Gipofiz bezi organizmda qanday rol o‘ynaydi?
Gipofiz bezi boshqa bezlarning faoliyatini boshqaruvchi "boshqaruvchi bez" hisoblanadi. U o‘sish, rivojlanish va gormonlar ishlab chiqarishni tartibga soladi.
Fermеntning substratga nisbatan spetsifikligi nimaga asoslanadi?
Fermеntning aktiv markazi substratning tuzilishiga mos keladi
Inson tanasida qancha suyak bor va ular hayot davomida qanday o‘zgaradi?
Tug‘ilganda ~270 ta suyak bo‘ladi, kattalarda esa 206 ta, chunki ba’zi suyaklar birlashadi.
Antik davrda inson anatomiyasini o‘rgangan va "Anatomiyaning otasi" sifatida tanilgan yunon olimi kim?
Gippokrat
Diffuziya nima?
Diffuziya – bu moddalar yuqori konsentratsiyadan past konsentratsiyaga o‘tishi jarayoni.
Insulin va glyukagon gormonlari bir-biriga qanday qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi?
Insulin qonda glyukoza miqdorini kamaytiradi, glyukagon esa oshiradi.
Lipaza fermеnti qaysi substraktga ta’sir qiladi va mahsulotlari qanday?
Lipaz yog‘larga ta’sir qiladi, ularni glitserin va yog‘ kislotalariga parchalaydi.
Suyaklarning tuzilishida qanday moddalar ishtirok etadi?
Kollagen (moslashuvchanlik uchun), kalsiy fosfat va kalsiy karbonat (qattiqlik uchun).
Leonardo da Vinchi anatomiya sohasida qanday hissasini qo‘shgan?
U o‘zining chizmalarida inson tanasining ichki tuzilishini batafsil tasvirlagan.
Agar bir piyola suyuqlikda shakar eritilsa, shakar qanday tarqaladi?
Shakar molekulalari diffuziya orqali suyuqlikda teng taqsimlanadi.
Gormonlarning organizmda qanday asosiy vazifalari bor?
Metabolizmni boshqarish, o‘sish va rivojlanishni nazorat qilish, muvozanatni saqlash, stressga javob berish.
Pepsin fermеnti qaysi sharoitda faol bo‘ladi?
Pepsin kislotali muhitda (pH ≈ 2) faol bo‘ladi, chunki u oshqozon shirasi tarkibida mavjud
Qanday turdagi suyaklar bor? Misollar keltiring.
Inson suyak tizimining tuzilishini birinchi bo‘lib ilmiy asosda o‘rgangan olim kim?
Andreas Vezaliy.
Diffuziya qanday omillarga bog‘liq?
Temperaturaga, moddalar hajmiga va konsentratsiya farqiga bog‘liq.
Buyrakusti bezlar qaysi holatlarda ko‘proq faol ishlaydi va qaysi gormonlarni ishlab chiqaradi?
Stress holatida buyrakusti bezlar adrenalin va kortizol gormonlarini ko‘p ishlab chiqaradi. Ular yurak urishini tezlashtiradi, qonni mushaklarga yo‘naltiradi.
Nega fermеntlar quruq holatda faol bo‘lmaydi?
Suv molekulalari fermеnt va substrat o‘rtasidagi bog‘lanishni osonlashtiradi.
Suyaklar orasidagi bo‘g‘inlar turlarini sanab bering.
Qaysi olim inson ichki organlarining fiziologik funktsiyalarini aniq aniqlashda kashshof bo‘lgan?
Ivan Sechenov (markaziy nerv tizimi funksiyalari bo‘yicha).
Agar biz havoni issiq qiladigan bo‘lsak, diffuziya tezligi qanday o‘zgaradi?
Issiqlik ortishi bilan molekulalar tezroq harakatlanadi, shuning uchun diffuziya tezlashadi.
Nima uchun qalqonsimon bezning yod moddasi bilan yetarli ta’minlanishi muhim?
Yod qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin) sintezi uchun zarur. Yod yetishmasa, bo‘qoq (gipotireoz) rivojlanadi.
Reaksiyadan keyin fermеntlar o‘z shaklini saqlaydimi?
Ha, fermеntlar reaksiyadan keyin qayta ishlatilishi mumkin, chunki ular kimyoviy o‘zgarishga uchramaydi.
Kalsiy moddasining yetishmovchiligi suyaklarga qanday ta’sir qiladi?
Suyaklar mo‘rtlashadi.
Immunitet haqida birinchi nazariyani kim ishlab chiqdi?
Ilya Mechnikov (fagotsitoz nazariyasi).
Agar ikki suyuqlik bir-biriga aralashtirilsa, masalan, sharbat va suv, ularning tarkibi qanday o‘zgaradi?
Sharbat va suv molekulalari bir-biriga diffuziya qilib, suyuqlikda teng taqsimlanadi.