"Mehrobdan chayon"
"Sarvqomat dilbarim"
"Martin Iden"
"Alvido bolalik"
0

Anvar tugʻilishidan boshlab uning boshiga tole qushi qoʻnmagan edi. Hatto necha kunlab beshikda ismsiz qolib ketdi. Shunday bir vaziyatda unga ism qoʻyish vazifasini kim ado etdi?

opasi Nodira. (50)

0

Asar boshlarida jurnalist yigitning Ilyos bilan kechgan voqealari bayoni mavjud. Shundan soʻng ular poyezdda yana uchrashib qolishadi. Ilyos oʻzi haqida gapirar ekan, jurnalistni nega mashinasida olib ketmaganligini aytadi. 

Diqqat savol: Ilyos oʻshanda sabab nima boʻlganligini aytgan?

oʻgʻlini oʻynatib olib yurganini, u besh yoshda ekanligini aytgan. (Sabab oʻgʻli edi). (286-bet)

0

Martin 8 oy muddatga dengiz safariga ketganda baliq ko’zli, norvegiyalik kapitandan mashxur ingliz yozuvchisining to’liq asarlar to’plamini topib oladi va kapitanning kiyimlarini yuvish evaziga kitobdan foydalanish uchun ruhsat oladi.

Qaysi yozuvchining asarlar to’plami edi?

Shekspirning. (91-bet)

0

Asar boshida bir bola muallifga “kitobingizga meni ham qo’shsangiz, boshqacha qilib o’zgartirib yozing” deydi va Ahbor deya qoling deb iltimos qiladi. 

O’zgartirib yozing deyishining sababi nimada edi?

“Odamlardan uyalaman” degan edi.

0

Xudoyorxonning yuz xotinlaridan biri Ogʻacha oyim boʻlib, u Oʻrmonbekni oʻz qaramogʻiga olgan edi. Uning asl ismi Maʼsuda xonim boʻlishiga qaramasdan unga "Ogʻacha oyim" nisbati berilardi. 

Diqqat savol: nega shunday qilingan?

uning uygʻur qizi ekanligini bildirib turish uchun. (137)

0

Ilyos va Asal ilk uchrashgan kunlari qiz yigitning mashinasida uyigacha keladi, uydan qizning onasi chiqib, qizni rosa koyiydi. Shunda qizning onasi nima sabab koʻrsatib qizni tezroq uyga kirib kiyimlarini almashtirishga buyuradi?

sovchilar kelganini aytib, noliydi. (295)

0

Asarda Martin Iden o’zining chayqalib yurishini nima sababdan deb aytgan edi?

“Qancha yillarimni dengizda o’tkazganman” degan. (123-bet)

0

. Podpolkovnik mayorning maqsadini tushunadi. “Hozircha shov-shuv ko’tarmay turish kerak, o’ldirganini bildirmay turaylik.” deb mayor buyurgan edi.

Diqqat savol: Nima sababdan shov-shuv qilmay turishni va Mirtillayevning o’ldirilganini bildirmay turaylik degan edi?

Sababi quyidagicha edi: Qotillar hozir in-iniga kirib ketgan. Jinoiy ish qo’zg’alganini bilishsa hali-beri chiqishmaydi. Shunchaki baxtsiz hodisa, deyilsa, ularnning yuzaga chiqishi tezlashadi

0

Safar boʻzchi Anvarning boshiga tushishi mumkin boʻlgan eng katta kulfat, yaʼni Raʼnoning xonga daragi yetkazilishi haqida kimdan bilgan edi?


Mamatqul, yaʼni soʻfining oʻgʻlidan. (205)

0

Toʻylaridan keyin Ilyos va Asal birgalikda Asal ham ishlashi kerak, degan qarorga kelishadi. Lekin bu qarorga toʻsqinlik qiluvchi bir masala bor edi.

Diqqat savol: bu qanday masala edi?

Asal homilador edi, shuning uchun ishlay olmasdi. (321)

0

Nima sababdan Mister Morz ingliz faylasufi Gerbet Spenserni qattiq qoralaydi?

