matematika
ona tili
qiziqarli savol
mantiqiy savol
jumboq
100

89+98

187

100

Har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o'sha so'zlari qanday yoziladi?  Ajratibmi yoki qo'shib?

Har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o'sha so'zlari o'zidan keyingi yoki oldingi so'zdan ajratib yoziladi

100

Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo butun dunyodagi ularning yurgan “yo’lini” hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib o’tgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bo’lgan bu “mashinaning” nomi nima?


Soat

100

U odamzod o’zi uchun tuzib oladigan qora ro’yhatda turadi, uning kattasi emas, ba’zan ko’zga ko’rinmaydiganlari hafvliroq. Uning kattasimi, kichigimi har birimizda bor. Mantiqiy o’ylab javobini toping.


Xato

100

Qirg’oqqa 2 yosh bola va 1 katta odam kelishdi. Ular daryoning u betiga o’tibshlari kerak. Qirg’oqda 1 ta qayiq bo’lib u 2 yosh bolani yoki 1 odamni ko’tara oladi xolos. Ular o’ylab ko’rib buning yechimini topishdi. Siz ham yechim izlab ko’ring.


Dastlab 2 yosh bola o’tadi, ulardan biri ortiga qaytadi, keyin katta odam o’tadi, u yerdagi 1 yosh bola qaytib kelib sherigi bilan yana o’tadi.

200

Matematik masala: Bir odamning 500 so’m puli bor edi. U 100 ta uy hayvoni olishi kerak. Ot – 50 so’m, sigir – 10 so’m, qo’y – 1 so’m. U hamma pulini ishlatib 100 ta hayvon sotib olish uchun qaysi hayvondan nechtadan olishi kerak?


1 ta ot 50 so'm+  39 ta sigir 390 so'm + 60 ta qo’y 60 so’m = 100 ta hayvon  500 so’m.

200

Shaxs otlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

1) Zuhra; 2) Amper; 3) Hasan; 4) rentgen;

5) murabbiy; 6) Asal; 7) muhlis; 8) Anor

A) 1, 2, 3,6,8

B) barchasi shaxs otlari hisoblanadi

C) 1,3

D) 5, 7

A) 1, 2, 3,6,8

200

Antiqa savol:  Ular 10 ta B,I,U,T,B.....  Buni deyarli hamma biladi.Siz qolgan beshta harfni yozib bering.


1-b, 2-I, 3-u, 4-t, 5-b,6-o, 7-y, 8-s, 9-t, 10-o’. Izoh: bu raqamlarning birinchi har edi.

200

18=2, 19=1,68=3, 17=0

Mantiqan o’ylab ayting, teng qo’yilgan sonlarni aniqlashda nima hisobga olingan?


Raqamdagi teshiklar, ya’ni 18 raqamida 2 ta teshik, 68 raqamida 3 ta teshik va hokazo.

200

Bu poytaxt shaharga o’sha davlatning 1- prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi shahar?



AQSH poytaxti Vashington

300

4 ta kitobni 4 ta bolaga necha usulda tarqatish mumkin? .

Yechish: P4 = 4! = 1∙2∙3∙4 = 24. Javob: 24

300

Fe`l yasovchi qo`shimchalarni ayting 

 

–yapti,-lan,-illa(-ulla),-sira

300

Matematik masala: Qo’lingizda bir xil kattalikdagi, bir xil rangli 9 ta shar bor. Sharlardan 1 tasi boshqalariga qaraganda biroz yengilroq. Ikki pallali tarozidan 2 marta foydalanib yengilroq sharni toping.

Dastlab, tarozining ikki pallasiga 3 tadan shar qo’yiladi. Qaysi tomon yengilroq chiqsa shu palladagi sharlardan biri yengilroq bo’ladi. Tarozining ikki pallasi teng chiqsa taroziga qo’yilmagan 3 sharlar orasida yengilroq shar bor. Endi tarozidan ikkinchi marta foydalanib biz topgan 3 shardan 2 tasini tarozi pallasiga qo’yamiz. Qaysi palla yengil chiqsa sharni topganbo’lamiz, ikkisi ham teng chiqsa qo’ymagan sharimiz eng yengili bo’ladi.

