Shayboniylar hukmronlik qilgan nechanchi asrda faol tashqi siyosat olib borganlar?
XVI asr davomida
1601-yildan Buxorada hukmronligi boshlangan sulola?
Ashtarxoniylar
Ashtarxoniylar davrida qaysi lavozimlar ahamiyati ko'tarilgan?
Otaliq va Qushbegi
Abdullaxon II Mir Quraysh boshchiligida Hindistonga elchi yuborishdan maqsad qayerni bosib olish sabablarini tushuntirish bo'lgan?
Badaxshonning
1578-yilda Nurota hokimi oilasida tug'ilgan va 1611-yilda Imomqulixonning taxtga kelishida faol qatnashgan inson?
Yalangto'sh Bahodir
Ashtarxoniylar uchun Xuroson hududiga bo'lgan janglarda asosiy raqib qaysi davlat bo'lgan?
Eron(Safaviylar)
Shayboniyxon dastlab nechta o'zbek urug'iga keyinchalik nechta urug'ga suyangan holda davlatni boshqargan?
Dastlab 6 ta, keyinchalik 15 ta
Yor Muhammadxon va Iskandarxon o'rtasidagi munosabatlar qanday qilib yanada mustahkamlangan?
Iskandarxon Yor Muhammadxonning to'ng'ich o'g'liga qizi Zuhrabonuni berish orqali
1657-yilda Abdulazizxon Hindistonga qaysi tariqat vakilini elchi qilib yuborgan?
Naqshbandiya
Rossiya hukmdori tomonidan 1552-yil(1) va 1556-yil(2) bosib olingan hududlar?
1.Qozon
2.Ashtarxon(Astraxon)
1640-yilda Imomqulixon qayerga va qanday taklif bilan elchilar yuboradi?
Moskvaga unda Rossiyaning qalmiqlarga qarshi kurashida Y.Baxodir boshchiligida 12 amir va katta qo'shin yuborishga tayyor ekanligini bildiradi
Qushbegi vakolatlarini ayting?
1.Muayyan shaxslarni mansabga tayinlash
2.Unvon berish
3.Xon yorlig'isiz ham zarur masalalarda yozma ko'rsatmalar berish
4.Oliy qabullarda o'z xohishiga ko'ra ishtirok etish
1563-yilda Abdullaxon II kimning hokimyat tepasiga kelishida ko'maklashadi(1) va 2 davlat o'rtasida qaysi maqsadda 1574-yilda Abdullaxon II huzuriga elchi keladi(2)?
1.Sibir xoni Kuchumxonning
2.Kuchumxon uning davlati hududida kishilarni imon yo'liga boshlovchi aziz-avliyolarning yo'ligi tufayli bu yerga sayyid-u shayxlardan yuborishni so'raydi
1642-1645 yillarda hukmronlik qilgan xon va uning taqdirida qanday o'lim bo'lganligini ayting?
Nadr Muhammad Makkaga Haj amazing bajarish uchun ketayotganda yo'lda vafot etadi
Florio Benevini elchiligi zimmasiga Pyotr I tomonidan qanday vazifalar yuklatilgan?
1.o'zbek davlatini Rossiya bilan harbiy ittifoqqa chaqirish,unga rus soldatlaridan iborat guardians taklif qilish;
2.Buxoro oltini qayerdan va qancha qazib olinishini aniqlash;
3.qo'shni davlatlarning harbiy holati va strategiyasini o'rganish;
4.xonlikning Eron,Xiva va usmonlilar bilan munosabatlari haqida ma'lumotlar to'plash.