Maya davlatida cheksiz huquqqa ega bo'lgan hokim (Buyuk odam) kim?
Halach Vinik
Jayniylik dini vakillari e'tiqod qilishicha, bu ta'limotga kimlar asos solgan?
24 tirthakar (payg'ambar yoki avliyo)
Tafsir, hadis, fiqh kabi ilmlarning shakllanishiga sabab bo'lgan omilni belgilang.
Qur'onning nozil bo'lishi
Butparastlik ilmiy terminda qanday nomlanadi?
Paganizm
Har uchala jamoaga bittadan savol. Tog'ri javob uchun har bir jamoaga 300 ball
1. GM avtosanoat kompaniyasining logotipida ,,Xoch" tasviri mujassamlashganmi?
2. O'rta Osiyodagi ilk madrasa qayerda, qachon va qay nom ostida tashkil etilgan?
3. Qaysi davlat ikkita okean bilan chegaradosh, lekin dengiz bilan emas?
1. Yoq. Logotip asoschilarining fikricha unda bo'yinbog' tasviri mujassam etgan.
2. Buxoro- Xasr- Farjak 7-sinf O'zb
3.Kanada (Atlantika va Tinch okeani)
1.Borliqning shakllanishi yoki yaratilishi haqidagi ta'limot-...
2.Tabiat kuchlarini ifodalovchi xudolarning kelib chiqishi haqidagi afsonalar to'plami-...
1.Kosmogoniya
2.Teogoniya
Jayniylikni m.a. III asrda ikki yo'nalishga bo'linishining sabablarini bayon qiling.
(Har bir javob uchun 100 ball)
1.Rohiblar orasida og'zaki matnlarni kitob holatiga keltirish
2.Kiyinish mavzusidagi tortishuv va kelishmovchiliklar
Ushbu ro'yxatda qaysi ikki sura ortiqcha.
Anfol, Nur, Fath, Muhammad, Mumtahana, Mutoffifin, Moida, Mujodala, Munofiqun, Qadr, Jumu'a, Ahzob, Hujurot, Hadid.
Mutoffifin, Qadr- Makkiy suralar hisoblanadi. Qolgan boshqa barcha zikr etilgan suralar Madaniydir.
Shialarning sunniylikka yaqin firqasi ,,Zaydiya" firqasi hisoblanadi. Shunday ekan ularning qanday (asosan ikki) e'tiqodi sunniylikdan farqlanadi?
1.Gunohkorning do'zaxda abadiy qolishi
2.Muhammad s.a.v dan so'ng insoniyatning afzali Ali r.a - degan e'tiqodlari
Osmono'par bino quruvchilari qaysi jonzotlarning ishlash uslubidan andoza olib uylarni qurishadilar?
Chumoli va o'rgimchak
Veda ta'limotiga ko'ra nima tabiat va jamiyatda tartibni ta'minlashga yordam beradi?
Qurbonlik
Nega jayniylik Hindistondan tashqariga chiqa olmagan?
1.Haddan tashqari zohidlik hayotiga chaqirgani
2.Qattiq intizomga asoslangani uchun
Bilamizki musulmon kishi uchun kuniga 5 vaqt namoz ibodatini qoim qilish farz ibodat hisoblanadi.U namozlarning ba'zilari jahriy va ba'zilari maxfiy qiroatda ado etiladi.
Diqqat savol: Jahriy maxfiy qiroatlarning mohiyati nimada?
Negaki islomning avvalida bomdot, shom va xufton namozlari jahriy qiroatda ado etilardi. U vaqtlarda mushriklar (bomdot va xufton vaqtlarida) uxlar va (shom vaqtida) taom yer edilar.
Peshin va asr namozlarini odamlar bilib qolishmasin- deb maxfiy ado etardilar.
Unda nega bugungi kunda ham shu tarzda ibodatlar ado etilyapti. (bugun unaqa xavf-xatarlar yoq-ku?)
J: Bu din nimaning evaziga sizgacha yetib kelganini yodingizda saqlab turishingiz uchun.
Yahudiylar amal qiladigan ,,O'n amr" nimalardan iborat.
(Har bir javob uchun 50 ball)
1.Yahvedan boshqa iloh yo'qligiga iymon keltirish
2.Yahvedan boshqaga ibodat qilmaslik
3.Xudoning nomini bo'lar-bo'lmasga ishlatavermaslik
4.Shanba kunini muqaddas bilish
5.Ota-onani hurmat qilish
6.Qotillik qilmaslik
7.Zino qilmaslik
8.O'g'rilik qilmaslik
9.O'z yaqinlari haqqiga yolg'on guvohlik bermaslik
10.Yahudiy bo'lganlarning mulkiga ko'z olaytirmaslik
Open Budjet haqida fikringiz qanday?
Fikringizni komentariyada yozib qoldiring.
Tushunmagan narsangizni tushunib turib tushunmaganingiz,tushunmasdan tushunib turib tushungan narsangizni tushunib tushunmaganizdan tushunarliroqdir.Hozir nima deganimni o'zim ham tushunganim yoq.
