U. U. U o‘zining. U o‘zining eng. U o‘zining eng mashhur asarini. U o‘zining eng mashhur asarini Maykl Skootga bag‘ishlagan.
Diqqat savol: U kim
Javob: Leonardo Fibonachchi
Aralash irqlar Amerika qit'asida keng tarqalgan bo‘lib, yevropoid va amerikalik hindulardan tug‘ilgan bola metis, yevropoid va negroidlardan tug‘ilgan bola mulat deyiladi.
Diqqat savol: Amerikalik hindu va yevropoid irqi vakillaridan tug‘ilgan bola qanday ataladi
Javob: Sambo
Gans Xristian Anderson o’zining “Dengiz qirg’oqi bo’yida” asarida UNI “Buyuk, abadiy mushak” deb atagan. Diqqat savol: U nima?
Javob: Shimol yogʻdusi
Britaniyalik mutaxassis Tomas Stattaford turli xil salqin ichimliklarni ichganda naychali qamish – ya’ni trubkadan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Diqqat savol: Tomas Stattafordning kasbini ayting?
Javob: Stomatolog
Ushbu stol oʻyinida ilon, fil, tulki va qoʻy asosiy personajlar hisoblanadi. Oʻyin voqealari esa XX asrda nashr etilgan asarga mos holda yaratilgan.
Savol: Bu oʻyin qaysi yozuvchining asariga asoslangan holda yaratilganini yozib bering.
Javob:Antuan de Sent - Ekzyuperi
Izoh:Oʻyin nomi Kichkina shahzoda boʻlib siz oʻzingizga sayyora yaratasiz va yuqoridagi personajlardan birini tanlab olasiz
Hindlar “dvidja”, ya’ni “ikki karra tug’ilgan” ma’nosini beruvchi so’zlar bilan barcha qushlarni atashadi. Chunki qushlar oldin tuxum tarzida dunyoga kelishadi, keyin esa uni ochib chiqishadi.
Diqqat savol: Hindlar “dvidja” deb yana qaysi inson tanasi a’zosini atashadi?
Javob: Tish
Rus tanqidchisi Vissarion Belinskiy USHBU kitob haqida shunday degan: “Hech qaysi sayohatchini yozuvlari USHBU kitobchalik sharq musulmonlarining odob-ahloq qoidalarini, urf-odatlarini, oilaviy munosabatlarni to’liq ochib berolmaydi”.
Diqqat savol: Gap qaysi asar haqida ketmoqda.
Javob: 1001 kecha
Lotin tilida creatura - yaratish, palitura - bo'yash, pintura - rasm chizish.
Diqqat savol: Siz menga lotincha "Dog' tekgan, yaroqsiz" deb ayting
Javob: Makalatura
“Tinch okeani meridiani” deb nomlangan shaxmat turniri mavjud.
Diqqat savol: Ushbu turnir logotipida qanday jonzot tasvirlanganini ikki so’zda ayting
Javob: Dengiz oti
"Har doim ochiq, har doim yopiq" - bunday reklama shiori 1899-yilda Nyu-York restorani binosida paydo bo'lgan.
Diqqat savol: U yerda birinchi marta nima o'rnatilgan?
Javob: Aylanma eshik
Bir necha yil oldin olimlar tomonidan kvartirada odam yoʻq boʻlsa ham, xuddi odam bordek tovushlar chiqaruvchi qurilmani ixtiro qilishdi. Bu qurilma sizning uyingizni hech kim yoʻq payti oʻgʻrilardan himoya qiladi. Diqqat savol: Ushbu qurilmaga qaysi personajning nomi berilgan?
Javob: Kevin
"Socialistic Men Under Red Father" tashkiloti bir nazariyaga koʻra G'arbdagi yashirin kommunistik tashkilot aʼzolariga qiyoslashgan. Ushbu tashkilot nomi "Qizil ota ostidagi sotsiolistik odamlar" degan nom bilan atalgan. Shuningdek, qizil otaning soqoli ham boʻlgani aytiladi.
Diqqat savol: Ularni aniq yozib bering?
Javob:Smurflar
Izoh: Tashkilot nomining bosh harflaridan kelib chiqqan. Smurf otaning qizil kiyimi va soqoqli bor.
