Allomalardan biri Ularni olmosga o'xshatadi. Olmos kabi topilishi qiyin, narxi qimmat, hamda soxtasi ko'p.
⁉️Diqqat savol: Noma'lum alloma aytgan Ularni toping.
Toʻgʻri javob. Doʻstlar
Mark Tven yozadi: Agar doimo ishlayversangiz-u, dam olmasangiz, sizni eng yosh, eng boy odam deb tanishtirishadi...
⁉️Diqqat savol. Qayerda?
✅Tog'ri javob: Qabiristonda
XX asr oxirlarigacha deyarli barcha o'zbek xonadonlarida devorlarga gilam osib qo'yish urf bo'lgan. Bundan ikkita maqsad ko'zlangan. Birinchidan devorni chiroyli ko'rsatish maqsadi bo'lgan. ⁉️Diqqat savol: Ikkinchi asosiy sabablaridan birini siz ayting.
✅ To'g'ri javob: Agarda gilamni yig'ishtirib taxmonga taxlab qo'yilsa, kuyalar yeb qo'yar ekan. Ikkinchi sabab kuya yemasligi uchun ekan.
Militaristik Yaponiya hukmronlik davrida harbiylar armiyadan qurol-aslaha, harbiy kiyim-kechak, xullas nima qo‘lga ilinsa o‘g‘irlashgan ekan. Faqat poyabzallardan tashqari.
⁉️Diqqat savol: Nega oyoq kiyimlarni o‘g‘irlashmagan?
✅ To‘g‘ri javob: Militaristik Yaponiya hukmronligi davrida harbiylar kiyimlari, oyoq kiyimlari ayniqsa juda qadrlangan, Shuning uchun ular o‘ng poyini boshqa joyda saqlashgan, chap poy poyabzalni esa boshqa joyda saqlashga majbur bo‘lishgan. Bu o‘g‘riliklarni oldini olgan.
🥺
🥺
Janubiy Afrika Respublikasida yirik olmos konlaridan birida, 1970-yilda doimo o‘g‘irlik qilib yurgan bir inson qo‘lga ushlanadi. Shundan so‘ng ishchilarni faqat chiqayotganda emas, kirayotganda ham tekshirish boshlanadi.
⁉️Diqqat savol: yigit nima bilan o‘g‘irlik qilganini toping.
✅ To‘g‘ri javob: U o‘zi bilan ichki cho‘ntagiga berkitib har gal kabutar olib kirgan. U yerdan olmosni olib, qushni oyog‘iga bog‘lab uchirib yuborgan.
Yoʻq joydan
Yoʻq joydan
Bir mashhur o‘zbek adibining bir asarida quyidagi ta'rif berilgan: "Tog‘u toshlar bora bora cho‘kishi, daryo-yu ko‘llar qurishi, yam-yashil o‘rmonlar o‘tinlar uyumiga aylanishi, zo‘ravonlik bilan paydo bo‘lgan davlar yemirilishi mumkin. Lekin shunday bir saltanat borki u zinhor zavol ko‘rmaydi. Sinalgan qonun qoida asosida yashayveradi".
⁉️Diqqat savol: Zamon, makon, irq, din, jins tanlamas bu qanday saltanat?
✅ To‘g‘ri javob: Marhum Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Mungli ko‘zlar" asaridan olingan ushbu parchada, bu ta'rifni bolalikka bergan.
Rus adabiyotshunoslarining fikricha, uning obrazi aynan Oʻlmas Koshey personajidan olingan emish. Koshey azal-azaldan rus ertaklari yovuz personaji boʻlib tanilgan. U ham zamonasining eng yovuz insoni sifatida nom qozongan. Yana bir eʼtiborga molik jihati ikkalasini ismida oʻlim mujassam. Oʻlim soʻziga yaqin narsalar bor.
⁉️Diqqat savol: Jahonga mashhur Oʻlmas Kosheyning analogoni toping.
✅ To‘g‘ri javob: Voldemort
🤗
🤗
Sergey Yesenin sheʼriyatiga. "Fors taronalari" rukni ostida yozilgan turkum sheʼrlardan birini eshitib koʻringlar:
Oy nuriga gʻarq boʻlgan Sheroz,
Parvonadek uchar yulduzlar.
Menga yoqmas oʻrtonaman rost,
Eronlik (forslik) dilrabo yuzlar.
Oxirgi qatorda eronlik soʻzi ostida ikkita soʻz qolib ketgan, oʻzgartirilgan demoqchiman.
⁉️Diqqat savol: Sheʼrdagi eronlik soʻzi ostiga yashirilgan ikkita soʻzni toping.
