Tavhid nechta asosiy bo‘limga bo‘linadi? 2
Uchta.
Tavhid uluhiyya bo‘yicha “ibodatning shartlari” nimalardan iborat va nima uchun shart sanaladi? 6
Muhabbat, qo‘rquv, umid, ixlos, itoat, tavakkul – ibodatni Allohga xos qilish va shirkdan saqlanish uchun shart sanaladi.
Asmo-sifatga oid dalil qayerda ko‘p uchraydi? 3
Qur’ondagi Allohning ismlari zikr qilingan oyatlar.
Qur’onda shirkning kechirilmasligi qaysi oyada kelgan? 6
“Alloh shirkni kechirmaydi…” (Niso 48).
Tavhid rububiyya nimalarni o‘z ichiga oladi? 3
Nega tavhidni buzuvchi kichik shirk ham bandaning qalbini zaiflashtiradi va ibodatning mukammalligiga zarar yetkazadi? 6
Chunki kichik shirk ixlosni kamaytiradi, niyatni bulg‘aydi, amallarni faqat Allohga xos qilishni buzadi va asta-sekin katta shirkka olib borishi mumkin.
Allohning irada (iroda) sifatlari qaysi ikki turga bo‘linadi va farqi? 6
JIroda kauniyya – koinotdagi umumiy iroda; iroda shar’iyya – bandalarga buyurilgan yaxshi amallar.
Duoni faqat Allohga qilishning dalili? 5
“Uningdan boshqa hech kim duo qilinganlarga javob bermaydi.”
“Rububiyyani tan olib uluhiyyani rad etish” tarixda kimlarda bo‘lgan? 5
Makkadagi mushriklarda.
Uluhiyya tavhidi qalb ibodatlari va tashqi ibodatlar o‘rtasida qanday bog‘liqlikni talab qiladi? 7
Ikkalasi ham faqat Allohga xos bo‘lishi kerak; qalb buzilsa amal buziladi, amal bo‘lmasa qalb mukammal bo‘lmaydi.
Nega rububiyya tavhidini mushriklar ham tan olgan? 4
Javob: Chunki ular ham yaratuvchini Alloh deb bilgan, lekin uluhiyyatda shirk qilgan.
“Tavhid darajalari” deganda nima tushuniladi va ular qanday tatbiq etiladi? 6
Bilish (ilm), tasdiqlash (i’tiqod), taslim bo‘lish (itoat), amal qilish (ibodat) — tavhidni nafaqat bilish, balki hayotda tatbiq qilishni anglatadi.
Asmo va sifat tavhidi nimani talab qiladi? 3
Allohni O‘z ismlari va sifatlarida tenglashtirmaslik.
Rububiyyani tan olgan holda uluhiyyani rad etish qanday aqidaviy xatoga olib boradi? 6
Bu Allohni yaratuvchi deb tan olib, amalda ibodatni boshqalarga qilishga olib boradi; natijada shirk yuzaga kelad
i.
Allohning sifatlarini ta’tildan saqlash nimani anglatadi? 4
Sifatlarni inkor qilmaslik.
Rububiyyani inkor qilish uluhiyya va asmo-sifat tavhidini qanday buzadi? 7
Yaratuvchini inkor qilgan kishi ibodatni noto‘g‘ri yo‘naltiradi va Allohning qudrat, ilm kabi sifatlarini rad etadi.
“Istig’osa” (yordam so‘rash)ning tavhidga aloqasi? 6
G‘aybiy yordamni faqat Allohdan so‘rash mumkin.
Kichik shirkning misoli? 5
Riyo, odamlar ko‘rsin deb amal qilish.
Asmo va sifat tavhidida “tashbih, tamsil, ta’til, ta’wil, takyyif” tushunchalarini bir jumlada izohlab bering. 6
Tashbih – o‘xshatish; tamsil – aynan o‘xshatish; ta’til – inkor; ta’wil – ma’noni noto‘g‘ri talqin; takyyif – kaifiyat belgilash.
-
Rububiyya tavhidiga ishonishning dalili? 3
Javob: Borliqdagi tartib va yaratilish.
Nega asmo va sifat tavhidi inkor qilinsa, uluhiyyya va rububiyya tavhida buziladi? 6
Chunki Allohni to‘g‘ri tanimasdan Unga to‘g‘ri ibodat qilishning iloji yo‘q.
Asmo va sifat tavhidida “tafwiz” nima? 5
Ma’noni emas, kaifiyatni Allohga havola qilish.
Asmo va sifat tavhidida “bilaa kayf” qoidasining manosi nima va u nega muhim? 6
“Bilaa kayf” – Allohning sifatlarini kaifiyatini belgilamasdan tasdiqlash; muhimligi shundaki, bu qoida sifatlarni inkor qilmasdan, lekin maxluqotga o‘xshatmay qabul qilishni ta’minlaydi.
Tavhid so‘zining lug‘aviy ma’nosi? 2
Yakka qilish.