Korxonada mehnat resurslari deganda nima tushuniladi?
Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi barcha xodimlar majmui.
Mehnatga haq to‘lashning ikki asosiy shakli?
Vaqtbay va ishbay.
Mehnat unumdorligi qanday formula bilan o‘lchanadi?
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi / xodimlar soni.
Xodimlarni tanlash jarayoni nima deb ataladi?
Rekrutment yoki yollash.
Mehnatga haq to‘lash fondi (MHF) deganda nimani tushunasiz?
Korxona tomonidan xodimlarga to‘lanadigan barcha ish haqi va to‘lovlar yig‘indisi.
Mehnat resurslarining asosiy 2 turini ayting.
Asosiy xodimlar va yordamchi xodimlar.
Vaqtbay haq to‘lash qaysi holatda qo‘llaniladi?
Ish hajmini aniq o‘lchash qiyin bo‘lgan vazifalarda.
Mehnat unumdorligiga ta’sir qiluvchi tashqi omilni ayting.
Bozor holati, iqtisodiy sharoit va raqobat.
Mehnat sharoitlarini yaxshilash nimaga olib keladi?
Xodimlar samaradorligi oshadi.
MHF tarkibiga kiradigan asosiy to‘lov turini ayting.
Asosiy ish haqi (tarif stavkasi, maosh).
Mehnat resurslarini rejalashtirishning asosiy maqsadi nima?
Zarur xodimlar soni va malakasini ta’minlash.
Ishbay haq to‘lashning afzalligi nimada?
Ishchining ko‘proq ishlab, ko‘proq daromad olish imkoniyati.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish mehnat unumdorligini qanday oshiradi?
Avtomatlashtirish orqali ish samaradorligini ko‘paytiradi
Xodimlar malakasini oshirish tizimi qanday nomlanadi?
Kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish.
Qo‘shimcha ish haqi qaysi holatlar uchun to‘lanadi?
Dam olish kunlari, kechki smena, ortiqcha ishlash, bayram kunlari.
Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi nimani bildiradi?
Mavjud xodimlar sonining zarur ehtiyojga mosligini.
Rag‘batlantiruvchi to‘lovlar nima uchun beriladi?
Mehnat natijalarini yaxshilash va xodimni rag‘batlantirish uchun.
Mehnat intensivligi deganda nimani tushunasiz?
Xodim sarflagan mehnat kuchining darajasi.
Kadrlar qo‘nimsizligining asosiy sababi?
Past ish haqi, yomon muhit, rivojlanish imkoniyatining yo‘qligi.
Xodimga beriladigan kompensatsion to‘lovlar nima uchun mo‘ljallangan?
Noqulay mehnat sharoitlari, zararli ish joylari uchun.
Mehnat resurslarining tarkibini shakllantiruvchi ichki omillardan birini ayting.
Mehnat unumdorligi darajasi, ish o‘rinlari tuzilishi, texnologiya darajasi va h.k.
Tarif stavkasi deganda nimani tushunasiz?
Xodimning malaka darajasiga mos ravishda belgilangan asosiy mehnat to‘lovi.
Mehnat unumdorligini oshirishning 3 ta yo‘lini ayting.
Texnologiya yangilash, malaka oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash.
Xodimlar motivatsiyasiga ta’sir qiluvchi 3 omilni ayting.
Maosh, rag‘bat, sharoit, ijtimoiy paket, tan olinish.
MHFni optimallashtirishning 2 ta usulini ayting.
Mehnat unumdorligini oshirish, xodimlar sonini maqbullashtirish, to‘lov tizimini qayta ko‘rib chiqish.