Mehnat resurslari deganda nima tushuniladi?
Korxonada ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi barcha xodimlar majmui.
Mehnatga haq to‘lashning asosiy ikki shakli?
Vaqtbay va ishbay.
Mehnat unumdorligi qanday o‘lchanadi?
Ishlab chiqarilgan mahsulot / xodimlar soni.
Xodimlarni qabul qilish jarayoni nima deb ataladi?
Rekrutment (yollash).
MHF deganda nimani tushunasiz?
Korxonaning barcha ish haqi va to‘lovlari yig‘indisi.
Asosiy xodimlarga kimlar kiradi?
To‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot ishlab chiqaruvchi xodimlar.
Vaqtbay to‘lov qachon qo‘llaniladi?
Ish hajmini aniq o‘lchab bo‘lmaydigan ishda.
Mehnat unumdorligini oshiruvchi bir omilni ayting.
Texnologiya modernizatsiyasi.
Xodimlarni malaka oshirish nima beradi?
Ish samaradorligini ko‘taradi.
MHF tarkibidagi asosiy to‘lov turi?
Asosiy ish haqi.
Yordamchi xodimlarga misol keltiring.
Omborchi, mexanik, ta’mirlovchilar, laborantlar.
Ishbay to‘lovning asosiy afzalligi?
Ko‘p ishlagan xodim ko‘proq daromad oladi.
Mehnat intensivligi nima?
Xodim sarflagan mehnat kuchi darajasi
Kadrlar qo‘nimsizligining bir sababi?
Past ish haqi yoki yomon sharoit.
Kompensatsion to‘lovlar nima uchun beriladi?
Zararli yoki noqulay mehnat sharoitlari uchun.
Kadrlarni rejalashtirishning asosiy maqsadi nima?
Korxonaga zarur miqdorda va malakali xodimlarni ta’minlash.
Tarif stavkasi nima?
Xodim malakasiga mos asosiy ish haqi miqdori.
Mehnat unumdorligini oshirishning 3 usuli?
Malaka oshirish, texnikani yangilash, sharoitni yaxshilash.
Mehnat sharoitlarni yaxshilash qanday ta’sir qiladi?
Xodim motivatsiyasi va unumdorligi oshadi.
Qo‘shimcha ish haqi qachon beriladi?
Ortiqcha ish vaqti, kechki smena, bayram kunlarida.
Mehnat resurslariga ta’sir qiluvchi ichki omillardan birini ayting.
Texnika darajasi, ish o‘rinlarining tuzilishi, malaka darajasi.
Bonus qanday to‘lov turiga kiradi?
Rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha to‘lov.
Mehnat unumdorligini pasaytiruvchi tashqi omil?
Bozor inqirozi, iqtisodiy beqarorlik.
Motivatsiyaning moddiy usullariga misol?
Maosh, bonus, mukofot.
MHFni optimallashtirishning bir usuli?
Mehnat unumdorligini oshirish yoki kadrlar sonini maqbullashtirish.