Mulk huquqi tushunchasini ta’riflab bering.
Mulk huquqi — shaxsning o‘ziga tegishli mol-mulkni egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
Ashyoviy huquq nima?
Shaxsning bevosita narsa (ashyoga) egalik qilish, undan foydalanish yoki uni boshqarish huquqi.
Mulk huquqi qanday asoslarda vujudga keladi?
Qonunda nazarda tutilgan asoslar: bitimlar, meros, ishlab chiqarish, topib olish, sud qarori va h.k.
Mulk huquqining asosiy shakllarini sanab bering.
Davlat mulki, xususiy mulk, jamoa (kooperativ) mulki, aralash mulk.
U boshqalarga bu xaqda ma’lumot beradi, uning o‘zida esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 10 ga, eng ko‘pi bilan 40 ga teng
Diqqat savol: U nima va u boshqalarga nima xaqida ma’lumot beradi
Kakku qushi necha marta sayraganiga qarab insonlar qancha umr ko‘rishlarini bashorat qilish odati bor, kakkuning o‘zi esa 10 yil, eng ko‘pi bilan 40 yil yashashi mumkin
Mulk huquqining uchta tarkibiy qismi nimalardan iborat?
Egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari.
Ashyoviy huquq turlariga misol keltiring.
Mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi, operativ boshqaruv huquqi, servitutlar va garov huquqi.
Mulk huquqi meros tartibida qanday vujudga keladi?
Meros qoldiruvchining mol-mulki merosxo‘rga o‘tadi — qonun yoki vasiyat asosida.
Umumiy mulk tushunchasi nimani bildiradi?
Bir nechta shaxsga bir vaqtning o‘zida tegishli bo‘lgan mulk.
Bundan 300 yil avval Janubiy Amerika konlarida ispanlar oltin yuvishga xalal bergan og‘ir metallarni jaxllari chiqib bazo‘r uloqtirib tashlashar edi. Ular kelajakda bu metall oltindan xam qadrliroq bo‘lishini xayollariga keltirmagan xolda uni o‘z tillarida «kumush» deb atashgan
Diqqat savol: Bu qaysi metall?
Platina
Mulk daxlsizligi” tamoyili nimani anglatadi?
Hech kim qonunsiz ravishda mulkni tortib ololmaydi; mulk faqat qonun asosida olib qo‘yilishi mumkin.
Xususiy mulk huquqi bilan cheklangan ashyoviy huquq o‘rtasidagi farq nimada?
Mulk huquqi to‘liq egalikni beradi, cheklangan ashyoviy huquq esa faqat ayrim vakolatlarni beradi (masalan, foydalanish).
Shartnoma asosida mulk huquqi o‘tishining misolini keltiring.
Oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasi.
Umumiy mulkning ikki turi qanday nomlanadi?
Ulushli va birgalikdagi umumiy mulk.
1890 yilda Xosyu tomonidan chizilgan gravyurada bog‘ o‘rindig‘ida bir inson o‘tiribdi. U boshiga shlyapa kiygan, egnida qora smoking va bo‘ynida kapalaknusxa bo‘yinbog‘i bor. Bu insonning tepasida «U - yangi fanning genial va kamtarin asoschisi» degan yozuv turibdi
Diqqat savol: Agar siz ushbu gravyurada kim tasvirlanganini topgan bo‘lsangiz, u o‘tirgan o‘rindiqning oldida qanday daraxt o‘sib turganini ayting
Olma daraxti (Gravyurada Isaak Nyuton tasvirlangan)
Mulkdor o‘z mulkidan foydalanishda qanday cheklovlarga ega bo‘lishi mumkin?
Qonun, jamoat manfaatlari yoki boshqa shaxslarning huquqlari bilan cheklanishi mumkin
Ijara munosabatlari ashyoviy huquq sifatida tan olinadimi?
Ha, chunki ijarachi narsadan foydalanish huquqiga ega, lekin mulkdor emas.
Mulk huquqi bekor bo‘lishining uchta asosini sanang.
1) Mulkni begonalashtirish; 2) Mulkni yo‘qotish yoki yo‘q bo‘lish; 3) Davlat tomonidan olib qo‘yish (rekvizitsiya, konfiskatsiya).
Ulushli umumiy mulkda har bir ishtirokchining huquqlari qanday belgilanadi?
Har bir ishtirokchining mulkdagi ulushi qonun yoki kelishuv bilan belgilanadi.
Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o’tagan
Diqqat savol: U nima?
Bizon
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mulk huquqi haqida qaysi moddada so‘z yuritilgan?
41-modda — “Har kim mulkdor bo‘lishga haqli.”
Servitut huquqi nima va u qanday vujudga keladi?
Boshqa shaxs mulkidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi; qonun, bitim yoki sud qarori bilan vujudga keladi.
Rekvizitsiya va konfiskatsiya o‘rtasidagi farqni tushuntiring.
Rekvizitsiya — davlat tomonidan tovon evaziga olib qo‘yish; konfiskatsiya — jazolash sifatida tovon to‘lamasdan olib qo‘yish.
Birgalikdagi umumiy mulk misolida oilaviy mulkning huquqiy xususiyatlarini tushuntiring.
Nikoh davrida orttirilgan mol-mulk er-xotinning birgalikdagi mulki bo‘lib, ulushlar oldindan belgilanmagan.
Xalqimizda «Jo‘jani kuzda sanaydilar» degan maqol bor
Bahorda tuxumdan chiqqan jo‘jani kuzgacha kalxat,tulki va b. yeb kuzgacha ularning soni kamayib, o‘zini eplab olgan jo‘jalargina qoladi. Aynan o‘shanda sanash kerak deyilmoqchi