Ma’mun ibn Ahmad Haraviy hijriy 250-yilda Shomda kimdan rivoyat eshtganini aytgan?
Hishom Ibn Ammordan
“Ali insonlarning eng yaxshisidir. Kim bunga shubha qilsa, kofir bo‘libdi” bu mavzu' hadis qaysi firqa tomonidan to'qilgan?
Shia
“mavzu’” atamasi lug'atda qanday ma'nolarni bildiradi?
“qo‘yilgan”, “pasaytirilgan”, “tashlangan”, “tark etilgan”, “soxta”
Dastlab qaysi olimlar soxta hadislar to'g'risida kitob yozgan?
Ibn Javziy , Imom Suyutiy, Mulla Aliy Qori
"Mavzu" so'zi istilohda qanday ma'noni ifodalaydi?
Payg‘ambar (s.a.v)ga nisbat berilib to‘qilgan yolg‘on so‘z
Olimlar qanday maqsadda mavzu hadislarni rivoyat qilish joizligini ta'kidlaganlar?
Hadisning mavzu’ ekanini bayon qilish maqsadida
“Kim falon surani o‘qisa, falon ishni qilsa, jannatda o‘ziga yetmish ming qasr quribdi. Har bir qasrda yetmish ming xona bor. Har bir xonada yetmish ming to‘shak bor. Har bir to‘shakda yetmish ming hur bor” kabi hadislarni qaysi firqa vakillari to'qigan?
Mo'taziliylar
Olimlar o'rtasida "mavzu' hadis" atamasini ishlatish borasida nechi xil qarash mavjud?
2 xil
Soxta hadislar to‘qilishining qanday sabablari mavjud?
Odamlarni yaxshilikka targ'ib qilish, adashgan firqalar o'zining qarashlarini yoqlash va ommani adashtirish maqsadida, podshoh yoki hokimlarga yoqish maqsadida, insonlarni yanada qiziqtirish maqsadida qissalarni ta'sirchan qilish uchun, jamiyatda birlikni yo'qotish insonlar orasida beqarorlikni keltirib chiqarish
Bir toifa olimlar nima sababdan “mavzu’ hadis” atamasini ishlatish joiz emas degan?
Chunki istilohda “hadis” so‘zi Payg‘ambarga nisbat beriladigan narsalarga qo‘llaniladi, mavzu’ esa to‘qilgan narsadir.
“Farzandlaringizning ustozlari sizlarning yomonlaringizdir. Ular yetimlarga juda kam rahm qiladilar va kambag‘allarga qo‘pol munosabatda bo‘ladilar”. Said Ibn Torif buni kimdan rivoyat qilgan?
Ikrima Ibn Abbos
Abu Said Madainiy kim bo'lgan?
qissaxon
Abu Ismat Nuh ibn Abi Maryam kimning nomidan Qur’on suralarining fazilatlari haqida hadis to‘qigan?
Abdulloh Ibn Abbos raziyallohu anhumodan
Xorijiylarning boshqa firqalarga qaraganda kamroq hadis to'qishiga sabab nima edi?
Xorijiylar yolg‘onni kufr alomati deb hisoblagan. Shuningdek kurashda asosan qilichga tayangan.
Abdurahmon ibn Zayd ibn Aslam qaysi to'qima hadisni rivoyat qilgan?
“Nuh kemasi Ka’bani yetti marta tavof qilgan va maqomi Ibrohimda ikki rakat namoz o‘qigan”
Soxta hadisni to‘qigan odam uning yolg‘onligiga o‘zi iqror bo‘lishiga misol keltiring.
Abu Ismat Nuh ibn Abi Maryamning o‘zi iqror bo‘lgan holda: “Odamlar Qur’ondan uzoqlashib, Abu Hanifaning fiqhi, Ibn Ishoqning qissalari bilan mashg‘ul bo‘lib qolganlari uchun ularni qiziqtirish maqsadida Qur’on suralarining fazilatlari haqida hadis to‘qidim” degan.
Mulla Aliy Qorining "mavzu' " hadislar borasida yozgan asari nomini ayting
“Men payg‘ambarlarning oxiriman. Mendan so‘ng payg‘ambar kelmaydi. Illo, Alloh xohlasa”. Bu to‘qima hadislarni aniqlash yo‘llarining qaysi turiga kiradi?
Rivoyatning Qur’on va sunnada kelgan aqidaga xilof bo‘lishi.
Rivoyat qilinayotgan hadis ko‘pchilik xabardor bo‘ladigan darajada olamshumul voqea haqida bo‘lsa-da, uni bir kishi yoki muayyan guruh rivoyat qilgan bo‘ladi. To'qima hadisning shu turiga misol keltiring.
Payg‘ambar vidolashuv hajidan qaytayotganlarida Ali ibn Abi Tolibning qo‘llarini ushlab, barcha sahobiylar oldida: “Bu farzandim va birodarimdir. Mendan so‘ng xalifa bo‘ladi. Unga quloq tutib, itoat qilinglar”
“Kim mening nomimdan qasddan yolg‘on hadis aytsa, o‘ziga do‘zaxdan joy tayyorlayversin” hadisning arabcha matnini ayting.
مَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ
“Nuh kemasi Ka’bani yetti marta tavof qilgan va maqomi Ibrohimda ikki rakat namoz o‘qigan”. Bu to‘qima hadislarni aniqlash yo‘llarining qaysi turiga kiradi?
Rivoyat qilingan hadis ma’nosi aqlga, tajribaga, umumiy qoidalarga yoki mulohazaga zid bo‘lib, uni sharhlash imkonining yo‘qligi.
“Musobaqa faqat merganlik, yugurish, ot choptirish yoki qanotlilarda mumkin” ushbu hadisni aytgan kishining ismi va uning arabcha matnini ayting.
G'iyos ibn Ibrohim Kufiy
لا سبق إلا في نصل أو خُفٍ أو حافرٍ أو جناح
Imom Muslim rivoyat qilgan “Kim biror so‘zning yolg‘onligini bilib turib mendan so‘zlasa, u ham yolg‘onchi sanaladi” hadisining arabcha matnini ayting
مَنْ حَدَّثَ عَنِّي بِحَدِيثٍ يُرَى أَنَّهُ كَذِبٌ فَهُوَ أَحَدُ الْكَاذِبِين
Manzumatul bayquniyyada keltirilgan "Mavzu" hadis ta'rifini ayting.
وَالْكَذِبُ الْمُخْتَلَقُ الْمَصْنُوعُ عَلَى النَّبِيَّ فَذَلِكَ "الْمَوْضُوعُ"
Sa’d ibn Muozning guvohligida “Haybar ahliga jizya solig‘i joriy qilinishi”ga oid hadisda aytilishicha, Muoviya ibn Abi Sufyonning xatiga binoan Haybar yahudiylariga jizya solig‘i joriy etilib, majburiy ishdan ozod qilingan. Bu hadisning mavzuligini isbotlovchi 3 jihatini ayting.
1. Haybar yili jizya hali ma’lum bo‘lmagan va unga buyurilmagan. Jizya haqidagi oyat keyinroq, Tabuk voqeasidan so‘ng nozil qilingan
2. Sa’d ibn Muoz esa Tabukdan oldin, Handaq g‘azotida vafot etgan.
3. Bu vaqtda Muoviya hali islomni qabul qilmagan bo‘lgan