Avstraliyalik tennischi Roy Emerson kortlarda muvaffaqiyat qozonishini bolaligida u doimo bir ish bilan shugʻullangani, aynan buning natijasida qoʻllari va barmoqlari yaxshi rivojlangani va kuchayganini aytib oʻtadi.
Diqqat savol: Bu qanday ish
Javob: Sigir sogʻish
Uni birinchi marta Simha Blass 1950-yillarda Isroilda suv tanqisligi sharoitida qo‘llab boshlagan. Undan foydalanish 40-50 foizgacha tejamkorlikka sabab bo‘ladi.
Diqqat savol: Uni toping
Javob: Tomchilatib sugʻorish
Uni bir muallif shunday ta’riflaydi: “U – qurilishi tugallanmagan, har xil rangdagi g‘ishtlardan qilingan mudofaa qal’asiga o‘xshaydi. Avvaliga 7 qator qilib terilgan-u, keyinchalik devor pastlik qilib, pastdan 2 qator yana devor qo‘shilgandek"
Diqqat savol: Uni toping
Javob: Mendeleyev davriy jadvali
Yozuvchi Sergey Dovlatov doʻsti Boris Metterning uyidagi jihozlar toʻliq elektrlashganini koʻrgach, “doʻstimga faqat U yetishmayapti” deb hazil qiladi. U dastab 1895-yilda Sing-sing qamoqxonasida sinab koʻrilgan.
Diqqat savol: U nima?
Javob: Elektr stul
Kirobo nomli robot inson bilan suhbat qura oladi. Hatto insonni kuldirishi ham mumkin. Ushbu robot asosan insonga BU ISHni qilishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida yaratilgan.
Diqqat savol: Bu qanday ish
Javob: Rulda uhlab qolish
Litva poytahti Vilnyusda 2 ta taxta yodgorlik bor. Birinchi taxtaga ,,U 1812-yilda bu yo‘ldan 400 ming kishi bilan o‘tdi" deb yozilgan. Ikkinchi taxtaga esa ,,U 1812-yilda bu yo‘ldan 9 ming kishi bilan o‘tdi" deb yozilgan.
Diqqat savol: U kim?
Javob: Napoleon Bonapart
Bu so‘z aslida 2-chi jahon urushida paydo bo‘lgan. Harbiylar butun boshli harbiy bloklarni yo‘q qilib tashlaydigan bombalarni shu so‘z bilan atashgan. Hozirda bu so‘z kino sanoatida qo‘llaniladi
Diqqat savol: Bu qaysi so‘z
Javob: Blokbaster
2006-yilda Kaliforniyalik ikki olim nihoyat aynan Ularda nega bosh og’rig’i kuzatilmasligini aniqlashdi. Hattoki bu uchun ornitologiya sohasida Shnobel mukofotiga sazovor bo’lishgan.
Diqqat savol:Ular qaysi qushni oʻrganishgan
Javob: Qizilishton
"Barcha bolalar katta bo'ladi, bittasidan tashqari".
Diqqat savol: Bu qaysi asar boshidagi jumla
Javob: Piter Pen
Peshkov oʻz taxallusini izohlar ekan, taxallus uning og‘ir, mashaqqatli va iztirobli hayoti, yozgan odamlarining achchiq taqdiri tufayli paydo bo‘lganini aytadi.
Diqqat savol: Peshkovning tahallusi qanday edi
Javob: Gorkiy
Entoni Byorjess tomonidan yozilgan ushbu roman Jorj Oruellning "1984" romanining o'ziga xos mantiqiy davomi vazifasini o'taydi.
Diqqat savol: Roman nomini toping
Javob: 1985
Bu romandagi voqealar 2-oktabrda boshlanib, 21-dekabrida tugaydi.
Diqqat savol: Qaysi roman?
Javob: Dunyo boʻylab 80 kun
Edgar Berrouz oʻz personajiga nom tanlar ekan, "Tablut zan" va "Zantar" nomlari orasida ikkilanib qoladi va oxiri ushbu nomni tanlaydi.
Diqqat savol: Qaysi nom
Javob: Tarzan