Bonus 300 ball
Hind diniy falsafasida dunyo o'z ibtidosidan to qiyomatga qadar davr nuqta-i nazaridan ,,to'rtbosqich"ga bo'linadi.
Ular qaysilar va har bir davrda qanday insonlar yashaydi?
1.Satyug- Haqiqatgo'y insonlar yashaydigan davr
2.Treta- Qobil insonlar yashaydigan davr
3.Drapra- Ma'naviyatidan manfaati kuchli bo'lgan insonlar yashaydigan davr
4.Kalyug-Oxirzamonning gunohkor insonlari yashaydigan davr
Brahmanlikda qanday tushunchalar markaziy o'rinda turadi va ularni sharhlang?
(Har bir javob uchun 100 ball)
1.Dxarma-Hayot asosi
2.Sansara-Tug'ilish va o'lim charxpalagi, hayvon ko'rinishida qayta tug'ilishga ishonch
3.Karma-Qayta tug'ilish tartibi insonning hayotlik vaqtida qilgan amallariga bog'likligiga ishonish
4.Moksha-Qayta tug'ilish va o'lim charxpalagidan halos bo'lish
Hazrati Ali r.a va Muoviya r.a o'rtalarida bo'lib o'tgan hodisa haqida so'rashganida, u kishi: ,,O'shanda shunday fitna bo'lgandi-ki, Alloh qilichlarimizni unga qo'shilib qolishidan omonda saqlagan edi. Endi o'sha fitnaga tilimiz bilan qo'shilib qolishlikdan saqlanaylik"- dedilar.
Ushbu gap muallifi kim?
Umar ibn Abdulaziz rohimahulloh
Musulmonlar Madinaga hijrat qilganlaridan so'ng, makkaliklarning karvonlariga hujum qiladilar. Bu qaroqchilik emasmi?
Qaroqchilik odatda manfaat uchun bosqinchilikni anglatadi, musulmonlar esa o‘zlarining musodara qilingan mol-mulki va xavf ostidagi dinlari uchun kurashgan.
Dastlab Misrda qanday insonlar muazzinlik lavozimiga tayinlanganlar. (Va nega?)
Ko'pchiligimizga ma'lumki Misr ,,Minoralar shahri"dir. Unda ko'r kishigina muazzin bo'laolardi. Bundan ko'zlangan maqsad yuqodagi inson pastdagi insonlar va ularning hovlisiga nazari tushmaslik ehtimoli inobatga olinganligidir
Upanishadlarda qanday falsafiy yo'nalishlarning ta'siri sezilib turadi?
(Har bir javob uchun 100 ball)
Brixadaranyaka, Chyandogya, Aytareya, Kena, Kaushtaki
Jayniylik e'tiqodida Dunyoviy kishi 5 narsaga amal qilishi lozim. Ular qanday nomlanadi va har birining vazifasini bayon qiling
1.Ahimsa- zarar yetkazmaslik
2.Satya- rost so'zlash
3.Asteya-o'g'rilik qilmaslik
4.Brahmacharya- zino qilmaslik
5.Aparigraxa- ta'magirlik qilmaslik
Asrlar va unda bo'lgan voqealarni belgilang
1.Hadislar yo'qola boshladi...
2.Qur'on oyatlari Ta'vil qilina boshladi...
3.Hadis kitoblari alohida tafsir kitoblariga yozila boshladi...
4.Kalom ilmi yuzaga keldi...
5.Arab grammatikasi shakllangan davr...
Mil. VIII asr, Hijriy II asr, Hijriy I asr oxiri, Mill. VIII asr oxirgi choragi, Hijriy III asr.
إنما يخشى الله من عباده العلماء
إنما يخشى الله من عباده العلماء
Ikki ko'rinishda o'qib, sharhlab bering
(Javob faqatgina to'liq holatda qabul qilinadi)
Allohdan bandalari ichida faqat olimlarigina qo'rqadi. Fotir 28
Alloh bandalari ichida (faqat) olimlaridan qo'rqadi. Hadis Qudsiy.
Alloh olim bandalarining adashishligini yoqtirmaydi, negaki ular adashsalar ortlaridan ko'plab jamoalarni zalolatga yetaklab ketadilar.
Abu Hanifa (rohimahulloh) egnilarida qimmatbaho kiyim kiyib o‘tirganlarida bir mushrik kelib:
— "Siz musulmonlar dunyoni mo‘min uchun jahannam, kofir uchun jannat deb hisoblaysiz. Lekin siz qimmatbaho kiyim kiyib, yaxshi hayot kechirayapsiz. Qanday qilib buni tushuntirish mumkin?" — deb so‘ragan.
Shunda Abu Hanifa (rohimahulloh) unga qarab:
.....
— "Men jannatda oladigan ne’matlar bilan solishtirsam, bu dunyodagi hayotim haqiqatdan ham jahannamga o‘xshaydi. Sen esa oxiratda oladigan azobing bilan solishtirsang, bu dunyo sen uchun jannatdir."