Kino (Filmlar)
Mantiqiy savollar
Kitoblar
Ijtimoiy tarmoqlar
Islom
100

Qaysi 1997-yilda suratga olingan mashhur film 11 ta Oscar mukofotini qo‘lga kiritib, Atlantika okeanida cho‘kkan kemaning fojiasi haqida hikoya qiladi?

Titanik (U 11 ta Oscar, jumladan “Eng yaxshi film” mukofotlarini qo‘lga kiritgan)

100

5 ta dastgoh 5 ta buyumni 5 daqiqada ishlab chiqarsa, 100 ta dastgoh 100 ta buyumni necha daqiqada ishlab chiqaradi?

5 daqiqada. (Har bir dastgoh 5 daqiqada 1 buyum qiladi, demak 100 dastgoh ham 5 daqiqada 100 buyum ishlab chiqaradi.)

100

Jahon adabiyotining eng mashhur detektiv qahramonlaridan biri — Sherlock Holmesni sherigini ismini ayting 

Doktor Uotson

100

Dunyo bo‘ylab eng ko‘p foydalanuvchiga ega ijtimoiy tarmoq qaysi?

Facebook. (U taxminan 3,07 milliard foydalanuvchi bilan global yetakchi ijtimoiy tarmoq hisoblanadi keyingi o'rinlarda:

2    YouTube    2,530 million

3    Instagram    2,000 million

4    WhatsApp    2,000 million

5    TikTok    1,590 million

6    WeChat    1,380 million

7    Telegram    950 million

8    Messenger    947 million

9    Snapchat    850 million

10    Douyin    766 million

Reference: https://www.shopify.com/blog/most-popular-social-media-platforms

100

O'limdan keyingi qabr hayoti qanday nomlanadi?

Barzah

200

Marvel koinotidagi Temir odam (Tony Stark) rolini qaysi aktyor ijro etgan?

Robert Downey Jr. (u Marvel filmlarida Toni Stark rolini jami to‘qqizta filmda o‘ynagan)

200

Shaharlarim bor, ammo uylarim yo‘q; o‘rmonlarim bor, ammo daraxtlarim yo‘q; dengizlarim bor, ammo baliqlarim yo‘q.” Bu nima?

Xarita. (Xaritada shahar, o‘rmon, suv ko‘rsatiladi, lekin real uy, daraxt yoki baliq yo‘q.)

200

"Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun"shiori qaysi asar qahramonlariga tegishli

Uch mushketyor

200

Barcha ijtimoiy tarmoqlarda jami eng ko‘p kuzatuvchilarga ega bo‘lgan shaxs kim?

Krishtianu Ronaldu. (U Instagram, Facebook, X va TikTok kabi platformalarda jami ~855 million follover bilan dunyoda birinchi o‘rinda turadi)

200

Zam-zam so'zining ma'nosi nima?

To'xta


Ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:

“Ismoilning onasiga Alloh rahm qilsin! Agar u Zamzam suvini o‘z holiga qo‘yganida (uni to‘xtatib, boshqarmaganida) yoki (tulovini to‘ldirish uchun) undan olib qo‘ymaganida, Zamzam hozir yer yuzasida oqib turgan daryo bo‘lgan bo‘lardi.”

300

Dunyo bo‘ylab eng yuqori daromad keltirgan film qaysi?

Avatar (James Cameron filmi, global kinokassada $2,9 milliarddan ortiq daromad bilan tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga ega)

300

2 ta ota va 2 ta o‘g‘il baliq oviga chiqdi. Ular jami 3 ta baliq tutishdi, lekin har biri bittadan baliq oldi. Bu qanday bo‘lishi mumkin?

Uch kishi bo‘lgan: bobо, ota va o‘g‘il. (Bu yerda bobo ham ota hisoblanadi, shuning uchun 2 ota va 2 o‘g‘il — aslida 3 kishi.)

300

Qahramon — kambag‘al talaba, u boy kampirni o‘ldiradi, ammo vijdoni azob berib, jinoyatini tan oladi.
Bu qaysi asar?

Jinoyat va Jazo.

Dastayevskiy

300

2023-yilda “Twitter” tarmog‘i o‘z nomini nima deb o‘zgartirdi?

“X”. (Ilon Mask ushbu tarmoq nomini “X” ga almashtirib, afsonaviy qush logotipini ham “X” belgiga o‘zgartirdi)

300

Allohning Al-Mu'iz ismi manosi qanday?

