Huquqiy tizim deb nimaga aytiladi?
Jamiyatdagi barcha huquqiy hodisa va jarayonlarning tizimli aloqasiga huquqiy tizim deyiladi
Muayyan bir davlat ichida shakllangan huquqiy tizim nima deb ataladi?
Milliy huquqiy tizim
Islom huquqi qanday huquqiy tizim oilasiga mansub?
Diniy huquqiy tizim
Huquq oilalarini qanday turlari mavjud?
Romangerman huquq oilasi, Anglo-sakson huquq oilasi, skandinav huquq oilasi, diniy-an'anaviy huquq oilasi, sotsialistik huquq oilasi
Islom huquqiga ta'sir qilgan huquqiy tizimlar qaysilar?
Sosoniylar huquqi, Yahudiy huquqi, Rim huquqi
Rim huquqining islom huquqiga ta'siri nechinchi asrdan boshlangan?
XIX asrdan
Huquqiy tizimning muhim birlamchi unsuri nima?
Huquq normasi
Huquq normasi tushunchasiga ta'rif bering.
Barcha huquq subyektlari uchun majburiy bolgan, davlat tomonidan o'rnatilgan va sanksiyalangan xatti-harakat qoidasidir
Islom huquqining huquq normasi nima deb ataladi?
Hukm
Huquq subyektiga nima kiradi?
Huquq normasi yo'naltirilgan shaxslar
Mukallaf so'ziga ta'rif bering.
Muomala layoqatiga ega, aqli raso musulmon kishi
Huquq normasi nechta unsurdan iborat va ular qaysilar?
3 ta
Gipoteza, dispozitsiya, sanksiya
Huquqiy normaning qanday sharoitda harakatga kirishi va uning dispozitsiyasini qanday sharoitlarda amalga oshishini belgilovchi hayotiy sharoit va mavjud holatlarni ko'rsatadigan huquqiy norma nima deb ataladi?
Gipoteza
Dispozitsiya huquqiy normasiga ta'arif bering.
Huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilangan huquqiy normasi
Sanksiya huquqiy normasiga ta'rif bering
Huquqiy norma buzilgan holda huquq buzgan shaxsga nisbatan qo'llaniladigan davlat majburlov chorasining turini belgilab beradigan huquqiy norma