Agnostitsizm uchun. (131-bet)

0

“Maqsud Soliyev 30 yillik ishi davomida odamlarning turfa xilini ko’rdi. U tajribasiga suyangan holda bir narsaga amin bo’ldi: jamiyat uchun jinoyatchidan ko’ra SHUNDAY odam xavfliroq! Jinoyatchi jabrini tortadi, balki to’g’ri yo’lini topib oladi. UNDAY odam esa yangi-yangi jinoyatlarni ko’rganda ham ko’z yumib ketaveradi. Buning uchun uni hech kim ayblamaydi”.

Diqqat savol: Maqsud Soliyev qanday insonni jamiyat uchun jinoyatchidan ham xavfi ko’p deb gapirgan edi?

LOQAYD.

0

Solih maxdum sovchilar daragidan na xursand, na xafa boʻlishini bilib, bu voqea haqida Anvarga qay yoʻsinda yetkazishni oʻylagan edi?

Sovchi boʻlib kelganlardan aytdirib yuborishni. (229)

0

Ilyos boshidan koʻplab kulfatlar kecha boshladi. Bu orada u Xadicha bilan yaqin boʻlib qoldi, kuni kelib Asal ham bu ishdan xabar topdi.

Diqqat savol: unga bu haqida kim xabar bergan edi?

Jontoy, Ilyosni koʻrolmaganidan shunday qilgan edi. (371)

0

 O’sha suhbatdan keyin Rufning Martindan qattiq jahli chiqadi, hatto Martin bilan yonma-yon ketayotganidan o’zini haqoratlangan deb his eta boshlaydi. Ruf to’shagida uhlolmay yotarkan bunday g’alati odamni qanday yoqtirib qolganini anchagacha o’ylab aqliga sig’dirolmay yotadi.

Martin va Ruf o’rtasidagi qaysi mavzu qizga bunday ta’sir qilgan edi?

Musiqa, qo’shiqlar haqidagi. Martin Iden kabi odam buyuk musiqa haqida fikr yuritishga qanday haqqi bor edi deb Rufining jahli chiqadi. (239-bet)

0

“Jinoyat ko’payapti, deymiz, qayoqdan paydo bo’lyapti bu nusxalar deymiz. Axir ularni o’zimiz tarbiya qilyapmiz-ku” deya Maqsud Soliyev domlalarning qilayotgan qaysi harakatlariga nisbatan e’tiroz bildirgan edi?


“Yurfakda o’qishga ishtiyoqi baland” bo’lganlarni “arzimas iltimosi”ni bajarish.

0

Sultonali xonga xolis xizmat qilib, oʻz sodiqligini koʻrsatganidan soʻng oradan koʻp oʻtmay qanday mukofotga loyiq koʻrildi?

bosh munshiylik mansabi berildi. (268)

0

Ilyos oʻgʻlini nimadir bahonalar bilan bolalarga qoʻshib ancha muddat oʻynatib kelib yurdi. Bir kuni Ilyos kelganda Samad boshqa bolalar bilan emasdi. Ilyos bolalardan buning sababini soʻraganda bolalar nima deb javob berishdi?

uning kasal boʻlib qolganini aytishdi, aslida onasi ruxsat bermagan edi. (398)

0

 Martinning omadi kelishni boshlayapti… 

“Oq sichqon” jurnalidan xat keldi, xatda aytilishicha Martinning “Qo’rqinchli hikoyalar” turkumidan bo’lgan “Girdob”ga $40 tavsiya qilinyabti, ammo bir shart evaziga. 

Diqqat savol: “Oq sichqon” jurnali qaysi shart bilan hikoyani chop etib naqd $40 berishini yozgan edi?

Agar asarni uchdan birini qisqartirishga rozi bo’lsa, javob olingan zahoti darhol unga $40 chek yuborilishi aytilgan.

(253-bet)


0

Nima sababdan Sanjarga tegmastan uni tinch qo’yishini yo’qsa oqibati yaxshi bo’lmasligini prokuratura bo’lim boshliqlari Maqsud Soliyevga uqtirishgan edi?

Otasining “qo’li uzun” bo’lganligi uchun.