).

400

Huquqiy tizimning tarkibiy qismlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

Bular qaysilar?

1) normativ xususiyatga ega bo'lgan tarkibiy elementlar: 

2) harakatda (muayyan jarayon orqali) ifodalanadigan tarkibiy elementlar: 

3) g‘oyaviy - mafkuraviy mazmunga ega bolgan elementlar: 

4) tashkiliy - tarkibiy elementlar:

400

Huquq normasi haqida ma'lumot bering.

Huquq normasi - davlat tomonidan o'rnatiladigan yoki ma’qullanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy xulqatvor qoidasi.

400

Bir vaqtning o'zida ham moddiy, ham protsessual huquq instituti hisoblanadi - bu nima?

Vakillik instituti.

400

H. Odilqoriyevning fikricha, qonunchilik ikki xil ma’nodaqo‘llaniladi: 

Bular haqida ma'lumot bering.

ohalari ham «o‘z» kodekslariga ega emas. H. Odilqoriyevning fikricha, qonunchilik ikki xil ma’nodaqo‘llaniladi:

 1) qonunchilik - bu davlat hokimiyati organi tomonidan qonunlar chiqarishga qaratilgan o‘z funksiyasini amalga oshirish usuli; 

2) qonunchilik - bu mamlakatda amal qiluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar yig'indisi

400

Inkorporatsiya - nima?

Inkorporatsiya (lot. Incorporatio) - tizimlashtirishning bir turi bo‘lib, bunda kodifikatsiyadan farqli o‘laroq amaldagi qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari va boshqa normativhuquqiy hujjatlarning mazmuniga biron-bir o'zgarish kiritilmasdan, ular xronologik, alifbo, mavzu boyicha yoki o‘zgacha tartibda tizimga solib nashr qilinadi.

500

Huquq tizimi - nima?

Huquq tizimi - bu ijtimoiy munosabatlarning xarakteri bilan bog'iiq bo‘lgan huquqning ichki tuzilishi bo‘lib, u huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalarining qat’iy ilmiy izchillikda joylashgan tartibidir.

500

Huquq tizimining eng asosiy, dastlabki tarkibiy qismi bo‘lib, davlat joriy etgan, bajarilishi jamiyatning barcha a’zolari uchun majburiy bo‘lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yurish-turish qoidasidir.

Gap nima haqida ketmoqda?

Huquq normasi.

500

Da’vo qo‘zg‘atish muddatining o‘tishi roman-german va anglo-sakson huquqiy tizimlarida turlicha huquqqa bo'linadi, bular qaysilar?

Da’vo qo‘zg‘atish muddatining o‘tishi roman-german huquqiy tizimida moddiy huquqqa, anglo-sakson huquqiy tizimida esa protsessual huquqqa kiradi.

500

Huquq tizimi va Qonunchilik tizimi haqida ma'lumot bering.

Huquq tizimi, ya’ni huquqiy tartibga solish predmeti va metodi yagonaligi mezoni bo‘yicha tartiblashtirilgan normalar ijtimoiy munosabatlarni har tomonlama tartibga solish maqsadida tarkib topadi.

 Qonunchilik tizimi, ya’ni ijtimoiy hayot ehtiyojlari taqozo etgan obyektiv mezonlar asosida muayyan tartibga keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar.

500

Rasmiy inkorporatsiya va  Norasmiy inkorporatsiya 

Bular haqida ma'lumot bering.

Rasmiy inkorporatsiya deganda normativhuquqiy hujjatni chiqargan organ tomonidan to‘plam va majmua shaklida tizimlashtirish tushuniladi.

 Norasmiy inkorporatsiyada tizimlashtirilgan to‘plamlar tuzish buning uchun maxsus vakolati bo'lmagan idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi