Raqobatning iqtisodiy mazmun
Raqobat shakllari va usullari
Monopoliya,uning vujudga kelishi va turlari
Tabiy monopoliyalar va ularning tartibga solinish xususivatlari
Monopoliyalarning afzalliklari va iitimoiy=
igtisodiy oqibatlari
100

Raqobat nima uchun bozor iqtisodiyotining “dvigateli” hisoblanadi?

Chunki raqobat ishlab chiqaruvchilarni xarajatni kamaytirishga, sifatni oshirishga va foydaliroq ishlashga majbur qiladi, bozorni harakatga keltiradi.

100

Raqobat kurashi o'zi necha turga bo'linadi?

Raqobat kurashi asosan ikki turga: tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo'linadi.

100

Monopoliya deganda nima tushuniladi?

Monopoliya - iqtisodiy faoliyatning ma'lum bir sohasida bitta korxona yoki davlatning yakka hukmronlik qilishi.

100


Duopoliya qachon kuzatiladi?


bozorda faqat ikkita monopoliya faoliyat qilgan sharoitda kuzatiladi

100

Monopoliyaning mahsulot sifatiga doir ijobiy tomoni nima?

Monopoliyalar ishlab chiqargan mahsulotlar, odatda, yuqori sifati bilan ajralib turadi.

200

Nima sababdan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibat iste’molchilar uchun kurashga aylanadi?

Sababi ishlab chiqaruvchilar foyda olish uchun mahsulotini sotishi kerak, bu esa iste’molchini jalb qilish — arzonroq narx va yaxshiroq sifatni taklif qilish orqali amalga oshadi.

200

Oligopolistik tarmoqning asosiy belgisi nimada?

Bu tarmoqda u qadar ko'p bo'lmagan (sanoqli) yirik korxonalarning mavjudligi va ularning o'zaro bog'liqligidir.

200

Monopoliyalarning vujudga kelishiga olib keladigan ikki sababni ayting.

  1. Ishlab chiqarishning to'planishi
  2. Kapitalning to'planishi va markazlashuvi

(shuningdek fan-texnika

taraqqiyoti, davlat qollab-

quvvatlashi ham sabab bo'ladi)

200


Konsorsium nima?


hamkorlikda yirik tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun sanoat, bank va boshqa kompaniyalarning vaqtinchalik birlashmasidir.

200

Monopoliya yirik ishlab chiqarish hisobiga qanday yutuqqa erishadi?

Ishlab chiqarish ko'lamining yirikligi xarajatlarni kamaytirish va resurslarni tejash imkonini beradi.

300

Resurs egalari (yer, kapital, ishchi kuchi) bilan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat qanday sharoitda kuchliroq namoyon bo‘ladi?

Bozor munosabatlari rivojlangan va iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda, ya’ni narxlar va tanlov erkin bo‘lgan paytda kuchli namoyon bo‘ladi.

300

Demping nima?

Tovarni tashqi bozorda ichki bozordagi narxlardan, hatto tannarxidan ham past narxlarda sotishdir.

300

Ishlab chiqarishning to'planishi nima va u qanday namoyon bo'ladi?

Ishlab chiqarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi va mahsulot hajmining yirik korxonalarda jamlanishidir. Bu foyda hajmining oshishi va ishlab chiqarish miqyosining kengayishi orqali namoyon boladi.

300

Davlatning tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarini qo'llashidan maqsad nima edi?

  • tabiiy monopoliyalarning sodir etishi mumkin bolgan monopol holatini suiiste'mol gilishini oldini olish;
  • iste'molchilarning huquqlarini

himoya qilish;

- jamiyat manfaatlari yo lida

monopol tarmoq ishlab

chiqarishining rivojlanishini

qo'llab-quvvatlash.

300

Nima uchun monopoliya sharoitida resurslar nooqilona taqsimlanadi?

Monopolistlar yuqori foyda olish maqsadida ishlab chiqarishni ataylab cheklab, narxlarni ko'tarib yuborganliklari sababli resurs taqsimoti buziladi.

400

Raqobat nima uchun faqat ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi munosabat emas, balki ko‘p qirrali iqtisodiy jarayon hisoblanadi?

Chunki raqobat ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va resurs egalari o‘rtasida bir vaqtning o‘zida kechadi va ularning manfaatlari to‘qnashuvi orqali namoyon bo‘ladi.

400


Narxsiz raqobatda marketingning vazifasi nima?


Mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtirish hamda iste'molchilar ehtiyojini to'laroq qondirishdir.

400

Tabiiy monopoliyalar nima sababdan raqobat sharoitida samarali faoliyat ko'rsata olmaydi?

Chunki tabiiy monopoliyalarda texnologik xususiyatlar sababli birgina ishlab chiqaruvchi butun talabni eng kam xarajat bilan qondira oladi. Raqobat paydo bo'lsa, xarajatlar oshib, samaradorlik pasayadi.

400

Trest nima va unga misollar keltiring.

tadbirkorlarning birgalikdagi mulki asosida tashkil gilinib, unga kiruvchi korxonalar o'zlarining ishlab chiqarish va tijorat sohasidagi mustagilligini yo'qotadi hamda yagona boshqaruv tizimiga birlashadi.

Bunga "O'zbekiston havo yo'llari"

DAK,

umumiy ovqatlanishi va maishiy xizmat korxonalarning shahar birlashmalari, tarmoq vazirlik va qo'mitalari misol bo'la oladi.

400

Nima sababdan monopol korxona yangi texnologiyalarni joriy qilishga qiziqmay qo'yishi mumkin?

Bozorga hukmron bo'lgani va raqobat bosimini sezmagani uchun u o'z foydasini yangilik qilmasdan, faqat o'z mavqeyi hisobiga olishni afzal ko'radi.

500

Nima uchun raqobatni bozor subyektlari manfaatlarining to‘qnashuvi deb atash mumkin?

Chunki har bir subyekt — ishlab chiqaruvchi foyda, iste’molchi naflilik, resurs egasi daromad ortidan quvadi va bu manfaatlar bozorda bir-biri bilan to‘qnashadi.

500


Monopoliyalar sharoitida narxsiz raqobatning eng muhim ikki sababi nimada?


Birinchidan, sifatni oshirish orqali sotuv hajmini ko'paytirish; ikkinchidan, moliyaviy quvvat evaziga reklama va yangi texnologiyalarga katta mablag' sarflash imkoniyati.

500

Tabiiy monopoliyalar faoliyati davlat tomonidan qanday usulda tartibga solinadi?

Davlat tabiiy monopoliyalar faoliyatini asosan narxlarni tartibga solish orqali boshqaradi.Ya'ni narxlarning quyi va yuqorichegarasini belgilaydi hamda mahsulot bilan ta'minlashning minimal darajasini o'rnatadi.

500

Antimonopol muassasaning asosiy vazifalarini sanab bering.

Uning asosiy vazifalariga quyidagilardan iborat: bozor tuzilishini joriy tahlil gilish; 

monopollashuv omillarini aniqlash; antimonopol qonunchilikni amalga oshirish; sohaga tegishli qonun va hukumat qarorlarini ekspertizadan

o'tkazish; monopolist korxonalarga sanksiyalar go'llash;

monopoliyalarni bolish va qayta tashkil qilish bo'yicha takliflar berish

500

Monopoliya qanday usullar bilan iqtisodiyotdagi erkin harakatlarni bo'g'adi va iste'molchilarga kamsituvchi shartlarni majburlab o'tkazadi?

Ular kuchsiz korxonalarni o'ziga bo'ysundirish, past sifatli tovarlar uchun o'ta yuqori narxlar belgilash hamda iste'molchilarni o'z mahsulotini sotib olishga bilvosita usullar bilan majburlash orqali erkin raqobatga to'sqinlik qiladi.