"Salafiylik" tushunchasi qanday ma'noni anglatadi?
Arab tilidagi "salaf" so'zidan olingan bo'lib, "avval yashab o'tganlar", "ajdodlar" ma'nolarini anglatadi.
Hadislarga ko'ra "Salafiylik" tushunchasi aytilganda, qaysi davrda yashagan musulmonlar tushuniladi?
Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) zamonlari va undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar tushuniladi.
Islom mujtahid ulamolari ilk musulmonlarni qanday nom bilan atashgan?
"Salafi solih", "Solih ajdodlar"
So'ngi vaqtlarda qanday shior ostida "salafiylik" mafkurasini bayroq qilib olgan soxta salafiylar paydo bo'lmoqda?
"Salaf solihlarga ergashish"
Hozirgi kundagi "Salafiylar" ni nechta guruhga ajratish mumkin?
2 ta
Hozirgi kunda soxta salafiylarni 2 xil guruhi mavjud. Soxta salafiylarni birinchi guruhi qanday faoliyatlarni amalga oshirmoqda?
Davlat boshqaruvida shariatning ustuvorligiga erishishda jangu-jadallar bilan harakat qiladigan radikal salafiylar. Bu toifadagi soxta salafiylar "jihod" g'oyasining mazmunini buzib talqin qilib, unga jangarilik tusini beradi.
Hozirgi kunda soxta salafiylarni 2 xil guruhi mavjud. Soxta salafiylarni ikkinchi guruhi qanday faoliyatlarni amalga oshirmoqda?
Jangarilik faoliyati bilan shug'ullanmaydigan "mo'tadil " salafiylar.Ular o'z mutaassib fikrlaridan qaytmagan holda, boshqa qarashlarga nisbatan hurmat bilan qaraydiganlar guruhiga mansub bo'lib, muayyan mazhabga mansub bo'lishni yoqlamaydilar.
Soxta salafiylikning zarur g'oyaviy asoslari kimning faoliyati bilan bog'liq?
Suriyalik Ibn Taymiya
XVIII asrda tarixiy adabiyotlarda qanday nom olgan harakatlar paydo bo'ldi?
"Ad-da'vatud damaviya" "qonli da'vat"
Qaysi shaxslarni radikal fikrlari soxta salafiylik mafkurasi rivojiga katta hissa qo'shdi?
Abul A'lo al-Mavdudiy, Hasan al-Banno, Sayyid Qutb, Abdusalom Faraj, Abdurahmon al-Kavokibiy, Ayman az-Zavohiriy, Usoma bin Lodin
Hozirgi kunda Jazoir davlatida soxta salafiylikning qanday guruhi mavjud?
"Humaat ad-da'va as-salafiya"
Soxta salafiylar qanday g'oyalarni ilgari suradilar?
"Jihod" ni islomning oltinchi arkoni deb hisoblaydilar
"Takfir" va "Hijrat" masalasini ilgari suradilar
Fiqhiy mazhablarni inkor qilib, mazhabsizlikni targ'ib qiladilar
Markaziy osiyo mintaqasida soxta salafiylikka mansub qanday nom ostida terrorchi guruh mavjud?
" Turkiston islom harakati"
Hozirda soxta salafiylik g'oyasi ostida qaysi hududlarda faoliyat olib boradigan harakatlar mavjud?
Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyoning ayrim hududlari
Nechanchi yilda soxta salafiylar tomonidan O'zbekistonda bir qator diniy ulamolarga nisbatan tajovuzlar uyushtirilgan?
2009-yilda
2007-yil qayerda soxta salafiylarning 4 nafar a'zosi inkassator va yirik tadbirkorlarga hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko'rayotganida qo'lga olingan?
Qozog'istonning Qarag'anda viloyatida
2007-yilda Tojikistonda paydo bo'lgan soxta salafiylar tomonidan hanafiy mazhabi vakillari qanday nom bilan e'lon qilingan?
"Xidoyatdan adashganlar"
2007-yilda Tojikistonda paydo bo'lgan soxta salafiylar tomonidan shia musulmonlar qanday nom bilan e'lon qilingan?
"Kofir"
1998-yilda qaysi davlatlarda portlatishlar sodir bo'lgan?
Keniya va Tanzaniya
Soxta salafiylar tomonidan nechanchi yilda Toshkent shahridagi AQSH va Isroil elchixonalarida portlatishlar sodir etilgan?
2004-yilda
Soxta salafiylar tomonidan Qirg'izistonning qayerida portlatishlar sodir etilgan?
Yahudiylar sinagogasida
Soxta salafiylar necha asrdan beri Islomning yetuk allomalari, faqihu mujtahidlari qabul qilgan fatvolarga amal qilishga qarshi chiqadilar?
14 asr
"Salafiylik islomiy mazhab emas, balki u muborak davr bosqichidir" Ushbu fikr muallifi kim?
Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy rahimahulloh
Soxta salafiylarning da'volarini sanang
-har qanday yangilikni bid'at deish
-tasavvufni tan olmaslik
-o'zlariga ergashmaganlarni kofir deyish
"Ahli sunna val-jamoa" an'anasiga ko'ra, salafi solihlar davridan keyin yashagan musulmonlar qanday nom bilan ataladi?
"Xalaflar"