✅ To‘g‘ri javob: Niqob taqqan dilrabo yuzlar
Milliarddan oshiq aholisi boʻlgan Hindistonda Unday ayollarga har oyda maosh toʻlab turishadi. Milliarddan oshiq aholisi boʻlgan Hindistonda ularga bepul tibbiy xizmat ham koʻrsatiladi. Ularning davlat bilan shartnomasi boʻlib, agar shartnomani buzishsa, katta jarimaga tortilishar ekan.
⁉️Diqqat savol: Gap qanday ayollar haqida ketmoqda?
✅ To‘g‘ri javob: Davlat turmush qurmagan ayollar bilan shartnoma tuzgan.
XX asr boshlarida jadidlar juda faol bo’lishgan. Xalqqa o’z fikrlarini A orqali emas B orqali ta'kidlamoqchi bo’lishgan. Shundan ular B ga ko’p e’tibor berishgan.
⁉️Diqqat savol: Bir daqiqadan so’ng A va B ni izohi bilan ayting.
✅ To’g’ri javob:
A - matbuot
B - teatr
➖
➖
🎆
🎆
Tokiodagi "Piala Ins" kompaniyasi ayrim xodimlariga qo'shimcha olti kun ta'til beriladi. Bu ish adolat qaror topishi uchun qilinadi.
⁉️Diqqat savol: Nima uchun olti kunlik ta'til beriladi.
✅ To'g'ri javob.Chekmaydigan insonlarga olti kunlik ta'til beriladi.
Jaloliddin Rumiyning "Ichindagi ichindadir" kitobida Yusuf Misriy uzoq safardan qaytgan do'stidan hazillashib: "Menga qanday sovg'a olib keldingiz" - deb so'rabdi. Do'sti esa: "Sening hech narsaga ehtiyojing yo'qligini hamma biladi, ammo uzoq o'ylab sen muhtoj bo'lgan narsani topdim, zero, sen usiz bu dunyo go'zalliklaridan to'liq bahramand bo'lolmaysan, deb o'yladim" - debdi.
⁉️Diqqat savol: U do'stiga nima olib kelgan?
✅ To'g'ri javob: Ko'zgu
Hech nima yoʻq
Afsus
Aleksandr Soljenitsindan uchqur ibora: bu yorug' dunyoda ikkita jumboq bor. Birining javobini eslay olmaysiz, ikkinchisining javobini esa bilmaysiz. Bu jumboq yer yuzidagi hamma insonlarga tegishli.
⁉️Diqqat savol: Jumboqning har ikkalasini ayting.
✅ To'g'ri javob: Birinchisi bu tug'ilish, ikkinchisi - o'lim.
❄️☃️
☃️❄️
Suratda birinchi o’zbek traktorchi ayol - Saydiniso Shokirova tasvirlangan. Paranjida bo’lsa-da, traktorni shahdam haydayapti. Savol u ayol haqida emas. Yaxshilab qarasangiz, bu suratda ikki kishining yuzlari qoraga bo’yab qo’yilgan.
⁉️Diqqat savol: Nima uchun ularning yuzlari bo’yab qo’yilgan.
✅To'g'ri javob: Bu surat 1923-yilda Qo’qonda olingan. Tarixiy shaxslar tasvirlangan bu yerda. Muzeyda osilib turganda u ikki kishining yuzini bo’yab qo’yishga majbur bo’lishgan, chunki ular keyinchalik qatag’onga uchrashgan.
Marhamat, ekranga qaraymiz. 2009-yilda Hindistonda zarb qilingan hind tanga pullarining surati.
⁉️Diqqat savol: Nega tangalarda odam qo'llari tasvirlangan?
✅ To'g'ri javob: Hindiston aholisi yuzlab lahjalarda so'zlashadi. Buning ustiga katta qismi savodsiz. Mayda chaqalar qanday qiymatga ega ekanligini bildirish uchun mana shunday tangalardan foydalanilgan.
Ushbu rasmda rassomlar o‘tirishibdi, o‘rtadagi kiyikni rasmini chizib o‘tirishibdi. Shuncha rassom kiyikni o‘rtaga olib uni suratini chizmoqda.
⁉️Diqqat savol: Rassomlar nega bu kiyikni o‘rtaga olib rasmini chizayotganligini topib bering.
✅ To‘g‘ri javob: Disney kompaniyasi "Bembi" multfilmi uchun rassomlarga kiyik chizdirishmoqda.
Suratga e'tibor qiling! Millatlar bilan bogʻliq nomlar.
⁉️Diqqat savol: Ushbu suratni ikki so‘z bilan nomlang.
✅ To‘g‘ri javob: Shved elchisi.
🎄
🎄