Xohlagan bandasini aziz qiluvchi, hurmatga sazovor etuvchi

Sen: «Ey barcha mulkning egasi Robbim! Xohlagan kishingga mulk berursan va xohlagan kishingdan mulkni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qo‘lingda. Albatta, Sen har bir narsaga qodirsan. 3:26


400

Qaysi Janubiy Koreya filmi ingliz tilida bo‘lmagan ilk film sifatida “Eng yaxshi film” Oscar mukofotini qo‘lga kiritgan?

Parasite (2019). U 92-Oscar taqdirlash marosimida “Eng yaxshi film”ga aylangan ilk notillar film bo‘ldi

400

Tarixiy to‘ylarimiz haqidagi ko‘rsatuvida aytilishicha, Buxoro amiri Olimxonga aholi tomonidan Uni cheklashni so‘rab bir necha murojaatnomalar yo‘llangan. Aholining e’tiroziga ko‘ra U yerlarni payhon qiladi va keyingi yil hosili yaxshi bo‘lmaydi. Savol: U nima ?

Ko‘pkari.

Izoh

Oʻsha paytda nafaqat nikoh toʻy balki sunnat toʻy oddiy tadbirlarda ham koʻpkari tashkil qilingan. Koʻpkari uchun tanlangan keng ekin yerlari payhon boʻlgan. Bundan aholi norozilik bildirib amirga shikoyat qilishgan.

400

Asar kelajakda o‘tayotgan davrni tasvirlaydi: odamlar hukumat tomonidan kuzatilib turadi, har bir harakati “Katta og'a” tomonidan nazorat qilinadi.

1984

400

Instagramda — Reels, YouTubeda — Shorts, TikTokda esa oddiy video deyiladi.
Savol: Qaysi platformada bu format “Spotlight” nomi bilan yuritiladi?

Snapchat

400

Jannatda nimani Tubo deb nomlanadi? 

Daraxt

Bir kishi so‘radi:
— “Tubo nima?”

Payg‘ambar ﷺ dedilar:
— “Jannatda bir daraxt bo‘lib, uning soyasi yuz yillik masofani qamrab oladi. Jannat ahlining liboslari esa uning po‘stlog‘idan olinadi.”

 

500

Qaysi o‘zbek filmi ilk bor 4K formatda suratga olingan?

“Baron” filmi (2016). U O‘zbekistonda birinchi marta 4K formatda suratga olingan film hisoblanadi

500

Ko‘zi ojiz insonlar o‘ynaydigan futbolda ishtirokchilar shubha qoldirmaslik uchun ko‘zlariga tasma taqib olishadi. O‘yin davomida murabbiy va yordamchilarning ovozlariga, signallariga qarab harakatlanishadi. Savol: Bu futbolda nom chiqargan “Los Murciélagos” (los mursilagos) jamoasining nomi tilimizga qanday tarjima qilinadi?

Ko‘rshapalak(lar). Ko‘rshapalaklar ham ko‘zi yordamida emas, signallar aniqrog‘i (exolokatsiya) yordamida harakatlanishadi. Ko‘zi ojizlar futbolida mashhur bo‘lgan Argentina klubi esa o‘ziga mantiqiy nom tanlagan.

500

1972 yilda suratga olingan „Bahor qaytmaydi“ nomli o'zbek filmi qaysi adibimizning ekranlashtirilgan asari hisoblanadi

O'tkir Hoshimov

500

Turli platformalarda foydalanuvchilar “qizil belgi” (verification badge) olish orqali rasmiy shaxs sifatida tan olinadi.
Masalan:

  • Instagram va Facebook — Meta Verified orqali pullik tasdiqlash tizimini yo‘lga qo‘ygan,

  • X (Twitter) — Blue obunasi orqali,

  • TikTok — tanlangan kontent yaratuvchilarga avtomatik tarzda beradi.

Savol: Qaysi ijtimoiy tarmoqda “Gold Checkmark” faqat kompaniya va tashkilotlarga beriladi?

X (Twitter).

500

Sidratul Muntaho nima?

Jannat va osmonlar chegarasining eng yuqori nuqtasida joylashgan lotus daraxti

“Albatta, u (Muhammad ﷺ) uni (Jibrilni) ikkinchi bor tushgan paytda ham ko‘rdi —
Sidratul-Muntahoga yaqin joyda,
uning yonida Ma’vo jannati joylashgan.
O‘sha paytda Sidr daraxtini (ilohiy nur va jilolar) qoplagan edi,
qanday qoplagan bo‘lsa ham (Alloh bilur).”
(Qur’on, Najm surasi, 13–16-oyatlar)