300

Bir traktorchining ukasi bor ekan, ukasining akasi yo’q ekan. Mantiqiy takrorlab savolning javobini izohlab bering.


Traktorchi ayol kishi edi

300

Qaysi qizning otasi yo’q, onasi yo’q – bobosi bor?


Qorqiz

400

Alisherning uyida qo’ylar va tovuqlar boqiladi. Alisher sanab ko’rganda ularning boshlari 42 ta, oyoqlari esa 144 ta chiqdi. Ularning uyida nechta qo’y va nechta tovuq bor?


Yechish: 1)42·4=168(ta)

2)168-144=24(ta) tovuqlarning oyoqlari

3)24:2=12(ta) tovuqlar

4) 42-12=30(ta) qo’ylar

400

Hozirgi zamon fe`li haqidagi to`g`ri fikrni belgilang  


Ish harakatini bajarilayotganini bildiradi

400

Cho’ponlar bozordan echki xarid qilayotganda uning qulog’iga nazar solishar ekan. Aynan katta va uzun quloqli echkini tanlashar ekan. Savol: nega katta quloqli echki sotib olishadi?


Egiz tug’adigan echkilarning qulog’i katta bo’lar ekan.

400

Yer yuzida shunday tarjimon borki, u xohlagan tilda gapiring, u gapingizni tarjima qilib tilingizda javob qaytara oladi. Mantiqiy o’ylab ko’ring, qanday tarjimon so’ralmoqda?


Aks-sado

400

   G’orda qaroqchilar qarorgohi bor edi. U yerga kirish uchun mahy parolni aytish kerak edi. 1 qaroqchi kelganda qo’riqchi unga 1 dedi, qaroqchi 3 deb aytdi va ichkariga o’tib ketdi. Boshqa bir qaroqchi kelganda qo’riqchi unga 2 dedi va u 4 deb javob berdi, u ham to’g’ri aytgani uchun o’tkazib yuborildi. Boshqa bir qo’riqchiga 7 raqami berildi u esa 5 deb javob aytdi. Uning javobi ham to’g’ri edi. O’ylab ko’rib aytingchi, 1-3, 2-4, 7-5 raqamlari qanday mantiq asosida tuzilgan?

Raqamdagi harflar nechta bo’lsa shuni to’g’ri aytgan kishi to’g’ri javob bergan bo’lar edi. Bir – 3 ta harf, ikki- 4 ta harf, yetti – 5 ta harf.

500

To’g’ri to’rtburchakning perimetri 52 sm. Bo’yining uzunligi esa 15 sm ga teng bo’lsa, uning yuzini hisoblang?


Yechish:1). 52:2=26(sm) qo’shni tomonlari(1 ta eni va 1 ta bo’yi) ning uzunligi

2). 26-15=11(sm) eni

3). S=a·b=15·11=165(sm2)

500

9.Tilda nechta shaxs bor? 

  3 ta. So`zlovchi, tinglovchi,  o`zga        

500

Eng xotirasi past bo’lgan kulrang olmaxonlar o’rmondagi daraxtlar ko’payishiga xissa qo’shar ekan.

Savol: Ular qanday qilib daraxtlar ko’payishiga yordam beradi?


Ular daraxt mevalarini yer tagiga ko’mib qo’yishadi va qayerga ko’mganliklarini eslay olishmaydi.Mevalar urug’lab ulardan nihollar o’sib chiqa boshlaydi.

500

Bir kishining 7 ta qizi bor. Qizlarning har birini bittadan akasi bor. Savol: u kishining nechta farzandi bor?


U kishining 8 ta farzandi bor. Kattasi o’g’il 7 ta qizga aka bo’ladi.

500

Bir yigit bor ekan. U kambag’al bo’lib uning farzandi yo’q ekan.Bu ham yetmagandek otasining ko’zlari ojiz ekan. Kunlarning birida unga farishta uchrabdi va bittagina tilagingni amalgam oshiraman debdi. Yigit bitta tilak bilan uchchala orzusiga ham yetibdi. Savol: u qanday tilak aytgan?


Dadam o’g’limning tilla tangalar o’ynab o’tirganini ko’rsinlar.