Qudsiy hadislar
Marfu' hadis
Mavquf hadis
Maqtu' hadis
Musnad, muttasil
100

Qudsiy hadislar yana qanday nomlar bilan ataladi va ularning aksariyati qachon nozil bo'lgan?

Rabboniy hadis", "Ilohiy hadis" deb nomlanib, aksariyati "meroj" kechasida bo'lgan

100

Marfu' hadisning lug'aviy va istilohiy ma'nolarini ayting

Lug'aviy: "ko'tarilgan", "yuqori qo'yilgan", sanadi to'g'ridan-to'g'ri payg'ambarimizga yetib borgan hadis

100

"Mavquf" hadisning ta'rifi qanday?

"To'xtalgan", rivoyat sanadi sahobiyga yetganida toʻxtab qolgan, paygʻambarga yetib bormagan hadis

100

"Maqtu' hadis" nimg ta'rifi qanday?

"Uzilgan", tobeiy yoki undan keyingi tabaqa roviysiga nisbat berilgan soʻz yoki amalni o'z ichiga oladi

100

Agar sanadda barcha roviylarning nomi aniq va ma'lum bo'lsa u qanday ataladi?

Muttasil

200

"Qudsiy hadis" ning Qur'ondan qanday farqli jihatlari bor?

Qudsiy hadislarning tilovati ibodat hisoblanmaydi, Qur'on oyatlari kabi mutavotir darajada yetib kelmagan, ular Qur'on oyatlari kabi ojiz qoldiruvchi hisoblanmaydi, asosan odob-axloq, shukr, sabrga chaqirishga yo'naltirilgan va ularni inkor qilgan odam kofir deb hisoblanmaydi

200

"Qavliy marfu'" ga misol keltiring

"Agar ummatimga mashaqqat boʻlmaganida edi, har bir namozga misvok ishlatishni buyurar edim"

200

"Qavliy mavquf" ga misol keltiring

Ali (r.a.) ning "Insonlarga bilgan narsalarini gapiringlar. Alloh va Uning Rasulini yolg'onchiga chiqarishini xohlaysizlarmi?" deb aytgan so'zlari 

200

"Qavliy maqtu' ga misol keltiring 

Hasan Basriyning "Sen uning orqasida namoz o'qiyver, uning bid'ati oʻziga qaytadi" deganlari zikr qilingan

200

"Musnad" turiga mansub hadislar toʻplamlarda qanday tartib asosida joylashtirilgan bo'ladi?

3 xil tartib: Sahobiyning ismlari alifbo tartibi asosida; sahobiylarnimg fazilatlariga qarab joylashtirilgan bo'ladi; sahobiylarni islomni qabul qilish davriga ko'ra joylashtirilgan bo'ladi 

300

Muhammad ibn Abdurauf ibn Ali Munoviy qudsiy hadislarga bag'ishlangan qanday asar yozgan?

"AL-Ithafatu-s-saniya bil- ahadisi-l-qudsiya" ( Qudsiy hadislardan maqtovga loyiq tuhfalar)

300

"Fe'liy marfu'" ga misol keltiring

"Rasululloh (s.a.v.)  hadyani qabul qilar va unga munosib sovg'a qaytarar edilar"

300

"Fe'liy mavquf" hadisga misol keltiring 

"Ibn Abbos tayammum qilgan holda imomlikka oʻtdilar" hadisi

300

"Fe'liy maqtu'" ga misol keltiring

Ibrohim ibn Muhammad ibn Muntashir keltirgan "Odatda Masruq oʻzi va oilasi orasida parda tortib ularni va dunyo ishlarini tark qilgan holda namoz o'qishga kirishar edi" 

300

"Musnad" toʻplamlari orasida eng mashhuri qaysi?

Ahmad ibn Hanbal ning " Musnad" asari

400

Muhiddin ibn Arabiy qudsiy hadislarga bag'ishlangan qanday asar yozgan?

"Mishkotu-l-anvor fi ma ruviya 'ani-l-lahi subhanahu va taolo min-l-axbor" ( Alloh subhanahu va taolodan rivoyat qilingan xabarlarga oid chiroqlar tokchasi"

400

"Taqririy marfu'" ga misol keltiring

"Paygʻambar dasturxonlarida zobb( echkemarga o'xshash jonzot) iste'mol qilindi"

400

"Hukman marfu'" hadislarda asosan nimalar bayon etilgan bo'ladi?

Sahobiylar tomonidan borliqning yaratilishi kabi uzoq oʻtmishda boʻlib oʻtgan ishlar, oxir zamon, qiyomat kuni, turli fitnalar kabi kelajakda bo'ladigan ishlar, muayyan bir amalga maxsus ajr yoki maxsus azob borligi haqida aytilgan so'zlar

400

Imom Abu Hanifa marfu', mavquf, maqtu' hadislar haqida nima deganlar?

"Rasulullohdan kelgan har bir narsani qabul qilamiz, sahobiydan kelganlari orasidan esa yaxshirog'ini tanlab olamiz, biroq tobeiydan biror narsa kelgan bo'lsa biz ham ular kabimiz"

400

"Musannaf" qanday to'plam?

"Asar", "tanlab olingan", musnad to'plamlaridan farqli ravishda hadislar muayyan mavzularga ajratilgan holda tartiblangan bo'ladi 

500

Halollik va poklikka chaqirilgan, harom yo'l bilan mol-dunyo toʻplashdan qaytarilgan hadis qudsiyga misol keltiring

"Ey odim farzandi, bilginki, insonga halollik qatra-qatra keladi. Harom esa sel kabi mol-ko'l keladi. Har kimning yeyishi haloldan bo'lsa dini ham pok bo'ladi"

500

"Vasfiy marfu'" da roviylar payg'ambarimizning vasflarini qanday keltirib o'tishgan?

"Rasululloh (s.a.v.) unday zot edilar", ' Rasululloh bunday xulq egasi edilar" kabi vasflar bilan

500

"Mavquf hadislar" ga amal qilish borasida qanday qarashlar mavjud?

Agar u "hukman marfu'" bo'lmasada " zaif" hadisdan kuchli, "hukman marfu'" bo'lsa marfu kabi hujjat bo'la olmaydi

500

Maqtu' rivoyatlar jamlangan asarlarga misol keltiring 

Ibn Abi Shayba va Abdurazzoqlarning "Musannaf" asarlari

500

"Tabaqa" so'ziga ta'rif bering

Ko'pligi "tabaqot", Payg'ambardan hadis rivoyat qiluvchilarning tartiblarini anglatadi