Har qanday hujjatda axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladigan birlamchi va asosiy unsur nima?
Matn tili
Hujjatlar mazmuniga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? Nomini yozing
2 turga: sodda va murakkab hujjatlar
Ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuziladigan qaysi hujjatning mazmuni va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilab berilgan?
Mehnat shartnomasi
Qish fasli boshlanishidagi eng mashhur kinofilm qaysi? Unda "Yangi yiling (Рождество) bilan, bolakay!" degan ibora ishlatilgan.
"Home Alone" (o‘zbekchada "Uyda yolg‘iz")
Farmoyish hujjatlarda harakat muddati aniq belgilanib, ijro vaqti cheklangan sana asosida qayd etiladimi?
Ha
? – bir kishining ikkinchi kishiga yuborgan yozishmasi bo‘lib, unda muallif xat yuborilayotgan suhbatdoshi bilan g'oyibona muloqotga kirishadi. Bu qanday xatning ta'rifi?
Shaxsiy xat
Har qanday xatlar o‘z mohiyati va qo‘llanishiga ko‘ra qaysi turlarga bo‘linadi? (Nomini yozing)
Rasmiy xatlar va shaxsiy xatlar
Qaysi hujjat shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi?
Guvohnoma
"Tom va Jerry" multfilmida ishtirok etgan hayvonlarning uchtasini toping.
Mushuk, sichqon, kuchuk (buldog), jo'ja
Farmon kim tomonidan chiqariladi (imzolanadi?
Prezident
Qanday xatlar matnidan so'ng hujjatga imzo chekuvchi rahbar lavozimining nomi aniq ko‘rsatilishi kerak?
Xizmat xatlari
Xizmat xatlari bajaradigan vazifasiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
Javob xatni talab qiluvchi hamda javob xatni talab qilmaydigan xatlar
Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, buyruqlar, shartnomalar. Bular orasidan tashkiliy hujjatlar sirasiga kirmaydigan hujjatni toping.
Buyruqlar
"Disney" studiyasi tomonidan suratga olingan multfilmlardagi mashhur 3 ta ayol/qiz qahramonlar nomini toping.
Cinderella ("Zolushka"), Bell ("Sohibjamol va mahluq"), Rаpunsel, Pokaxontas, Malika Anna
Qaror, farmon, farmoyish, buyruq, shartnoma. Bular orasidan farmoyish hujjatlari sirasiga kirmaydigan hujjatni toping.
Shartnoma
Xizmat xatlarini tayyorlash tartibida shaxsiy xatlardan ajratib turadigan farqni toping.
Xizmat xatlari bosma yoki rasmiy ish qog‘oziga yoziladi.
Ish yuritish hujjatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra nechta guruhga bo‘linadi? Ular qaysilar?
4 turga: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma’lumot-axborot hujjatlari va xizmat yozishmalari
Tashkiliy hujjatlar tashkilot va korxonalarning mazmunan qaysi jarayonining borishini aks ettiradi?
Boshqaruv jarayonining
"Muzlik davri" (Ice Age) multfilmidagi qahramonlarning uchtasining ismini yozing.
Diego, Sid, Manni, Skrat, Elli
Farmoyish hujjatlarda rahbar tomonidan belgilangan amaliy masalalar yoki vazifalar ijrosi kimlarga taalluqli bo'ladi?
Biror bo‘lim, ayrim mansabdor shaxslar yoki fuqarolarga
Xizmat xatlari mantiqiy jihatdan nechta tarkibiy qismdan iborat bo'ladi? Nomlarini yozing
3 ta: kirish, asosiy sabab, xulosa
Hujjatlar mazmun bayonining shakliga ko‘ra nechta turga ajraladi? Nomini yozing.
3 turga: xususiy, namunaviy, qolipli hujjatlar
Qaysi hujjat tashkilotlar o‘rtasida, tashkilot bilan fuqaro, shuningdek, fuqaro bilan fuqaro o‘rtasida tuzilishi mumkin?
Shartnoma
Ismi yoki familiyasi "T" harfidan boshlanuvchi dunyodagi istalgan mashhur xonandalardan birini yozib bering.
Tarkan, Tatlisas
Orden va medallar bilan mukofotlash, faxriy unvon berish kabi vazifalar qaysi farmoyish hujjati asosida amalga oshiriladi?
Farmon